Mavzu: Oilaviy munosabatlarning ildizlari va attraktsiya reja


Oilaviy munosabatlar attraktsiyasi



Yüklə 43,64 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü43,64 Kb.
#137059
1   2   3
1 Mavzu Oilaviy munosabatlar psixologiyasinin\' predmeti va vazi-fayllar.org

Oilaviy munosabatlar attraktsiyasi. Oila a’zolari o`rtasida sodir bo`ladigan murakkab va serqirrali o`zaro munosabatlar ko`plab olimlar, shu jumladan, o`zbekistonlik olimlar (M.Davletshin, G’.SHoumarov, E.G’oziev, B.Qodirov, X.Karimov, N.Sog’inov, F.Akramova, G.Yadgarova, M.Salaeva, D.Xoliqov va boshqalar) tomonidan o`rganilgan. Ularda ko`proq o`zbek oilasiga xos urf-odatlar, udumlar, an’analar nuqtai nazaridan oilaviy munosabatlarning etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. Lekin oila institutini ijtimoiy voqelik sifatida uning qonuniyatlarini tahlil etar ekanmiz, bu o`rinda biz oilaviy o`zaro munosabatlarga xos bo`lgan munosabatlarning psixologik tabiatiga, kelib chiqishi va dinamikasiga e’tiborni qaratgan ko`plab tadqiqotlarda ilgari surilgan ma’lumotlarni keltirishni joiz deb bildik. SHu nuqtai nazardan oilaviy munosabatlar fenomenologiyasi ijtimoiy-psixologik izlanishlar ob’ekti sifatida o`rganilgan bir qator tadqiqotlar natijalariga murojaat qilamiz. Oiladagi ijtimoiy munosabatlar va ularning kelib chiqish qonuniyatlarini batafsil monografik tarzda o`rganganlardan biri rus olimi L.Ya. Gozman (1987) hisoblanadi. U bu qonuniyatlarni ilmiy jihatdan tahlil etish uchun attraktsiya tushunchasini ishlatgan. Attraktsiya inglizcha attraction – tortilish, intilish so`zlaridan olingan bo`lib, u bir insonning ikkinchi bir insonga nisbatan his qiladigan ijobiy munosabatini anglatadi. Har qanday ana shu zayldagi diadik, ya’ni, diada – ikki kishi o`rtasidagi munosabatlarning boshlanishi simpatiya, yoqtirish yoki attraktsiya bilan bog’liqdir. Gozmanning ta’kidlashicha, juftlik munosabatlarida attraktsiyaga turtki bo`luvchi omillarning eng muhimi – bu sherikning tashqi, jismoniy jihatdan yoqimtoyligi va uning ijtimoiy-demografik xususiyatlaridir. Ya’ni, bir ko`rishda yoqtirib qolish, uning xusniga rom bo`lish kabilar attraktsiyaning dastlabki bosqichi bo`lib, bu aslida odamlar ongidagi bir bid’atga, ya’ni chiroyli odam aqlli va ahloqli bo`lishi to`g’risidagi tasavvurlarga bog’liqdir. Ayniqsa, bunday tasavvur xotin-qizlarga nisbatan qo`llanilishi isbotlangan. Buni muallif grafik shaklida U–simon egrilik tarzida tasavvur etadi (1-rasm).
1 – rasm. Yoqtirib qolishning tashqi yoqimtoylikka bog’liqligi

Yoqtirib qolishga turtki bo`luvchi ijtimoiy-demografik xususiyatlarga eng avvalo insonning jamiyatda tutgan o`rni, ijtimoiy maqomi, ma’lumoti darajasi, kasb-kori, moddiy ta’minlanganligi, millati va diniy e’tiqodi, qaerda, kimlar bilan yashashi kabilar kiradi. Ko`pincha ayni shu belgilar yoki xususiyatlar bilan yaqin bo`lgan insonlar o`zaro bir-birlarini tezroq yoqib qoladilar, chunki o`xshash belgilar yoki ko`ngildagi sifatlarning sherikda, tanishda mavjudligi unga nisbatan ijobiy fikr-mulohazalarning shakllanishiga, stereotiplarning yaxshi ma’noda uyg’unlashishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari, yoqtirib qolishga shaxsning qadriyatlari tizimi, hayotdagi maqsadlarining mushtarakligi, bajarayotgan ijtimoiy rollarining yaqinligi, omadlilik kabi qator jiddiy sifatlar ham turtki bo`ladi. SHuning uchun talabaning talabani yoqtirib qolishi, tibbiyot xodimining aynan shu sohada ishlaydigan odamni bir ko`rishda “sevib qolishi”, safarda birga bo`lganlarning yoki dam olish maskanlarida tanishib qolganlar o`rtasida romantik munosabatlarning uyg’onishi ehtimoli ko`proqdir. Bir ko`rishda yoqtirib qolish jarayonining jiddiyroq munosabat-larga aylanishini tushuntirish uchun olimlar “uch filьtr nazariyasi”ni ilgari suradilar (4.2 – rasm).


2 – rasm. SHeriklik munosabatlarining dinamikasini ifodalovchi “uch filьtr” nazariyasi
1 -filtr bir insonning boshqa bir insonni bevosita o`ziga qaratishi bilan bog’liq jarayon bo`lib, bunda yangi tanishning tashqi jozibasi, bir qarashda ko`zga tashlanadigan sifatlari (masalan, qiz bolaning sochi uzun, ko`zi moviy, yigitning bo`yi uzun, alp qomat kabi) asosiy rol o`ynaydi. Bunday munosabatlar ko`pchilikka xos, ya’ni aksariyat odamlar turli vaziyatlarda boshqa bir odamni yoqtirib qolaveradi. Agar bir-birini o`zaro yoki bir tomonlama yoqtirish mobaynida sherikning ijtimoiy-demografik xususiyatlari ham kutishlarga mos, ma’qul kelib qolsa, munosabatlar 2-filtrga o`tadi. Agar yangi tanishlarning ijtimoiy-psixologik, shaxsiy xususiyatlari va hayotiy maqsadlari ham bir-birlariga ma’qul kelsa, uyg’un munosabatlar 3-filtrga ham o`tadi. Har bir filьtrdan o`tishda sheriklar bir-birlari uchun o`zlarining yangidan yangi qirralarini ochaveradilar. Ya’ni, yangidan topishgan, bir-birini yoqtirib qolgan odamlar uchun muhim bo`lgan asosiy narsa o`xshashlikni qidirish va ularni inobatga olgan holda o`z munosabatini bildirishga intilishdir. Boshqa bir yo`nalish – bu sherigida o`zida yetishmayotgan, o`zida mavjud bo`lmagan sifatni topish va uni o`zidagi sifat bilan uyg’unlantirishga intilish. Masalan, o`zi o`ta tortinchoq bo`lgan qizga dadil, gapga chechan yigitning yoqib qolishi ko`p kuzatilgan. Uchinchi yo`nalish ikkinchiga yaqin, ya’ni, yangi tanishda o`zidagi mavjud sifatlarning qarama-qarshisini izlash, masalan, yigit kamgap bo`lsa, shaddot, sergap qizni yoqtirib qoladi. Bu kabi kemtiklarni sherigi orqali to`ldirishga intilish,ularga kelajakdagi munosabatlarda anchagina egiluvchan bo`lish va har biridagi yaxshi sifatlarni qadrlashni o`rgatadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam ma'naviy immunitetli, o'zining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning ma'naviy dunyosini zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda o'zining kimligini, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, imon-e'tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta'sirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo'ladi.
Farzandlarimizga shunday tarbiya berayliki, ular o'z ota-bobolariga, o'z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati, diniga va an'nalariga sodiq bo'lib kamol topishsin.
Oilada ma`naviy-ruhiy hotirjamlik, o’zaro totuvlik xukmron bo’lsa, oila a`zolari bir-birlariga g’amxo’r bo’lsalar, bola tarbiyasining tayanch nuqtasini topa olsalar, bunday muhit bola tarbiyasiga ijobiy ta`sir etadi va ular farzandlariga haqiqiy baxt hadya etadilar, bu bilan ishimizda rivojlanish, jamiyatimizda olg’a siljish bo’ladi.
Yüklə 43,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə