iste’molning mazmuni va unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;
jamg‘armaning mazmuni, turlari va unga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etish;
iste’mol va jamg‘armaning o‘zaro bog‘liqligi hamda ular to‘g‘risidagi turlicha nazariyalarni ilmiy tadqiq qilish;
iste’mol va jamg‘arma oqilona nisbatining aholi turmush darajasiga ta’sirini aniqlash hamda tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasida iste’mol tarkibidagi o‘zgarishlar tahlilini amalga oshirish;
O‘zbekistonda Markaziy bankning depozit siyosati va uning hozirgi holatini tahlil qilish;
iste’mol va jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlashda aholi jamg‘armalarini tijorat banklariga jalb qilishning roli va ustivor yo‘nalishlarini aniqlash;
iste’mol va jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.