Mavzu: Jahon bozori va uning shakllari rejalar: kirish i-bob. Jaxon bozori va uning rivojlanishi. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari


Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish



Yüklə 438,85 Kb.
səhifə12/20
tarix03.06.2023
ölçüsü438,85 Kb.
#115299
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Mavzu Jahon bozori va uning shakllari rejalar kirish i-bob. Ja

Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.
Bu yo'nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma'muriy to'siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo'llab-quwatlash va tarmoqqa kirishidagi to'siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyo-satini tartibga solish va boshqalar.
3. Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investisiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.
4. Tarkibiy o'zgarishlar. Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda xalq xo'jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan. Tqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda to'lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.
Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kir-maydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o'tkazilib turadi. Bu yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi, eng awalo va kuchli rav-ishda moliyaviy sohada, ayniqsa, yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo'ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo'lishi bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o'tish davri iqtisodi­yoti uchun o'ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqaror­lashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi.
Markazlashgan ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtiso-diyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tishda maqsad bir xil bo'lsa-da, turli mamlakatlar turli yo'llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma'lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda ikki yo'l, ya'ni revolyusion va evolyusion yo'llar mavjud. Polsha, Chexoslova-kiya, Rossiya va boshqa ay rim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o'tishning revolyusion yo'lini, birdaniga katta to'ntarishlar qil­ish yo'lini tanladilar.

Yüklə 438,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə