Mavzu: kompyuter testlari yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilishni loyihalashti kirish mavzuning dolzarbligi



Yüklə 46,46 Kb.
səhifə3/9
tarix13.10.2023
ölçüsü46,46 Kb.
#127751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KOMPYUTER TESTLARI YORDAMIDA O’QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISHNI LOYIHALASHTIRISH

Tadqiqot – olingan bilimlar asosida kichik bir moammo, qiyin masala bo’yicha yakka yoki 2-3 o’quvchi birgalashib olib bordigan izlanish. O’rganilayotgan hali o’tilmagan yoki o’tilmaydigan (dasturda yo’q) mavzu bo’lishi mumkun. Masalan, ko’phadni ko’phadga bo’lish. Bu mavzu dasturda yo’q, qo’shimcha adabiyotda bor. Iqtidorli, matematikaga qobilyati bor o’quvchilar bu mavzuni bemalol o’zlashtirishlari, unga oid misollar topishi mumkun.
Bulardan tashqari o’qitishning:
muammoli;
tabaqalashtirilgan
uslublari bor. Ular ham dars o’tishning faollashtiruvchi uslublar sirasiga kiradi.
Matematika va informatika darsiga tayyorgarlik
Matematika va informatika o'qituvchisi darsga tayyorgariik ko'rishni o'quv yili boshida o'ziga ajratilgan sinf dasturiga ko'ra yillik ba'zan yarim yillik ish rejasini tuzishdan boshlaydi. Bundan tashqari har bir matematika va informatika darsi uchun alohida ish rejasini tuzadi. Matematika va informatikaga doir ish rejada har bir mavzuning asosiy savollari, bu savollami o'tish uchun ajratilgan soatlar va o'tilish muddati ko'rsatilgan bo'Iishi kerak. Matematika va informatikadan tuzilgan ish rejada har bir mavzuni o'tish uchun qanday ko'rgazmali qurollardan foydalanish va qanday amaliy xarakterdagi misol va masalalami yechish ham ko'rsatilgan bo'Iishi maqsadga muvofiqdir. Matematika va informatikadan tuzilgan ish rejani maktabdagi o'quv metodika hay'ati muhokama qiladi va maktab direktori tomonidan tasdiqlangan bo`lsa, u rasmiy hujjatga aylanadi va ana shu tasdiqlangan reja asosida o'qituvchi matematika va informatika darsini har bir mavzusini o'tadi, maktab rahbariyati ham ana shu tasdiqlangan ish reja asosida o'qituvchini o'quv faoliyatini tekshiradi. O'qituvchi har bir dars uchun mavzu yuzasidan ish rejani tuzishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak bo'ladi.
1.Mavzu va uning shu darsda o'rganiladigan qismi ko'rsatiladi.
2.Uy vazifasi qanday tekshiriladi?
3.Qaysi о' quvchilardan so 'raladi?
4.Sinfdagi o'quvchilar uchun qanday mustaqil ishlar beriladi va qanday vaqtda beriladi?
5.Yangi mavzu bayoni ko'rsatiladi, o'quvchilarga qanday metod orqali tushuntirilishi va qaysi yerlarini yozishligi belgilanadi?
6.O'tilgan yangi mavzuni mustahkamlash uchun beriladigan savollar yoki misol va masalaiar yozib qo'yiladi.
7.Uyga beriladigan vazifa, mavzu paragrafi, misol va masala nomerlari hamda o'quvchilarga beriladigan ko'rsatmalar yozib qo'yiladi. O'qituvchi har bir dars oxirida o'quvchilar bilan birgalikda bugungi darsni yakunlashi va o'quvchilar bilimini tekshirishi lozim. O'qituvchi har bir darsning mazmunini yaxshi o'yiab rejaiashtirsagina o'quvchilar chuqur matematik va informatik bilimga ega bo'ladilar.
Наг bir mavzu uchun yuqoridagi kabi aniqlik asosida ish rejasi tuziladi va asosiy darslikdan tashqari qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati ham o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga berilishi maqsadga muvofiqdir.
Matematika va informatika darsining tahlili.
Bizga ma'lumki, har bir dars quyidagi bosqichlardan iborat edi.
1.O'tilgan darsni o'quvchilardan so'rash va uni mustah­kamlash.
2.Yangi mavzuni o'qituvchi tomonidan tushuntirish va uni mustahkamlash.
3.Uyga vazifa berish.
Ana shu asosiy uch bosqichni amalga oshirishda o'qituvchini ilmiy-metodik faoliyati maydalab mantiqiy tahlil qilinadi.
1.O'tilgan darsni o'quvchilardan so'rash paytida, o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga mavzu yuzasidan berilgan savollar to'g'ri bo'ldimi yoki yo'qmi?
2.Doskaga chiqqan o'quvchilarga savollar to'g'ri berildimi, qo'shimcha savollarchi?
3.Ularni bilimlarini baholashda o'qituvchi reyting mezoniga rioya qildimi; o'quvchilami javoblari o'qituvchi tomonidan tahlil qilindimi?
4.O'tilgan mavzuni o'quvchilardan so'rash uchun oqituvchi ortiqcha vaqt sarf qilmadimi?
5.Tarqatma materialni yechib bo'lgan o'quvchilar bilimini qanday baholandi?
6.O'qituvchi o'zi avvalgi mavzu mazmunini va o'quvchilar javoblarini qisqacha tahlil qilib yakunladimi?
7.Yangi mavzuni mazmunini ochib berishda ilmiy-metodik xatoga yo'l ko'ymadimi?
8.Yangi mavzuni qanday metod bilan tushuntirdi?
9.Yangi mavzuni mustahkamlashga qanday e'tibor berdi?
10.Yangi mavzuni geometrik ma'nosini ko'rsatib bera oldimi?
11.Uyga berilgan vazifalardan namuna ko'rsatdimi?
12. 45-minutlik vaqtni to'g'ri taksimladimi?
13.O'qituvchi mavzu mazmunini tushuntifishda o'zini qanday tutdi?
14.O`qituvchi yangi navzuni tushuntirishda sinf o'quvchilarini o'ziga qarata oldimi?
15.O'qituvchi o'quvchilami shaxsiyatiga tegmadimi?
16.Darsni tahlilidan so'ng o'qituvchiga beriladigan o'quv, ilmiy, metodik va tarbiyaviy maslahatlar.
Har bir matematika va informatika darsini tahlil qilish yuqoridagi savollarga javob topish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Shundagina darsning tahlili samarali bo' ladi.
Matematika va informatika darsiga qo'yilgan talablar
Matematika va informatika darsining tahlil shuni ko'rsatadiki, darsning maqsadi shu darsning tuzilish strukturasini va ana shu darsda bo'ladigan barcha bosqichlarning o'zaro mantiqiy munosabatlarini aniqlaydi.
1.Matematika va informatika darsiga qo'yiladigan birinchi talab bu uning maqsadga tomon yo'naltirilganligidir. Maqsadga tomon yo'naltirilganlik deganda biz darsning maqsadida qo'yilgan mavzu mazmunini tushuntirisli orqali o'quvchilarni mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllmtirish hamda ularni aqliy va ma'naviy tarbiyalashni tushunamiz.
2.Matematika va informatika darsiga qo'yilgan ikkinchi talab bu dars va uning mazmunini ratsional taqsimlashdir. Dars va uning turlarini to'g’ri taqsimlash hamda matematika darsida o'quvchilaming mavzu mazmunini yaxshi o'zlashtirishlar orqali matematik, umumintellektual va o'quv faoliyatiga nisbatan bilim, ko'nikma hamda tafakkur qilish faoliyatlari shakllanadi.
3.Matematika va informatika darsiga qo'yilgan uchinchi talab bu darsni o'tkazishdagi o'quv, tarbiya metodi va vositalarini tanlashdan iboratdir. Matematika va informatika darslarida o'quv, tarbiya usullarini tanlash katta ahamiyatga egadir. Matematika va informatika o'qituvchisi mavzu mazmuniga qarab tushuntirisn, ilmiy izlanish va xulosa chikarish metodlaridan kaysilarini qo'llansa o'quvchilar mavzu mazmunini yaxshiroq o'zlashtirishlarini aniqlab olishi lozim, shundagina dars samarali bo'ladi.
4. Matematika va informatika darsiga qo'yilgan to'rtinchi talab bu darsni o'tkazishda o'quvchilaming bilishga doir bo'lgan faoliyatlarini shakllantirish uchun o'quv jarayonini har xil usullarda tashkil qilishdir. O'qituvchi darsda o'tiladigan mavzu maz­muniga qarab o'quvchilar faoliyatlarini oldindan belgilashi kerak bo'ladi. Agar darsda yangi mavzu o'tiladigan bo'lsa, unda o'qituvchining o'zi mavzu mazmunini ma'ruza yoki suhbat usullari orqali o'quvchilarga tushuntiradi. Agar darsdagi mavzu avvalgi o'tilgan mavzuga doir misol yoki masala yechish bo'lsa, unda mustaqil ishlash yoki yakka tartibda topshiriqlar berish usullaridan foydalanish mumkin. Buning natijasida sinfdagi o'quvchilar o'zlarining intellektual qobi-liyatlari orqali mavzu mazmunini u nazariy yoki amaliy xarakterda bo'lsin yaxshi o'zlashtiradilar.



Yüklə 46,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə