Mavzu: kompyuter testlari yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilishni loyihalashti kirish mavzuning dolzarbligi


O'quvchilar bilimini aniqlashda informatikaga qo'yiladigan talablar



Yüklə 46,46 Kb.
səhifə4/9
tarix13.10.2023
ölçüsü46,46 Kb.
#127751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KOMPYUTER TESTLARI YORDAMIDA O’QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISHNI LOYIHALASHTIRISH

1.2. O'quvchilar bilimini aniqlashda informatikaga qo'yiladigan talablar
Ijroni tekshirishning to'g'ri yo'lga qo'yilishi har qanday ish sohasida katta ahamiyatga ega bo'lgani singari, o'qitish ishlarida ham g'oyat katta ahamiyatga egadir. U, o'qituvchiga o'quvchilarda mas'uliyat tuyg'usini tarbiyalashga, o'quvchilaming bilimlaridagi kamchiliklarni o'z vaqtida aniqlab olishga, o'z ishini to'g'ri baholashga imkon beradi.
O'quvchilarning bilimlarini tekshirish ishi muntazam ravishda, ya'ni har kuni olib borilishi kerak. Dastavval yangi materialni bayon etgandan keyin uning qay darajada tushunilganligini tekshirib olish lozim. Darsning asosiy maqsadi o'tiladigan mavzu mazmunini o'quvchilarga tushuntirish ekanini, o'quvchilar bilimni asosan darsda olishlari kerakligini esda tutib, o'qituvchi o'zining shu maqsadga erishgan yoki erishmaganligini har bir darsda o'tilgan mavzu mazmunini asosiy erlarini o'quvchilardan so'rash orqali tekshirib borishi zarur.
O'quvchilaming o'zlashtirish darajasini turli yo'llar bilan tekshirish mumkin, ya'ni biron formulani chiqarish yoki biron teoremani isbotlashdagi asosiy mulohazalarni o'quvchi tomonidan bajarish, ilgaridan tayyorlab qo'yilgan mavzu mazmuniga doir savollami o'quvchilarga berish, olingan nazariy xulosalarni masala yoki misollar yechishga tatbiq qila olish qobiliyatlarini aniqlab bilishdan iboratdir.
Bularning hammasi o'quvchilarning o'zlashtirish natijalarini aniqlashga va shu bilan birga o'tilgan materialni mustahkamlashga yordam beradi.
Yozma uy vazifalarining bajarilgan-bajarilmaganligini tekshirish ishi ko'pincha sinfni „aylanib chiqib“ o'quvchilarning daftarlarini ko'rish yo'li bilan bajariladi. Bu yo'l vazifaning bajarilganligini aniqlashga imkon beradi, ishning sifatini esa bu yo'l bilan aniqlab olish qiyin.
Uy vazifasini tekshirish uchun aylanma daftar tutish ijobiy natija beradi, chunki vazifasi tekshirilgan daftar o'quvchiga berilganda ular daftardagi o'qituvchi tomonidan qo'yilgan baholami va izohlarni ko'rib berilgan topshiriqlar bo'yicha qanday bilimga ega ekanliklarini bilib oladilar. O'qituvchi uy vazifalar natijasini reyting mezoni bo'yicha ballar asosida baholashi shart. Bundan tashqari doskaga ayrim o'quvchilami chiqarib, o'tilgan mavzuga doir o'qituvchi aytgan masala yoki misolning yechilishini so'rash orqali ham aniqlanadi.
Har bir masala yoki misolning yechilishini mufassal bir o'quvchining o'zi oxiriga etkazishi shart emas. Berilgan vazifa yuzasidan eng muhim savollami ilgaridan tayyorlab qo'yib, tekshirishni ana shu reja bo'yicha olib borish mumkin. Masala va misollarning yechilishini tekshirganda bir masalaning bir necha xil yechilish variantlarini aniqlash, hisoblashga doir misollarda esa qo'llanilgan turlicha yechish usullarini ko'rsatish va ular ichidan yechishning eng ma'qul usullarini aniqlab olish kerak. Наг kuni hamma o'quvchilarning daftarlarini tekshirib chiqish mumkin emas, ammo bu ishni hech bo'lmaganda tanlab olish yo'li bilan kilish kerak. Har bir darsning oxirida 8-10 o'quvchining daftarini olish yo'li bilan bir oyda har bir o'quvchining daftarini aqalli uch marotaba ko'zdan kechirish kerak. Bu holda o'quvchining ikki hafta davomida bajargan hamma ishlarini tekshirib chiqishga ulguriladi. Bunda tekshirilgan daftarlarda ko'rsatilgan xatolami o'kuvchilarga albatta tuzattirish kerak, shu holdagina tekshirish ishlari maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bunday tekshirganda bajarilgan ishning to'g'riligini, topshiriqning to’la bajarilishini va ishning chiroyli, ozoda va batartib bajarilishini e'tiborga olib turib, uy vazifalarini bajarishga alohida reyting mezonlari asosida baho qo'yish kerak.
Daftarlarni tekshirib borish o'qituvchiga o'quvchilar tomonidan berilgan vazifalami bo'sh o'zlashtirilgan joylarini, misollarni yechishdagi o'quvchilami yo'l qo'ygan xatoliklarini aniqlab olishga va o'z vaqtida ularni to'g'rilab olish choralarini ko'rishga imkon beradi. O'quvchilar bilimini tekshirishning yana yo'llaridan biri bu ulardan og'zaki so'rashdir. Buning uchun avvalo o'qituvchi tomonidan mavzu mazmunini ochib beradigan mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan ta'riflar, qoidalar, murakkab bo'lmagan xulosalar va teoremalaming isbotini tushuntirib berishni talab etadigan savollar tizimi tuziladi. Savol sinf o'quvchilariga berilib, javobini o'ylashga bir necha daqiqa vaqt beriladi. So'ngra bir o'quvchidan so'raladi. Uning javobini baholashda butun sinf ishtirok etadi (to'g'ri, noto'g'ri, etarli darajada mukammal, javob asosli yo asosli emas va hokazo); javobga qo'shimcha qiluvchilarga yoki xatoni tuzatuvchilarga ham so'z beriladi. Javoblar reyting asosida baholanadi, biroq sinf jurnaliga yozilmaydi, uch-to'rt marta shu xil joyda turib berilgan javoblarga o'qituvchi tomonidan umumiy ball qo'yilib, bu ball sinf jurnaliga va o'quvchining kundalik daftariga yozib qo'yiladi. Bu holda o'qituvchi berilgan savol va olingan javoblarni maxsus yuritilgan reyting daftariga yozib boradi. Masalan, 5 sinfda «Sonlaming bo'linishi» mavzusidan keyin shunday savollami tuzib olish mumkin:
1. Sonning (masalan, 84 ning) hamma bo'luvchilari qanday topiladi? ,
2. Berilgan sonlaming (12, 18 ning) umumiy bog`luvchisi deb qanday songa aytiladi va unday sonlar nechta bo'ladi?
Berilgan sonlaming (masalan, 24 bilan 36 ning) eng katta umumiy bo'luvchisi deb qanday songa aytiladi va u qanday topiladi?
3. Qanday son berilgan sonlaming (masalan, 12 va 9 ning) umumiy bo'linuvchisi deb ataladi va bunday sonlardan nechtasini topish mumkin? .
4. Qanday son berilgan sonlaming (masalan, 14 va 21 ning) eng kichik umumiy bo'linuvchisi deb ataladi va u qanday topiladi?
5. 4 ga bo' linish belgisi, uni tushuntirib bering.
6. Biron son qanday shartda 15 ga bo'linadi?
7. Yig'indi juft son bo'lishi uchun qo'shiluvchilarning har biri juft son bo'lishi zarurmi? Misollar keltiring.
Maktab tajribasida doskaga chiqarib so'rashning turli yo'llari qo'llaniladi. Doskaga bir o'quvchini chiqarib biron xulosa chiqartirish, teoremani isbotlash yoki masala yechdirish ko’proq qo'llaniladi, Sinfdagi boshqa o'quvchilar esa doskaga chiqqan o'quvchining javobini eshitib turadilar. Bu holda javob beruvchi o'z javobini bemalol, to'la o'ylab olish, uni bayon etishga tayyorlanib olish imkoniyatidan mahrum bo'ladi, chunki unga o'qituvchi ham qarab turadi, o'quvchilar ham o'zlarining chidamsizlik qarashlari bilan uni bezovta qiladi, shoshiltiradi.
O'qituvchi, darsni ish rejasini tuzgan vaqtidayoq, so'ramoqchi bo'lgan o'quvchilar belgilab qo'ysa va ularning har biriga navbatdagi va takrorlanadigan material yuzasidan so'raladigan 2-3 ta savolni ham aniqlab qo'yishi kerak bo'ladi. Doskaga 1-2 o'quvchi chiqarilganda ularning har biriga berilgan savolga javob tayyorlash kerak bo'lib qolganda doskada chizma chizish, javobni bog'lanishli qilib aytib berishni osonlashtiradigan yozuvlami qisqacha yozib qo'yishga imkon beriladi.
Bu o'quvchilar javob tayyorlagunlaricha o'qituvchi qolgan o'quvchilar bilan suhbat asosida savol-javob qilib, og'zaki masalalar yechdirishi, ta'riflarni, teoremalarni aytilishini, sodda xulosalar chiqarish kabilami so'rab turishi lozim bo'ladi.
Ba'zilar, o'qituvchining sinf bilan qiladigan suhbatidan ikki o'quvchini bo'lsa ham ajratib qo'yish zararli deb, bu xil so'rashga e'tiroz bildiradilar. Ammo, chiqarilgan o'quvchilaming tayyorlanish vaqtida butun sinfni zerikib kutib o'tirishga majbur qilishdan ko'ra, ikki o'quvchini bu xil suhbatdan mahrum qilish yaxshiroq. Doskaga chiqarib o'quvchilar javobini eshitish ham yaxshi natija beradi.
Doskaga chaqirilganlarning javobini eshitishga kelganda ish boshqacha; ularning javoblarini butun sinf o'quvchilari eshitishi kerak. Sinf o'quvchilarini bu vaqtda doskadagi o'quvchilar javoblarini eshitishga jalb qilish kerak. Chaqirilgan o’quvchilar javob bergandan keyin boshqa o'quvchilarga qo'shimcha qilishga, tuzatishlar berishga, o'z fikrlarini aytishga imkon beriladi. Bu savolga to'la va to'g'ri javob olingandan keyin o'qituvchi shu o'quvchining o'ziga endi uzoq tayyorlanishni talab etmaydigan va ilgaridan belgilab qo'yilgan savollarini berishi mumkin.
Ba'zi o'quvchilaming javob beruvchi o'quvchiga shu mavzuga doir qo'shimcha savollar berishiga yo'l qo'yiladi. Bu, o'quvchilami shu mavzuga doir hamma materialni xotirlashga majbur qiladi. Ammo o'quvchilami muhim savollar berishga o'rgatish lozim, buning uchun esa o'qituvchi mavzuni o'rganish vaqtida o'rganiladigan materialning eng kerakli va muhim tomonlarini ajratib ko'rsata bilishi kerak bo'ladi.
Har holda, so'rash usulidan qat'i nazar, o'qituvchi, birinchidan, so'raladigan materialni ilgaridan belgilab qo'yishi, savollaming qay tarzda berilishini puxta o'ylashi, masala yechimining yoki isbotning qanday borishi kerakligini ham oldindan o'ylab qo'yishi lozimdir. Shundagina o'tilgan mavzu bo'yicha o'quvchilarni olgan bilimlari sifatli bo'ladi.
O'quvchiar bilimini tekshirishni yana bir usuli bu o'qituvchi tomonidan o'tilayotgan mavzuga va takrorlashga doir savollar yozilgan kartochkalarni oldindan tayyorlab qo'yishdir. Bunday kartochkalar doskaga chiqarilgan 2-3 o'quvchiga beriladi va tayyorgarlik (javobni o'ylash, doskada kerakli yozuvlarni yozish) uchun 8-10 minut vaqt ko'rsatiladi.
Ular tayyoranayotganda o'qituvchi sinf bilan suhbat o'tkazadi yoki butun sinfga kichikina mustaqil ish beradi. Doskaga chiqarilgan o'quvchilar o'z javoblarini to'la bayon etganda o'quvchilar quloq soladi va ularga har bir savolning javobidan keyin qo'shimcha qilishga imkon beriladi: O'qituvchi o'quvchilaming javoblarini reyting asosida ballar bilan baholab boradi.
So'rash usuli qanday bo'lishidan qat'i nazar, unga nisbatan ba'zi majburiy talablar qo'yishga to'g'ri keladi. Bu talablar quyidagilardan iboratdir.
a) ma'lum maqsadni ko'zda tutish kerak. Bu maqsad ba'zi o'quvchilarga aniq bo’lmasligi mumkin, ammo o'qituvchi uni ochiq-oydin tasavvur qilishi shart;
b) mavzuning asosiy qoidalarini takrorlashga va mustahkamlashga yordam berishi har xil teoremalar, o'rganilgan qonunlar va bajariladigan shakl o'zgartirishlar orasidagi bog'lanishni aniqlashga, fazoviy tasavvurlarni kengaytirishga, mantiqiy fikrlashni o'stirishga, o'z fikrini to'g'ri va chiroyli nutq bilan bayon etishga yordam berishi kerak;
v) berilgan savolni tezlik bilan o'qib olish va qisqa, aniq javob bera olish qobiliyatini o'quvclilarda tarbiyalashi kerak;
g) teorema yo qonunlaning aytilishiga o'tkir diqqat eta bilishga, javobning, yozuvlarning, chizmalarning to'g'riligini va tugalligini baholay bilishga, qo'shimcha va tuzatishlar bera bilishga o'rgatishi kerak;
d) so'rashda o'qituvchi boradigan savollar oz vaqt talab qiladigan, ravon, mazmunli bo'lishi shart. Yozma tekshirish ishlari (yozma ish; test nazorat ishlari) qisqa vaqtga 10-12 minutga mo'ljallab, ba'zilar esa ko'proq vaqtga 1-2 soatga mo'ljallab berilishi mumkin. Qisqa vaqtga mo'ljallangan yozma ishlarni darsning ikkinchi yarmida berish qulayroq va bunda ko'proq o'quvchilaming har hisoblashlarni tez bajara olishlarini tekshirish, ayniy shakl o'zgartirishlarni bajara bilishini tayyor tenglamalami tez yecha bilishini, geometrik figuralaming xossalarini aytib bera olishlarini tekshirishlar ko'zda tutilgan bo'lishi kerak.



Yüklə 46,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə