Mavzu: Mehnat resurslari balansi


Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni statistik o‘rganish



Yüklə 23,53 Kb.
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü23,53 Kb.
#157905
1   2   3   4   5   6   7   8
3. Mehnat resurslari balansi (1)

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni statistik o‘rganish


Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lgan aholi sonini ishchi kuchini tanlab tekshirish ma’lumotlari asosida aniqlash uchun:
a) Iqtisodiyotning norasmiy sektorida tegishli faoliyat turlari bilan shug’ullanayotgan shaxslar sonining so‘rab chiqilgan mehnat yoshidagilar sonidagi salmog’i quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
CQ =CMj: SM x 100,
Bunda: CQ - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning konkret (i) turi bilan shug’ullanuvchi so‘rab chiqilganlarning salmog’i;
CMj - iqtisodiyotning norasmiy sektorida konkret (i) faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi so‘rab chiqilganlar miqdori;
SM - mehnat yoshidagi so‘rab chiqilganlar miqdori, jami.

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni statistik o‘rganish


b) Olingan salmoqlar bo‘yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida konkret faoliyat turi bilan band bo‘lgan aholi soni quyidagi formula asosida hisoblabchi kiritiladi:
NRBi= MYOT x CQ:100
Bunda: NRBi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning konkret (i) turi bilan band bo‘lganlar soni;
MYOT - mehnat yoshidagi aholi soni;
MYOT haqida axborot olish manbai - aholining jins va yosh tuzilmasi to‘g’risidagi statistika hisoboti ma’lumotlari.
v) Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar umumiy sonini aniqlash uchun faoliyatning xar bir konkret turi bo‘yicha NRB haqidagi ma’lumotlar qo‘shiladi:
NRB=ENRB
Bunda: NRB - norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lganlar soni.

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni statistik o‘rganish


Ish bilan band aholini iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlash. Mehnat resurslari balansida ish bilan band aholi soni amaldagi milliy tasniflagichlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari (iqtisodiy faoliyat turlari) bo‘yicha taqsimlanadi va bunda quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
1.Sanoat
2.Qishloq xo‘jaligi.
3.Qurilish
4.Transport va aloqa.
5.Savdo va umumiy ovqatlanish.
6.Moddiy-texnikaviy ta’minot, sotish va tayyorlash.
7.Moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqdari.
8.Uy-joy-kommunal xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish.
9.Ta’lim, fan, madaniyat, san’at.
10.Noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlari.
Bunday qilish aholining iqtisodiy faollik darajalarini, mehnat resurslarining faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini taxlil qilish va baholash imkonini beradi. Bu esa ish bilan bandlikni davlat tomonidan tartibga solish choralarini kurish uchun zarurdir.

Yüklə 23,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə