Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2)


Birinchidan, korxonalarning vaqtincha bo`sh pul mablag`idir



Yüklə 192,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix24.12.2023
ölçüsü192,12 Kb.
#158853
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Birinchidan, korxonalarning vaqtincha bo`sh pul mablag`idir
. Bu mablag`lar kapitalning
doiraviy aylanishi bilan bog`liq bo`lib, ma’lum muddat uning bir qismi bo`sh bo`ladi.
CHunonchi amortizatsiya ajratmalari, bu mablag`lar asosiy kapitalni yangilash
payti
kelguncha bo`sh bo`lib, bankdagi hisob schyotlarida jamlanib boradi. “Tezlashtirilgan”
amortizatsiya siyosati tufayli bu mablag`lar o`sib borish tendensiyasiga ega.
Mahsulot
sotishdan
keladigan
pul tushumlari. Bu pul ham xom-ashyo, materiallar sotib olish,
xodimlar mehnatiga haq to`lash, vaqti kelguncha bo`sh turadi. Korxonalarning ishlab
chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag`batlantirish fondlari ham
asta jamlanib borib, belgilangan maqsad bo`yicha ishlatilguncha bo`sh turadi. Korxonalar
foydasi
davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek
foydalanguncha bankdagi hisoblarda saqlanadi. Ish haqi ham har 15 kunda berilar ekan,
ungacha bu pul yig`ila boradi, hamda ishlatilguncha bo`sh bo`ladi.


Ikkinchidan
,
moliya - kredit muassasalarining pul mablag`lari
.
Ularning daromadlari
bilan
xarajatlari
o`rtasidagi
farq
xarajatlarni
qoplaganidan
ortgani
bo`sh pul
mablag`larini tashkil etadi. Tijorat banklari va moliya-kredit muassasalarining minimal pul
rezervlari ham ssuda fondi manbai bo`ladi.
Uchinchidan
,
davlat ixtiyoridagi pul
.
Davlatning zahiradagi pul mablag`lari, markaziy
va mahalliy hokimiyatlarning xarajatlari bilan soliq tushumlari o`rtasidagi farq tarzida bo`sh
pullar mavjud bo`ladi. Byudjet tizimi mablag`lari harakati natijasida ma’lum miqdorda
bo`sh pullar hosil bo`ladi.

Yüklə 192,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə