Mavzu: Mulohazalar va ular ustida amallar. Predikatlar, kvantorlar. Reja



Yüklə 306,47 Kb.
səhifə9/11
tarix29.11.2023
ölçüsü306,47 Kb.
#142259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ruza. MULOHAZA

Sofizm6 –ataylab chiqariladigan noto‘g‘ri xulosa, biror tasdiqning noto‘g‘ri isboti. Bunda isbotdagi xato ancha ustalik bilan bilintirmay yuboriladi.
Sofizmga oid masalalarni dastlab, miloddan avvalgi V asrda Qadimgi Yunonistonda yashagan matematik Zenon tuzgan.
Zenon, mashhur chopqir Axillesning oldida sudralib ketayotgan toshbaqani hech qachon quvib yeta olmasligini matematik mulohazalar yordamida quyidagicha “isbot” qilgan. Axilles toshbaqaga qaraganda 10 marta tezroq chopa oladi. Dastlab, toshbaqa 100 metr oldinda bo‘lsin. Axilles bu 100 metrni chopib o‘tguncha, toshbaqa 10 metr ilgarilaydi. Axilles bu 10 metrni chopib o‘tguncha toshbaqa yana 1 metr siljiydi va h.k. Ular orasidagi masofa doim qisqarib boradi, lekin hech qachon nolga aylanmadi.
Zenon masalalari cheksizlik, harakat, koinot tushunchalari bilan bog‘liq bo‘lib, ular matematika va fizika fanlarining rivojida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ayrim sofizmlar ulug‘ ajdodlarimiz Farobiy asarlarida, Beruniy bilan Ibn Sinoning yozishmalarida muhokama qilingan.
Biz quyida eng sodda sofizmlarga misollar keltirib ularni tushuntirishga xarakat qilmoqchimiz.
Misol (1000 so‘m qaerga ketdi?). Universitetning 3 nafar talabasi o‘z do‘stlaridan birini mehmon qilish uchun kafega taklif qilishdi. Ular ovqatlanib bo‘lishgach ofitsiant ularga 25000 so‘mlik hisobni berdi. 3 nafar talaba har biri 10000 so‘mdan pul berib, 30000 so‘mni ofitsiantga berishdi. Ofitsiant ularga 5000 so‘m qaytim qaytardi. 3 nafar talaba 1000 so‘mdan bo‘lishib olishdi va 2000 so‘mni taksi uchun berishdi. Universitetga qaytishayotganda talabalardan biri hisoblay boshladi, “Har birimiz 9000 so‘mdan xarajat qildik, bu 27000 so‘m bo‘ladi, 2000 so‘m taksiga berdik, buni qo‘shsak 29000 so‘m bo‘ladi. 1000 so‘m qaerga ketdi ?”
Bu yerdagi asosiy qilinayotgan “xatolik” hisoblashning noto‘g‘ri qilinayotganda. 3 nafar talaba 9000 so‘mdan 27000 so‘m pul to‘lashdi. Bundan 25000 so‘mini kafega to‘lashdi, 2000 so‘mini taksi uchun do‘stiga berishdi, demak umumiy hisob 27000 so‘m bo‘ladi. Yuqoridagi hisoblashda 2000 so‘m 27000 so‘mning ichida yotibdi. ■
Misol (“2 2=5” sofizmi).
20-16-4=25-20-5 to‘g‘ri tenglikni sodallashtiramiz:
2(10-8-2)=25-20-5
2 2 (5-4-1)=5 (5-4-1)
Oxirgi tenglikning o‘ng va chap taraflarini umumiy (5-4-1) ko‘paytuvchiga qisqartirib 2 2=5 tenglikni hosil qilamiz.
Bu yerdagi asosiy qilinayotgan “xatolik” nolga teng bo‘lgan (5-4-1) ko‘paytuvchiga qisqartirishda. ■

Yüklə 306,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə