Mavzu: leksikologiya



Yüklə 2,81 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü2,81 Mb.
#137796
LEKSIKOLOGIYA

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi mumtoz sharq filologiyasi fakulteti filologiya va tillarni o’qitish arab tili yo’nalishi 1-kurs talabasi Hayrullayeva Sevinchning tilshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ish taqdimoti.

MAVZU:LEKSIKOLOGIYA.

REJA:

  • 1.O‘zbek tili leksikasining ijtimoiy - dialektal tarkibi
  • 2. O‘zbek tili leksikasining tarixiy - funksional xususiyatlari
  • 3. Uslubiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi

Leksikologiya (leksika va …logiya) — tilshunoslikning til lugʻat tarkibi, yaʼni muayyan bir tilning leksikasini oʻrganuvchi boʻlimi. Leksikologiya har bir soʻzni yolgʻiz holda emas, balki boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda oʻrganadi. Leksikologiya tilshunoslikning leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda soʻz yasalishi haqidagi taʼlimot kabi sohalari bilan chambarchas bogʻliq. Leksikologiya ning asosiy muammolaridan biri soʻzning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. Leksikologiya da soʻzlarning maʼno jihatdan oʻzaro bogʻlangan, yaʼni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, soʻz maʼnolarining erkin yoki bogʻliq holda boʻlishi kabi masalalari ham oʻrganiladi.

  • Leksikologiya (leksika va …logiya) — tilshunoslikning til lugʻat tarkibi, yaʼni muayyan bir tilning leksikasini oʻrganuvchi boʻlimi. Leksikologiya har bir soʻzni yolgʻiz holda emas, balki boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda oʻrganadi. Leksikologiya tilshunoslikning leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda soʻz yasalishi haqidagi taʼlimot kabi sohalari bilan chambarchas bogʻliq. Leksikologiya ning asosiy muammolaridan biri soʻzning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. Leksikologiya da soʻzlarning maʼno jihatdan oʻzaro bogʻlangan, yaʼni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, soʻz maʼnolarining erkin yoki bogʻliq holda boʻlishi kabi masalalari ham oʻrganiladi.

Leksikologiyaning yana bir sohasi etimologiya deb yuritiladi. U tilning lug`at tarkibidagi so`z va iboralarning tarixan kelib chiqishini, yasama so`zlarning va boshqa tillardan kirgan so`zlarning ma’noli qismlarini izohlaydi. Demak, etimologiya so`zning ikki tomonini ham, ya’ni ichki – ma’no tomonini hamda tashqi – tovush tomonini ham tahlil qiladi.
Leksikologiya tashqi tomondan lug`at tarkibining hozirgi ahvolini, tilning lug`at tarkibida sodir bo`layotgan turli o`zgarishlarni: so`zlarning qo`llanish darajasini, ba’zi so`zlarning eskirib iste’moldan chiqib ketishini (sekretar, oblast kabi), fan, madaniyat va texnikaning uzluksiz rivojlanishi bilan tilning yangi so`zlar hisobiga boyishini, ba’zi so`zlar ma’nosida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni (ma’no ko`chish hodisasini) o`rganadi.

Leksikologiya tilning lug`at tarkibini ikki tomonlama:

  • Leksikologiya tilning lug`at tarkibini ikki tomonlama:
  • 1) ichki 
  • 2) tashqi tomondan tekshiradi.
  • Tilning lug`at tarkibini ichki tomondan o`rganadigan sohasi semasiologiya deb yuritiladi. Unda so`z va iboralarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati o`rganiladi. Har qanday so`z tilda paydo bo`lishi bilan o`zining shakli va ma’nosiga ega bo`ladi, borliqdagi predmet, hodisa, belgi, harakatlarni ifodalaydi. So`zdagi ma’no turli ta’sir va talablar asosida taraqqiy etib boradi. Demak, semasiologiya so`z hamda turg`un iboralarning ma’no xususiyatlarini tekshiradi.

Leksikologiyaning yana bir sohasi leksikografiya deb yuritiladi. Leksikografiyaning vazifasi tildagi so`zlarni yozma ravishda to`plashdir. Leksikografiya so`z va iboralarni ma’lum bir sohalar bo`yicha to`plab, muayyan tartibda keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va lug`at kitoblari shaklida nashr etadi.

  • Leksikologiyaning yana bir sohasi leksikografiya deb yuritiladi. Leksikografiyaning vazifasi tildagi so`zlarni yozma ravishda to`plashdir. Leksikografiya so`z va iboralarni ma’lum bir sohalar bo`yicha to`plab, muayyan tartibda keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va lug`at kitoblari shaklida nashr etadi.
  • Leksikologiya tilning fonetika va grammatika bo`limlari bilan bevosita bog`liq. Fonetika nutq tovushlarini o`rganadi. Leksika shu tovushlar asosida shakllanadigan so`zni, grammatika o`z qonun-qoidalari asosida so`zlarni o`zaro bog`laydi va tilni fikr ifodalash uchun tayyorlaydi. Demak, tovush bo`lmasa, so`z bo`lmaydi, so`z bo`lmasa grammatikaning ham bo`lishi mumkin emas.

Leksika muayyan bir tizim sifatida koʻrilganda, soʻz maʼnolari va tushunchalarning oʻzaro bogʻliq holda boʻlishi koʻzda tutiladi. Leksikologiya lugʻat tarkibining amalda ishlatilishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, soʻzlarning uslubiy jihatdan tasnifiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, soʻzlashuv va adabiy tillarda foydalanish meʼyorlarini, professionalizm, dialektizm, arxaizm, neologizm, leksikalashgan soʻz birikmalarini meʼyorlashtirish kabi masalalarni tahlil etadi hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi.

  • Leksika muayyan bir tizim sifatida koʻrilganda, soʻz maʼnolari va tushunchalarning oʻzaro bogʻliq holda boʻlishi koʻzda tutiladi. Leksikologiya lugʻat tarkibining amalda ishlatilishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, soʻzlarning uslubiy jihatdan tasnifiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, soʻzlashuv va adabiy tillarda foydalanish meʼyorlarini, professionalizm, dialektizm, arxaizm, neologizm, leksikalashgan soʻz birikmalarini meʼyorlashtirish kabi masalalarni tahlil etadi hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi.

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!


Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə