Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 27,72 Kb.
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü27,72 Kb.
#130623
  1   2   3   4
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p


Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari.

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari
“Maktabgacha pedagogika” fani maktabgacha ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” tug‘ilgandan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganadi va MTT sharoitida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni ishlab chiqadi.
U maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va maktab ishidagi izchillikni ta’minlaydi hamda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlaydi.
Mazkur fan “Umumiy pedagogika”ning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod va vositalariga tayanadi. “Maktabgacha pedagogika” fani maktabgacha yoshdagi bolalarga yaxlit tarbiya berishni ko‘zlangan maqsadni, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, amaliyot bilan bog‘liqlikda olib borishning zarurligini, bola shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga asoslaydi.
“Maktabgacha pedagogika” fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihatini, ya’ni, shu yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Yüklə 27,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə