Mavzu: Ishlab chiqarish menejmenti va uning korxona rivojlanishidagi o’rni



Yüklə 87,94 Kb.
səhifə7/10
tarix26.10.2023
ölçüsü87,94 Kb.
#130891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Ishlab chiqarish menejmenti va uning korxona rivojlanishi-hozir.org

3.Amaliyqism

3.1.Hisob-kitob

1.LOYIXANING MAQSADI.
Ushbu loyihani amalga oshirishdan maqsad, tikuvchilik mahsulotlarini kichik hajmda ishlab chiqarishni tashkillashtirishni asoslashdir.
Yakka tartibdagi tadbirkor __________ning umumiy ish faoliyati strategiyasi bilan tikuvchilik maxsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirish loyihasi o’rtasida ichki ziddiyat yuqdir.
Loyiha tashabbuskorining, loyihani amalga oshirishdan maqsad quyidagi sabablarga ko’ra:
- maxsulot tannarxining yuqori emasligiga nisbatan kapital xarajatlarning tezda o’zini qoplay olishligi,
- xom- ashyoni etkazib beruvchilar va tayyor maxsulotlarni sotuvchi kanallarning tashkillashtirliganligi va etarli darajada tajribaga ega ekanligidan, loyihaning maqsadga muvofiqligini kursatadi.
Xom-ashyoni etkazib beruvchilar va ishlab chiqariladigan tayyor maxsulotlarning potentsial xaridorlari bilan loyixa tashabbuskorining urtasida, ushbu loyiha bo’yicha olib borilgan muzokaralar, ularning loyiha bo’yicha xamkorlik qilishga juda katta qiziqishi va istagi borligini ko’rsatdi. Xududiy qulay joylashganligi, hamda ishlab chiqariladigan tayyor maxsulotlar xarid bozorining kengligi sababli, loyihani amalga oshirish uchun juda yaxshi imkoniyat yaratiladi.
11. BOZOR VA MARKETING KONTsEPTsIYaSI.
Yuqorida, kursatilgan korxonalar ishlab chiqaradigan tikuvchilik maxsulotlari, loyiha tashabbuskori amalga oshirmoqchi bulgan bozor segmentida emasligi, ularning potentsial raqobatchi sifatida qabul qilinmaslikka asosdir. Asosiy raqobatchilar viloyatdan tashqarida faoliyat kursatishadi. Shuning uchun Qarshi shaxrida ichki va tashki iste’mol bozorlarining talabiga, sifati jixatidan tuliq javob beradigan avtomobil poliklari maxsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadga muvofik buladi.
Avtomobil poliklari maxsulotlariga axoli tomonidan muayyan talabning mavjudligini ko’rsatadi. Chunki aholi ichida, yangi oila qurgan va qurayotgan yoshlar avtomobil poliklari maxsulotlarining asosiy xaridoridir. Bundan tashqari avtomobil poliklari maxsulotlariga savdo korxona va tashkilotlari, firmalari ham ushbu maxsulotning potentsial xaridorlari hisoblanadi.
Qarshi shaxrida avtomobil poliklari maxsulotlarini kichik xajmda ishlab chiqaradigan korxonalar juda ozchilikni tashkil etadi. Bunday korxonalarning raqobatga kuchliligi tomoni, birinchi navbatda bozordagi talabning o’zgarishiga tezda moslashish xususiyatining umumiyligi bilan belgilanadi. Yuqorida qayd etilgan xususiyatga ko’ra, amalga oshiriladigan loyihaning, birinchi navbatda, tushayotgan talabga qarab, ishlab chiqariladigan maxsulotlar assortimenti va nomenklaturasini qisqa muddat ichida o’zgartirish, moslashtirish, maxsulotlarni ishlab chikarishda, ishlab chikarishning ichki xarajatlarining pastligi, rakobatga bardosh berish imkoniyatiga ega bulishini kafolatlaydi.



Yüklə 87,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə