Mavzu: ms access dasturida so‘rovlar yaratish. Microsoft Access 2010 da berilgan ma’lumotlar qidirish va saralash



Yüklə 2,52 Mb.
səhifə1/2
tarix10.10.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#126518
  1   2
Amaliy 5


Mavzu: MS Access dasturida so‘rovlar yaratish.
Microsoft Access 2010 da berilgan ma’lumotlar qidirish va saralash

Access o‘zida bir necha so‘rov vositalarini mujassamlashtirganki, bu vositalar yordamida MB dan berilgan so‘rovnoma asosida ma’lumotlarni qidirish mumkin. MB dan kerakli ma’lumotlarni qidirib, saralab olishda Запрос obyekti muhim o‘rin tutadi. Accessda Запрос obyekti ikki xil so‘rovnoma tayyorlash usuliga ega: master yordamida; konstruktor yordamida. Master yordamida MBga so‘rovnoma qadamba-qadam bajariladi. Bunda to‘rtta master so‘rovnoma tuzish vositasi mavjud: oddiy so‘rovnoma (Query Wizard); kesishuvchi oddiy so‘rovnoma (Crosstab Query Wizard); qaytaruvchi so‘rovnoma (Find Duplicate Query Wizard); qarashlisiz yozuvlar (Find Unmatched Query Wizard). Konstruktor yordamida esa faqat so‘rovnoma tuzishdan tashqari uni modifikatsiya qilish (takomillashtirish) ham mumkin.


1-mashq. Berilgan ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlar ixtiyoriy qidirilsin (Masalan, manzili, telefon raqami, familiyasi, ismi, bahosi va hokazo).
Bajarish. Microsoft Access 2010 ni yuklab, Файл-Создать-Новая база данных bo‘limi tanlanadi. Bunda Режим-Конструктор bo‘limi tanlanib, jadvalga nom beriladi (Masalan: Aholi).Yaratilgan jadvalning Конструктор rejimiga o‘tib, jadvalni quyidagi tartibda to‘ldiramiz:

Ushbu yaratilgan jadvalga nom berib saqlb, uni quyidagi tartibda to‘ldirib olamiz:
Jadvaldagi ma’lumotlarni saqlab, menyular satridan Создание-конструктор запрос belgilanib, yaratgan jadval Добавить tugmasi yordamida qo‘shiladi:

Hosil bo‘lgan oynani quyidagicha to‘ldirib, chiqiladi:

Bundan qaysi parameter bo‘yicha qidirish kerak bo‘lsa, ushbu ustuning Условие отбора satriga lozim bo‘lgan qidirish jumlasi kiritiladi. Buning uchun [ ] qavs ichiga olish kerak bo‘ladi:

Bajarilgan amallar saqlanib, yaratilgan so‘rovga nom beriladi. Masalan: “manzili bo‘yicha qidirish”.Hosil bo‘lgan dastur ishga tushurilgandan so‘ng, oynaning tuzilishi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:





Ushbu oynaga qidirish lozim bo‘lgan manzil kiritilib, OK tugmasi bosiladi. Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

Mazkur ma’lumotlar bazasida ixtiyoriy qidirish amlini bajarish mumkin. Buning uchu har bir qidirish alohida so‘rov shaklda amalga oshirilishi lozim.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə