Mavzu: Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanishning fiziologik xarakteristkasi


Razminkaning fiziologik xarakteristkasi



Yüklə 33,21 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü33,21 Kb.
#159279
1   2   3
Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanishning fiziologik xarakteristkasi

Razminkaning fiziologik xarakteristkasi. Har qanday mashq yoki musobaqadan oldin amalga oshiriladigan maxsus muskul harakat faoliyati razminka deb ataladi va sportchi or­ganizimini bo’lajak ishga to’liq tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Bu­ning asosiy sababi shundaki start oldi reaksiyalarining bevosita o’zigina bajariladigan jismoniy faoliyatga organizimni fiziologik va biokimyoviy jihatdan tayyor qila olmaydi.
Har qanday sport turi bilan shug’ullanuvchilar amalga oshiradi­gan razminka ikki qismga, ya'ni umumiy va maxsus qismlarga bo’linadi. Razminkaning umumiy qismi tanada moddalar va energiya al­mashinuvini, tana haroratini, markaziy nerv tizimida qo’zg’aluvchan-likni, qon aylanish va nafas olishni optimal suratda kuchaytirish maqsadida bajariladi. Uning uchun ham razminkaning ushbu qismi umumiy jismoniy mashqlar bajarish bilan xarakterlanadi) sekin – asta yugurish, umuiy jismoniy mashqlar va boshqalar). Maxsus qismida esa sportchi asosiy ishda bajaradigan hatti-haraktlarini yegil-yelpi holda bajarishi kerak. Bunday maqsad tanani bo’lajak ish xususiyatiga uyg’unlashtirish, vegetativ va harakat a'zolari orasida uzviy bog’lanishni yuzaga keltirish bo’lib hisoblanadi. Kurib o’tilgan raz­minka qismlarning davom etishi, bir-biriga nisbatan sportchining jismoniy tayyorgarligi, ob-havo sharoitlari va boshqa omillar bilan aiqlanadi.
Razminka tufayli sportchi tanasida bir qator muhim fiziologik va biokimyoviy o’zgarishlar yuz beradi, chunonchi muskullarda qo’shimcha kapillyarlar ochilib ular orqali qon aylanish tezlashadi, harorati ko’tariladi, muskullarda qisqaruvchanlik xususiyati kuchayadi, nerv mar­kazlarining qo’zg’aluvchanligi, ferementlar faolligi oshadi. Qon ayla­nish va nafas olish kuchayadi, to’qimlar tomonidan O2 – o’zlashtirilishi yaxshilanadi, qon depolardan tomirlanga chiqadi va hokazo.
Razminka har xil jarohatlar olishning oldini oladi, ter bezlari­ning ishini kuchaytiradi. Ko’pincha razminka yengil suratda ter suyuqligi ajralish vaqtigacha olib boriladi.
Razminka amalga oshiriladigan keyin yuqorida ko’rib o’tilgan fi­ziologik va biokimyoviy o’zgarishlar bir muncha vaqt o’z zaylida davom etadi. Bu vaqt sportchining o’ziga xos shaxsiy xususiyatlariga, jismo­niy tayyorgarligi va boshqa omillarga bog’liq. Asosiy jismoniy fao­liyat bilan razminka orasidagi vaqt unchalik davomli bo’lmasligi lo­zim (bu davr shug’ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab bel­gilanadi).
Razminkaning qanday va qancha davom etishi sportchining shaxsiy xususiyatlariga bog’liq, uni murabbiy bilan birga belgilab olish lo­zim. Odatda u 10-30 min bo’ladi. Eng muhim razminka paytida sportchi charchab qolmasligi kerak.
Razminka start oldi reaksiyalarini maqsadga muvofiq ravishda bo’lishini ham ta'minlaydi, masalan sportchi kuchli hayajonda, sarosi­mada bo’lsa bajariladigan razminka mashqlari kishini tinchlantiradi­gan bo’lishi kerak (asta-sekin bajariluvchi), loqaydlik alomatlari se­zilganda esa tez-tez bajariladigan mashqlar qilish kerak.
Ishga kirishish davrining fiziologik xarakteristkasi. Jismoniy faoliyat boshlan-ganidan keyin sportchi ish qobilyati asta-sekin oshib boradi va bu davrni ishga kirishish davri deb atash qabul qilingan. U organizimning umumbiologik qonuniyati bo’lib har qanday aqliy va jismoniy ish qilishda ham kuzatiladi. Odam organi­zimida nerv markazlari hamda fiziologik tizimlar tabiatan inert bo’ladi. Shu boisdan ham tinchlik holatidan aqliy yoki jismoniy mehnatga o’tish darhol bo’lmasdan, balki fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning bir holatdan (masalan tinchlik) ikkinchi holatga (faol­likka) o’tishi uchun tegishli vaqt talab qilinadi va bu davr ichida tana­dagi barcha tizim va a'zolar yangichasiga ishlashga o’zaro moslashadi. Shuning uchun ham bu davrning yuzaga kelishida nerv markazlari va fi­ziologik tizimlariningg inertligi asosiy sabab qilib ko’rsatiladi.
Bu davrning davomiyligi sportchining shaxsiy xususiyatlariga, jismo­niy tayyorgarlik darajasiga, shug’ullanadigan sport turiga, bajaradi­gan mashqlarning qanday quvvat talab qilishga va boshqa omillariga bog’liq.
Ish qancha tez bajariladigan va yuqori quvvatli bo’lsa ishga kiri­shish davri ham shuncha tez bo’ladi. Qisqa masofalarga yugurishda u juda kam vaqt davom etsa, uzoq masoflarda davomli bo’ladi va hokazo. 100 metrga yuguruvchilarda eng katta tezlik 5-6 sekundlarda ya'ni ma­sofaning 35-40 metrlarida yuzaga keladi. Bu narsa ishga kirishish davri biomexanik qonuniyatlariga asosan sodir bo’ladi.
Ishga kirishish davrida harakatlar koordinatsiyasi yaxshilanadi, vegetativ a'zolar faoliyati kuchayadi, harakat apparati bilan ichki a'zolar va tizimlarining ishga kirish davrini boshidan kechirishi har xil vaqtda bo’ladi, masalan, yurak urish chastotasi tegishli dara­jaga ish boshlanganidan keyin 20-60 sekund o’tishi bilan ko’tarilsa (ishga kirishi davri), yurakning minutlik hajmi, o’pka ventelyasiyasi hamda kislorodning keraklicha o’zlashtirilishi 3-5 minutlargacha davom etadi.
Mashq qilib borish bilan sportchida tajriba to’planib ishga kiri­shish vaqti qisqarib boradi. Mashq qilish va musobaqa sharoitla­rida tanani uqalash suv muolajalaridan to’g’ri foydalanish, ayniqsa razminka maqsadga muvofiq bo’lib oqilona tashkil qilinsa bu davr uchun talab qilingan vaqt cho’zilmaydi.
Katta va o’rtacha quvvatli siklik ish bajarilishida ishga kiri­shish davri o’tganidan keyin turg’un holat yuzaga keladi. Bunda harakat apparati va vegetativ a'zolarining uyg’unlashib ishlashi yuqori dara­jaga erishadi. Natijada sarflangan energiyaga nisbatan ish bajarish maksimal holga o’tadi, kislorodga nisbatan talab qondiriladi, uning to’qimalar tomonidan o’zlashtirilishi ham yaxshilanadi, ish unumdor­ligi oshadi.
Turg’un holat haqiqiy yoki haqiqiy bo’lmagan turg’un holatlarga bo’linadi.
Haqiqiy turg’un holat ko’pincha o’rtacha quvvatli siklik ish bajari­lishida kuzatiladi (uzoq va juda uzoq masofalarga yugurishda). Bunda kislorodga talab va uning qondirilishi, yurak urishi, qon bo­simi barqarorlashadi, to’qimalarda aerob jarayon tufayli energiya ajralishi kuchli bo’ladi. Kislorodga talab 1 minutda 2,0-2,5 l atrofida bo’ladi va bu talab to’lig’incha qondiriladi. Haqiqiy bo’lmagan turg’un holat ko’pincha 5-40 minut davom etadigan katta quvvatli siklik ish bajarilishida yuz beradi. (5-10 km. ga yugurish). Haqiqiy bo’lmagan turg’un holatda kislorodga nisbatan talab 1 minutda 4-5 litrga, yurak urishi 200 martaga, o’pka ventelyasiyasi 1 minut 30 litrga, nafas olish minutiga 60-80 ga, sistolik qon bosimi 200-240 mm simob ustuniga yetadi. Bunday holatda to’qimalarda anaerob jarayon kuchli bo’ladi va ko’p miqdorda sut kislotasi hosil bo’ladi, qon reaksiyasi kislotalik tomonga ko’proq og’adi. Maksimal va submaksimal quvvatli siklik ish bajarilishida odatda turg’un holat kuzatilmaydi.
Ba'zan shiddatli jismoniy faoliyat boshlanganligi bir necha daqiqa o’tishi bilan sportchi ish qobilyati vaqtincha pasayib ketadi. Bu vaqtda unda yuzaki, va tez nafas olish, harakatlar kooordinatsiyasining buzilishi kuzatiladi. Bunday holat «o’lik nuqta» deyiladi. «O’lik nuqta» holatida sportchida bo’lajak ish bajarilishiga ishonchsizlik tug’iladi. Agar sportchi bunday payti iroda kuchini ishga solib, o’zini ishlashga undasa uning umumiy holati ancha yaxshilanadi, ya'ni «ikkinchi nafas» olish yuzaga kelib, yurak urishi, nafas olish barqarorlashib ter suyuqligi ajralishi kuchayadi ish bajarish yana tiklanadi.
«O’lik nuqta» boshlanishi bilan yurak urish chastotasi maksimal holatga yaqinlashadi, nafas olish esa maksimumga yetadi. Bir vaqtning o’zida nafas olish chuqurligi ancha yuzakiligicha qoladi. O’pkaning ti­riklik sig’imi «o’lik nuqta» davriga kelib ancha kamayadi, qonda ko’mir kislotasi ko’payadi.
«O’lik nuqta» har doim ham bo’laveradigan hodisa emas, qilingan razminka maqsadga muvofiq bo’lsa «O’lik nuqta» kuzatilmasdan ish ba­jarilishi mumkin. «O’lik nuqta» ishning katta tezlik bilan hovliqib boshlanishi oqibatida tez-tez bo’lib turadigan hodisadir.
Tajribali va doimiy mashq qilib yuradigan sportchilarda «o’lik nuqta» qariyb uchramaydi.
Adabiyotlar




  1. Yüklə 33,21 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə