Mavzu: kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish


Ettinchi bo`lim. «Bitimning samaradorligi»



Yüklə 10,69 Kb.
səhifə4/4
tarix27.12.2023
ölçüsü10,69 Kb.
#162644
1   2   3   4
biznesga kirish

Ettinchi bo`lim. «Bitimning samaradorligi». Bu bo`lim biznes-rejaning yakunlovchi qismi bo`lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko`rsatkichlari orasida foyda va rentabellik ko`rsatkichlari ustuvor mavqega ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy samaradorlik (yangi ilmiy natijalarni qo`lga kiritish) ham hisobga olinadi. Ushbu bo`limda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Loyihalarni asoslash jahon amaliyotida mablag`larni qo`yilishi haqidagi qarorni tayyorlashda bir necha umumiy ko`rsatkichlar qo`llaniladi. Ular quyidagilardan iborat:

rentabellik;
    • samaradorlikning ichki koeffisienti;

- kapital qo`yilmalarning qaytarilish davri;
    • pulning maksimal sarf-xarajati;

zararsizlik me’yorlari.
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tahlil qilishning maqsadi va vazifalari.
Har bir korxona maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog`liq xarajatlarni amalga oshiradi. Maxsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xom-ashyo va materiallar, yonilg`i-moylash materiallari, extiyot qismlar va boshqa) va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil qiladi.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin:
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko`ra:
- ishlab chiqarish harajatlari;
- noishlab chiqarish harajatlari.
2. Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko`ra:
- ichki harajatlar;
- tashqi harajatlar.
3. Maxsulot ishlab chiqarish hajmining o`zgarishiga nisbatai:
- doimiy harajatlar;
- o`zgaruvchan harajatlar.
4. Maxsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan:
- bevosita harajatlar;
- bilvosita harajatlar.
5. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan:
- maxsulot tannarxiga kiritiladigan harajatlar; MAHSULOT TANNARXIGA KIRITILMAYDIGAN SARFLAR QAYSIALRI?
- davr harajatlari;
- moliyaviy faoliyat bo`yicha harajatlar;
- favqulodda zararlar.
Yüklə 10,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə