Berdaq nomidagi qduning Biologiya fakulteti 3-e biologiya talabasi Bayramova Zulfiyaning pedagogika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 8,12 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü8,12 Kb.
#130030
Bayramova Zulfiya ped tarix

Berdaq nomidagi QDUning Biologiya fakulteti 3-e biologiya talabasi Bayramova Zulfiyaning pedagogika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.


Pedagogik talimotlar tarixi
Reja:
1. Pedagogika tarixi fanining predmeti, vazifasi va metodologik asoslari.
2. Xalq og‘zaki ijodida va qadimgi yozma manbalarda tarbiyaga oid masalalar.
3. Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari.
4. Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida ta’lim-tarbiya.
5. SHarq uyg‘onish davrida ilm-fan, pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Pedagogika tarixi fanining predmeti, vazifasi va metodologik asosi.
Mustaqillik tufayli ko‘hna Turkiston diyorida istiqomat kilib kelgan barcha xalqlar milliy kadriyatlarining kayta tiklanishi va rivojlanishiga muyassar bo‘ldi.
Bizga malumki sobiq sho‘ro tuzumi davrida o‘zbek xalqining madaniyati, maorifi, ijtimoiy manaviy, ma’rifiy sohadagi yutuqlari kamsitilib, asosan maorif va madaniyat g‘arbda rivojlanib, keyinchalik sharqqa tasir etgan degan fikrlar singdirib kelingan edi.
Mustaqilligimiz sharofati shundaki, tarixni buzib ko‘rsatishga chek qo‘yildi. Turon zaminida yashagan xalqlarning ma’rifiy-madaniy qarashlari eng qadimgi davrdan yuksak ekanligi olimlarimiz tomonidan isbotlab berildi.
Ma’lumki, uzoq va boy tarixga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo xalklari o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, do‘stlik, saxovat kabi umuminsoniy fazilatlari ruxida tarbiyalab kelgan, xalqimiz yaratgan ma’rifiy fikr sarchashmalari qadim-qadimlarga borib taqaladi.
O‘zbek xalqi tarixan ta’lim-tarbiya soxasida o‘ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto, xozirgi o‘zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham pedagogik mafkura xukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» ning bizgacha etib kelgan ayrim sahifalarida o‘z ifodasini topgan.
Biroq islomgacha davr tarbiyashunosligi, fan va madaniyati tarixini yoritish imkoni chegaralangan.
CHunki, dastlab Iskandar boshchiligidagi yunon - makedon qo‘shinlari, so‘ngra Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi arab istilochilari olib borgan talonchiliklar, vayronagarchiliklar tufayli o‘sha davrga tegishli deyarli barcha asarlar, manbalar yo‘qotib yuborilgan. Lekin islom va islomdan keyingi mavjud pedagogik qarashlarni, milliy ta’lim-tarbiyaga oid an’analarni, qadriyatlarni, xalq pedagogikasini ilmiy o‘rganish, puxta tahlil qilish va hayotga tadbiq etish bugungi kunning muhim va dolzarb muammosidir.
Istiqlolga erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Evropa pedagogikasini asos qilib oldik va o‘rgandik. Endigi vazifa SHarq pedagogikasi bilan G‘arb pedagogikasining eng ilg‘or an’analarini o‘rganishga e’tiborni qaratishdan iboratdir. CHunki ilmu-fan avval SHarqda taraqqiy etgan.
SHo‘ro xokimiyatining dastlabki yillarida Turkistonda yangi maktablar ochish va ularni mustahkamlash vazifalari ko‘ndalang qilib qo‘yiladi. Unda yoshlar ongiga mustabid xokimiyat g‘oyalarini singdirish, shu ishlarni amalga oshiradigan pedagog xodimlar tayyorlashga etibor berildi. U ishlarni amalga oshirishda Rossiya xalq talimi yo‘nalishi va tizimi etakchilik qilgan. Tarixdan malumki, qaysi davlat yoki mamlakat hukmron bo‘lsa, u tobe mamlakat va xalqqa o‘z mafkurasini, madaniyatini, axloq-odob aqidalarini singdirishga harakat qilgan.
1924 yildan boshlab Turkistonning parchalanishi, milliy respublikalar tashkil etilishi oqibatida milliy madaniyat yo‘li asta - sekin to‘sila boshlandi. Asrlar osha amalda qo‘llanib kelingan, qomusiy ilmlar bitilgan yozuv man etildi.
Musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur’oni Karim, Muhammad Alayhissalom xadislarini o‘rganish taqib ostiga olindi. Natijada o‘zbek xalqi milliy axloq - odobi va tarbiya ananalaridan mahrum bo‘la boshladi.
Bu yo‘qotish o‘zbek fani, madaniyati va pedagogika fanlari rivojlanishiga salbiy ta’sirini ko‘rsatdi.
1991 yilga kelib, O‘zbekiston xalqi mustaqillikka erishgach, o‘zining yangi milliy Qomusi asosida hamma sohada bo‘lganidek fan va madaniyati, «Pedagogika tarixi»ga ham yangicha yondashish imkoniyati tug‘ildi.
O‘tmishda atoqli mutafakkirlar pedagogikaga doir muhim fikrlarni aytib qoldirganlar, bularni o‘rganish pedagogik tafakkurning o‘sishiga, pedagogik madaniyatning ortishiga imkon beradi.
YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib, biz o‘rganmokchi bo‘lgan pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalarini aniqlashimiz va buni ta’lim - tarbiya jarayonida amaliyot bilan bog‘lab qo‘llashimiz va takomillashtirishimiz lozimdir.
Demak, «Pedagogika tarixi» fani eng qadimgi zamonlardan tortib, to xozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlardagi tarbiya, maktab va pedagogik nazariyalar taraqqiyotini milliy va umuminsoniy aqidalarga tayanib o‘rganadi.
Zero, pedagogika tarixi fanini o‘rganish o‘qituvchining pedagogik mahoratini, madaniyatini oshiradi. Unga o‘tmishdagi eng yaxshi tajribalarni hozirgi zamon maktablari ta’lim - tarbiya jarayoniga bog‘lab tahlil etish imkoniyatini yaratib beradi. Bu fanni o‘rganish o‘qituvchining umumpedagogik bilim darajasini kengaytiradi, pedagogik merosga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishiga undaydi. SHuni ta’kidlash lozimki, biz pedagogika tarixini o‘rganishimiz orqali jahon madaniyati, ta’lim - tarbiya, maorif muassasalari tizimini takomillashib borish jarayoni xaqidagi umumiy tasavvurga ega bo‘lamiz. «Pedagogika tarixi» fani bo‘lajak o‘qituvchilarga bilim beribgina qolmay, ularda milliy iftihor va g‘urur hissini ham tarbiyalaydi.
Pedagogika tarixi ijtimoiy fan bo‘lib, tarixiy pedagogik hodisalarga davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarida xilma-xil bo‘lganligini ochib beradi.
Pedagogika tarixi fani kuyidagi fanlar, ya’ni: pedagogika, psixologiya, madaniyat tarixi, O‘zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, axloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan o‘zviy aloqadadir.
Biz pedagogika tarixi fanini o‘rganish va tahlil qilishimizda kuyidagilarga asoslanamiz. Bular : qadimgi yozuvlar, bitiklar, qo‘l yozma yodgorliklari, SHarq mutafakkirlarining ilmiy, ma’naviy merosi, xalq og‘zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalar, dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, xalq maorifi masalalariga oid materiallar, matbuot materiallari.
Yüklə 8,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə