Mavzu: moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə14/15
tarix29.11.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#139711
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

MOLIYAVIY HISOBOTNING
  • NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI:
    • O‘zbekiston Respublikasi qonuni «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» 2016 yil 13 aprel';
    • 1-sonli «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli BHMS;
    • 15-sonli «Buxgalteriya balansi» nomli BHMS;
    • 3-sonli «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli BHMS;
    • 9-sonli «Pul oqimlari haqidagi hisobot» nomli BHMS;
    • 14-sonli «Xususiy kapital to‘g‘risida» nomli BHMS
    • 5-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish
    • Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi ctandartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklanadi.
    • Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari bilan, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi.
    • 16-modda. Moliyaviy hisobot
    • Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi ma'lumotlari asosida tuziladi.
    • Moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    • - buxgalteriya balansi;
    • - moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
    • - pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
    • - xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;
    • - izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
    • Kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy hisoboti soddalashtirilgan shaklda tuziladi.
    • 1 yanvardan 31 dekabrga qadar bo‘lgan kalendar' yil moliyaviy hisobotning hisobot davri hisoblanadi.
    • Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo‘lga kiritilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 dekabriga qadar bo‘lgan davri yuridik shaxs hisoblanmaydiganlar uchun esa, uning davlat organlarida ro‘yxatga olingan sanadan boshlab birinchi hisobot yili deb hisoblanadi.
    • Agar yuridik (byudjet tashkilotlaridan tashqari) shaxs 1 oktyabrdan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi.Ro‘yxatdan o‘tishga yoki yuridik shaxs huquqini qo‘lga kiritishga qadar amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar birinchi hisobot yili moliyaviy hisobotiga kiritiladi.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə