Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja


Kichik guruhida 15 – 20 daqiqa olib boriladi



Yüklə 394 Kb.
səhifə14/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

Kichik guruhida 15 – 20 daqiqa olib boriladi.
O‘rta guruhida 20 – 25 daqiqa olib boriladi.
Katta guruhda 25 – 30 daqiqa olib boriladi.
Tayyorlov guruhida 30 – 35 daqiqa olib boriladi.
Musiqa mashg‘ulotlar haftasiga ikki marta o‘tkaziladi. Unda guruhning barcha bolalari ishtirok etadi. Musiqa mashg‘ulotlari – musiqa tinglash, qo‘shiq o‘rgatish, musiqiy – ritmik harakatlar bajarish, raqsga tushish, musiqiy – didaktik o‘yinlar, bolalar cholg‘u asboblarida chalishga o‘rgatish va musiqaga oid ma‘lumotlarni qamrab oladi. Har bir mashg‘ulotdan mashg‘ulotga sayin bolalarga musiqaviy ta‘lim-tarbiya berishning qaysidir vazifasi hal etib boriladi. Musiqa rahbari ushbu ishda rahbarlik qiladi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, maslahat va tavsiyalarini berib boradi.
Bolalarni bilim va malakalariga qo‘yiladigan talablar har bir guruh uchun faoliyat turiga qarab tuziladi. Bunday mashg‘ulotlarning qiyinligi shundaki, bolalarning diqqatini bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko‘chirish kerak bo‘ladi. Shu ketma – ketlikni reja asosida amalga oshirish murakkabdir. Chunki bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olsak, ular bugun o‘rgangan asarlarini keyingi safar unutishlari mumkin. Zamonaviy pedagogika ta‘lim tizimining maqsadi, yangi toifaga mansub bo‘lgan musiqa rahbarining umumiy va kasb kamolotiga erishishdan iborat.
Bolalar repertuarini tanlashda qo‘yiladigan zamonaviy talablar
Mavjud pedagogik vazifalar saqlangan holda O‘zbekistonga xos milliy qadriyatlar, an‘analar, xalq ijodi, musiqa merosini bolalarni idrok etish qobilyati darajasida bosqichma – bosqich tadbiq etish nazarda tutiladi. Ertalabki badan tarbiya, turli shakldagi mashg‘ulotlar, mehnat, sayr, nafosat soatlari, o‘yin kulgi, bayramlarga oid asarlarni aniq rejalashtirib, o‘z o‘rnida va me‘yorida qo‘llash «Milliy tafakkur» muammosining yechimiga erishishda muhim omil bo‘ladi. Avalam bor musiqa repertuarlari bolajonlarda jonajon Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatini e‘ozlaщ, do‘stlik, hamjihatlik, rahm– shafqat kabi xislatlar musiqaviy obrazlar orqali idrok etilishga qaratilgan. Bunda Respublika miqyosidagi ijodkor tarbiyachilarning ilg‘or tajribalari natijasi, yangicha ishlash metodikasiga asoslangan musiqiy repertuarlari bolalarning yoshiga mos bo‘lgan (bilim va malakalar darajasi, musiqaga munosabati, qiziqishi, qobilyati, sog‘lig‘i, kayfiyati, bogchadagi muhit va boshqalar)holatlarni musiqiy faoliyat turlarini hisobga olgan holda besh qismga bo‘linadi. o‘quv materiallari choraklarga taqsimlangan bo‘lib, bolalarning mehr faoliyat turlariga muofiq tanlanishi dastlabki bilim va ko‘nikmalarni egallashda, ta‘lim maqsadlarni egallashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotning tuzilishi o‘quv materialllarining mazmunidan kelib chiqish lozim. Bunda asarning tarbiyaviy ahamiyati, ularning badiiy g‘oyaviy saviyasi, bolalar yoshiga mosligi, asar mavzusining xilma – xilligi hisobga olinadi. Ma‘lumki, musiqiy faoliyat musiqa tinglash, qo‘shiq aytish, musiqiy ritmik harakat, bolalar cholg‘u asboblarida chalishni o‘rganish kabi turlarga bo‘linadi. Har bir faoliyat turi bolaning musiqiy didini rivojlantirishga yordam berib, ma‘lum malakani shakllantiradi. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida musiqa ta‘limi va tarbiyasi musiqa rahbari tomonidan olib boriladi. Uning asosiy maqsadi maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalarni yoshligidan boshlab ularning dunyoqarashini shakllantirish hamda musiqiy didini o‘stirib borish, bolalarga musiqani o‘rgatish jarayonida unlarga tabiat, jamiyat, mahalla, ota-ona, ta‘lim muassasasi va umuman olganda hayotda o‘z o‘rnini topishida ilk musiqiy tushunchalarni berishdan iboratdi. Musiqa tarbiyachisi musiqa mashg‘ulotlari asosida bolalarga ta‘lim va tarbiya berish borasida oldiga qo‘yilgan pedagogik maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun eng avvalo, bolalarning musiqiy uquvi va qobiliyatlarini muntazam ravishda o‘stirib borish uchun harakat qilishi lozim.
Mutaxassislar tomonidan maktabgacha ta‘lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining musiqiy uquv va qobiliyatlarini quyidagi faoliyat turlarida ajratgan holda tasnif etadilar. Jumladan, tarbiyalanuvchilarning musiqiy tovushlarni baland-pastligini his etish qobiliyati; - musiqiy tovushlar rangini bir-biridan farqlanishini bilish; - bolalarni musiqaga mos harakat bajarishlarini xis etishlariga o‘rgatish, qadam tashlab, chapak chalib musiqani xotirada saqlash, his etish va ifodalash;
- musiqa tinglash qobiliyatini o‘stirish;
- jamoa bo‘lib kuylash;
- aytim so‘zlarini ma‘no va mazmunini o‘rganish uchun ularni mushohada qilish qobiliyatini o‘stirish.
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning musiqiy qobiliyatlarini shakllantirishning yana bir o‘ziga xos shakli sifatida mashg‘ulotlarda musiqiy faoliyaning barcha shakllarini musiqa rahari tomonidan ishlatish talab etiladi. Garcha, tarbiyalanuvchida musiqa mashg‘ulotiga nisbatan qiziqish ortsin. Shuningdek, musiqa rahbari tomonidan amalga oshirilgan ishlar musiqa mashg‘uloti jarayonida rivojlanib borsin. Yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda maktabgacha ta‘lim muassasalarida olib boriladigan musiqa ta‘limtarbiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilarni tavsiya etish mumkin: Birinchidan, tarbiyalanuvchilarni musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish borasida o‘quv dasturda repertuar tanlashda ularning yoshiga xos jihatlarini e‘tiboga olish; Ikkinchidan, tarbiyalanuvchilarni musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida ularda musiqiy ohangga bo‘lgan his-tuyg‘ularni hosil qilish yo‘li bilan Ona-Vatan, xalq, millatga nisbatan mehr-muhabbatni tarbiyalash, shu orqali ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish; Uchinchidan, bolalarni musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish; To‘rtinchidan, bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish hamda unga odatlantirish;
Beshinchidan, tarbiyalanuvchilarni musiqiy asarlardan zavq olishlari, shu asosda ularning musiqiy did va badiiy fikr yuritishlarini rivojlantirish;
Oltinchidan, musiqa mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlarni o‘yin va raqs ifoda etishga o‘rgatish; Yettinchidan, musiqa mashg‘ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg‘u sozlar jo‘rligida milliy ohang-kuy va musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishga o‘rgatish;
Sakkizinchidan, musiqa mashg‘ulotlari mazmunini maktabgacha ta‘lim muassasasi, Vatan, shahar, mahalla, tabiat, jamiyat hayoti bilan bog‘lash, ta‘lim muassasalarida o‘tkaziladigan tadbirlarda o‘rganilgan kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaliklar, konsertlar tashkil etish kabi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, maktabgacha ta‘lim muassasalari musiqa mashg‘ulotlarida bola hayotini, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar orqali idrok etish uchun repertuar tanlash lozim bo‘ladi. Olib boriladigan musiqiy tarbiya ishlarini badiiy adabiyot va tasviriy san‘at bilan uzviy ravishda bog‘langan holda amalga oshirish, musiqiy tarbiyaning ilg‘or tajriba va turli metodlaridan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqa mashg‘ulotini bolalarga badiiy-estetik zavq uyg‘otishini, ularning histuyg‘ularini shakllantirishda, ijodiy fikrlash qobiyati va nutqini o‘stirishda xizmat qilishni ta‘minlash lozim. Bundan tashqari musiqiy o‘yinlar va raqslardan ham foydalanish bolalarda ritm tuyg‘usi, chaqqonlik va harakatchanlikni shakllantirib, qomatning to‘g‘ri o‘sishiga yordam beradi. Bu jarayon bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Anashu ishlar maktabgacha ta‘lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy ta‘limni va tarbiyani ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog‘cha yoshidan shakllantirishda nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə