Mavzu. Matematik statistikaning asosiy tushunchalari


Matematik statistika fanining asosiy tushunchalari



Yüklə 19,25 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü19,25 Kb.
#138361
1   2   3   4
Mavzu. Matematik statistikaning asosiy tushunchalari-fayllar.org

Matematik statistika fanining asosiy tushunchalari.
Aytaylik bir jinsli ob’ektlar to`’lamini uning sifat yoki son belgisiga ko`ra o`rganish talab etilgan bo`lsin. Masalan, fermer yoki shirkatlar uyushmasida yetishtirilgan ‘axta xosilini sifat belgisi, uning navi (sorti), son belgisi bo`lib uning xajmi esa (ogirligi), xosildorligi xizmat qiladi.
1-ta’rif. Taxlil qilish uchun ajratilgan yoki keltirilgan bir jinsli ob’ektlar to`’lamini bosh to`’lam deyiladi. Masalan, xujalikni yetishtirgan k/x maxsulotlari to`’lami, Qo`qon shaxrida tahlim olayotgan talabalar to`’lami, kabi misollar bosh to`’lamga misol bo`ladi.
Ko`pincha to`plamni o`rganish maqsadida undagi barcha ob’ektlar tekshiriladi. Ammo to`’lamga tegishli barcha ob’ektlarni (ularni soni juda katta bo`lsa) tekshirish iqtisodiy va jismonan mumkin bo`lmaydi. Bunday hollarda bosh to`lamga tegishli mahlum bir qism ob’ektlar to`plami tekshiriladi.
2-ta’rif. Bosh to`plamdan o`rganish uchun tasodifiy ravishda tanlab olingan mahlum bir qism ob’ektlar to`’lamiga tanlanma to`’lam yoki tanlanma deyiladi.
Bosh to`’lam Qo`qon universitetida tahlim olayotgan talabalar to`’lami bo`lsa, xususan iqtisod kulliyotining EK-4 gurux talabalari tanlanma to`’lamni tashkil etadi.
Bosh to`plam yoki tanlanma to`’lamning xajmi deb shu to`’lamdagi ob’ektlar soniga aytiladi. Masalan 1000ta elektr chirog’idan tekshirish uchun 50ta chiroq tanlab olingan bo`lsa, u holda bosh to`’lamni xajmi =1000 ga, tanlanmaning xajmi esa 50 ga teng bo`ladi.
Tanlanmaning turlari.
Ob’ekt bosh to`’lamdan tanlanib, uning ustida kuzatish o`tqazilgandan so`ng, u bosh to`’lamga qaytarilsa, u holda bunday tanlanma takror tanlanma deyiladi.
Agar tekshirish uchun olingan obhekt bosh to`’lamga qaytarilmasa, unday tanlanmani notakror tanlanma deyiladi. Amaliyotda odatda qaytarilmaydigan tasodifiy tanlashdan foydalaniladi.
Tanlanmadagi ma’lumotlar bo`yicha bosh to`’lamning bizni qiziqtirgan belgisi haqida to`g’ri hulosa qilish uchun tanlanmaning shunday amalga oshirish kerakki, u bosh to`’lamni muhim harakterli xususiyatlarini uzida to`liq saqlasin. Buni qisqacha tanlanmaning re’rezentativligi deyiladi. Tanlanma re’rezentativ bo`lishligi uchun tanlash tasodifiy ravishda amalga oshirilgan bo`lishi, yahni bosh to`’lam barcha ob’ektlarning tanlanmaga tushish extimollari bir xil bo`lishi kerak.

Yüklə 19,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə