Mavzu: Insonning bioijtimoiy mavjudotga aylanishida ma’naviyatning o‘rni. Tekshirdi: D. O’rinboyev Bajardi: J. Bobonazarov reja


Ma'naviyatning jamiyat hayotidagi o'rni



Yüklə 217,78 Kb.
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü217,78 Kb.
#180352
1   2   3   4   5   6
Bobonazarov Jo‘rabek

2. Ma'naviyatning jamiyat hayotidagi o'rni.
SHaxsning millat vakili sifati maqomida: milliy o‘z-o‘zini anglash, milliy g‘urur, millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan ma’suliyatni, milliy manfaat ustivorligini his etish, milliy til, milliy tarix, adabiyot, san’at, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, davlat tizimiga, qonunlarga hurmat va itoatkorlik, vazminlik, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish, mamlakat ichki va tashqi faoliyatidan habardor bo‘lish va uni qo‘llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida faollik va boshqalar bo‘lsa; shaxsning jamiyat vakili sifatidagi maqomida: mamlakatning jahondagi nufuzini oshirishdagi ma’sullik, jahon sivilizatsiyasi yutuqlarini egallash, jahon xalqlari oldida turgan umumbashariy muammolariga befarq bo‘lmaslik, milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‘unligini anglash, insonning tabiatining bir bo‘lagi ekanligi, uni asrashda ma’sullik va boshqalar.
Ma’naviyat va madaniyat bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ammo ular bitta narsa emas, biri ikkinchisidan farq qiladi. SHuning bilan birga ular bir-birini to‘ldirib turadilar. Madaniyat har doim ma’lum bir ma’naviyatning timsolini ifodalaydi. O‘z navbatida ma’naviyat ham qaysidir narsa, belgi, tasvir, ramzlar moddiyligida namoyon bo‘ladi.
Madaniyat deyilganda, mehnat qurollarini yaratish va ulardan foydalanish, fan-texnika yutuqlari va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish, kishilarning ishlab chiqarish va ijtimoiy ko‘nikmalari, mehnatni ijtimoiy tashkil etish, salomatlikni saqlash, aholi o‘rtasida bilimlarning yoyilish darajasi va ma’lumot, umumiy majburiy va oliy ta’limni amalga oshirish, adabiyot va san’at asarlari, ijtimoiy, falsafiy, diniy g‘oyalar va shu kabilar. Boshqacha aytganda, madaniyat-bu insonning tabiat, jamiyat bilan birgalikdagi yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar dunyosidir. Uning tadqiqot manbaiga:
• inson yaratgan san’at sohasi;
• kishilarning muomala vositasi bo‘lgan til;
• jamiyat boyligi va mezoni bo‘lmish bilim;
• ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tashkilotlar;
•jamiyatda sodir bo‘luvchi demografik va etnik jarayon kabilar kiradi.
Madaniyat bir butun ikki sohadan iborat: Moddiy va ma’naviy madaniyat. Uzoq vaqtlar fanda madaniyat deganda faqat ma’naviy madaniyat nazarda tutilgan. Negaki, borliqni haqiqat, yaxshilik, go‘zallik belgilaydi deb hisoblashgan.
Industrial jamiyatining vujudga kelishi, uning texnikaviy taraqqiyoti va texnologiyalarini tezda almashishi madaniyatshunoslarni insoniyatning barcha moddiy madaniyatini o‘rganishga majbur qildi.
Moddiy madaniyat bir butun uch sohadan iborat: 1-sohasi bu mehnat qurollari ishlab chiqarishning barcha vositalari, turar joylar, aloqa vositalari, texnika qurilmalarga, bu jamiyat hayotining moddiy texnika asosi deb ataladi.
2-sohasiga ijtimoiy hayot va uning barcha tarmoklarining me’yoriy harakatini ta’minlovchi ko‘plab ijtimoiy institutlar, tashkilot va muassasalar faoliyati bilan bog‘liq. Bunga turli hokimiyat tuzilmalari va unga munosib boshqaruv shakllari, ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim, yosh avlodni tarbiyalash va ta’lim berish, sog‘liqni saqlash va dam olish, bush vaqt va ko‘ngil ochish muassasalari tizimi kabi barcha ijtimoiy institutlar amalda jamiyat madaniyatini saqlaydi, o‘zgartiradi va qayta shakllantiradi.
Moddiy madaniyatning uchinchi sohasi (ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab chiqaruvchi) insonning o‘zi hisoblanadi. Moddiy madaniyatning bu soxasi nafaqat insoniyatni shunchaki biomavjudotlik muammolarini tadqiq qilmasdan, balki avlodlarning o‘zaro munosabatlari muammolarini ham tahlil qiladi.
Umuman, moddiy madaniyatga mexnat madaniyati, ishlab chikarish madaniyati, turmush madaniyati, ekologik madaniyatlar kiradi.
Ma’naviy madaniyat kishilar ma’naviy ijodkorligi faoliyatlari natijalari- tasavvurlar, g‘oyalar, ilmiy bilimlar, diniy qarashlar, san’at sohalari, axlokiy va huquqiy me’yorlarni ishlab chiqarishdan hosil bo‘ladi.
Ma’naviy madaniyatning aniq sohalariga falsafa, huquq, axloq, estetika va umuman ijtimoiy gumanitar fan sohalari kiradi.
Madaniyatning ikkinchi turi-bu ma’naviy madaniyatdir. Ma’naviy madaniyatga insonning aqli va ma’nan yaratuvchanlik faoliyatlari va ularning natijalari kiradi. Ma’naviy madaniyat tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib insoniyat o‘z-o‘zini, avlodlarini saqlab qolishda, hayotda paydo bo‘lib turadigan ijtimoiy –ma’naviy inqirozlarni engib, yangi sharoitlar yaratishda va uni o‘rganishda, taraqqiyot yo‘llariga o‘tishning eng to‘g‘ri yo‘llarini kashf etishda xizmat qiladigan bilim, tajriba, dunyoqarash, an’analar va urf-odatlar majmuini ifodalaydi. Ma’naviy madaniyat ilm-fan, falsafa, san’at, adabiyot, axloq, huquq, siyosat, maorif, ma’rifat, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar, an’analar hamda din va diniy amaliyot-ibodat, diniy marosimlar, diniy adabiyot, san’at kabi ko‘plab tarixiy va zamonaviy qadriyatlar yig‘indisidan tashkil topadigan insonning zohiriy va botiniy ma’naviyati, ruhiyati olamidir. YUqoridagilar ma’naviy madaniyatning inson va jamiyat faoliyatida namoyon bo‘luvchi ko‘rinish va shakllaridir.
Ma’naviy boyliklar olimlar, musavvirlar, bastakorlar, shoir va yozuvchilar, nazariyotchilar, xullas, xalq tomonidan yaratiladi. Ma’naviy madaniyatni yaratish, o‘zlashtirish va rivojlantirish jarayonida jamiyat taraqqiy etadi, mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanadi, kishilarning ma’naviy qiyofasi shakllanadi, axloq odobi, did va farosati, estetik zavqi, ijodiy kuchi va qobiliyatlari taraqqiy etadi.
Umuman kishilik jamiyatini madaniyatsiz, xususan ma’naviy madaniyatsiz tasavvur qilish qiyin. Jamiyat, inson bor ekan u ma’lum madaniyatga ega, busiz bo‘lishi mumkin emas.
Madaniyatning barcha turlari dialektik birlikda, o‘zaro aloqadorlikdadir. Moddiy madaniyatni ma’naviy madaniyatdan batamom ajratib qarash mumkin emas. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida moddiy va ma’naviy madaniyat organik ravishda birikadi. Birorta mehnat qurolini, moddiy boylikning biror turini inson aql-idrokisiz, tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytsak, moddiy madaniyatni barpo etish zamirida ham ma’naviyat yotadi. Har qanday moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari inson aqliy va jismoniy mehnati sintezi asosida yuzaga keladi. Ma’naviy madaniyat voqe’likni badiiy aks ettirish va o‘zlashtirish vositasidir.
Madaniyat – umuminsoniy hodisa. U barchaga baravardir. Masalan, maqomlar, adabiyot, me’morchilik durdonalari, fan-texnika yutuqlari, transport va aloqa vositalari barchaga tegishlidir. Ammo, bu madaniyatning milliy shakli bo‘lmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. CHunki u qanchalik umuminsoniy bo‘lmasin, bari-bir uning zaminlari milliylikka borib taqaladi. Umuminsoniyat mulkiga aylangan har qanday madaniyat ham u yoki bu millat tomonidan yaratiladi, u madaniyatga o‘ziga xos bo‘lgan tomonlarini singdiradi. Masalan, umuminsoniyat mulkiga aylangan Samarqand, Buxoro va Hiva shaharlaridagi xunarmandchilik va arxitektura durdonalari, eng avvalo O‘zbeklarniki, ularga O‘zbeklarning avlod-ajdodlari o‘zlariga xos milliy jilo berganlar. O‘zbekona bunday san’at asarlari dunyoning boshqa xalqlarida uchramaydi. Xuddi ana shu xususiyati bilan ular milliy hisoblanadi.
Prezidentimiz milliy ma’naviyat haqida to‘xtab: “har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”,17-deb ta’kidlagan edi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan diniy-ma’rifiy qadriyatlarimizni o‘rganish, asrash va himoya qilish, shu asosda yosh avlodimiz qalbi va ongiga ezgu g‘oyalarini singdirish bo‘yicha keng miqyosda amaliy ishlar olib borilmoqda. Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Toshkent va boshqa qadimiy shaharlarimizdagi xalqimiz moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘zida ifoda etgan sharq memorchilik san’atining durdonalari bo‘lmish tarixiy obidalarini saqlash, ularni qayta tiklash va ta’mirlash ishlariga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. CHunonchi mustaqillik yillari Samarqanddagi Imom Buxoriy va Imom Moturudiy ziyoratgohlari, Buxorodagi Abduholiq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqishband, Minorai Kalon, va Masjidi Kalon majmualari, Farg‘onadagi Ahmad Farg‘oniy va Burhonuddin Marg‘iloniy yodgorliklari, Surxondaryodagi Hakim Termiziy va Imom Termiziy, Hivadagi Ichan qal’a, SHahrisabzdagi Dorut – tilovat, Qarshi shahridagi Odina va Ko‘kgumbaz obidalari, Karmana shahridagi Qosim shayh maqbarasi, Toshkentdagi Hazrati Imom (Hastimom) majmuasi singari o‘nlab qadamjolarni obod etish bo‘yicha keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari olib borildi.
Sobiq sho‘ro davrida boy ilmiy-madaniy merosni o‘zida jamlagan tarixiy – ma’naviy qo‘lyozmalar maxsus fondlarda saqlab kelinar va ulardan faqat tor doiradagi mutaxassislar ilmiy maqsaddagina foydalana olardi. Bu ma’naviy merosimizni asl insoniy mohiyatiga mos ravishda chuqur o‘rganish, ma’naviy hayotimizning uzviy bir qismi sifatida talqin va targ‘ib qilishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasdi. Bunga jur’at qilgan odamlarning qanday tazyiq va xavf-xatarlarga uchrashi muqararligini yaqin o‘tmishimiz bilan tanish bo‘lgan har qaysi o‘rta va keksa avlod yaxshi biladi. Tarixiy madaniy – me’moriy madaniyat yodgorliklari –masjid va madrasalar, maqbaralar qarovsiz, xaroba holga kelib qolgan edi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq diniy ma’naviy- madaniy merosimizga bo‘lgan bunday salbiy munosabatga chek qo‘yildi, ajdodlarimiz tamonidan yaratilgan boy ma’naviy va madaniy merosga voris xalq ekanligimizni anglash va bu bilan faxrlanish yo‘lida qator tadbirlar amalga oshirildi. Ulug‘ ajdodlarimiz yaratgan bebaho ilmlar, jahon fani va madaniyatiga beqiyos katta hissa bo‘lib qo‘shilgan asarlarni teranroq o‘rganish imkoniyati yuzaga keladi. YUrtdoshlarimiz Imom at-Termiziy, Ahmad YAssaviy, Imom al-Buxoriy, Baxouddin Naqshbandiy, Mahmud Zamaxshariy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Abu Mansur Moturudiy va boshqa islom olamining allomalari hayoti va ijodi o‘rganilib, ularning o‘lmas asarlari xalqimiz ma’naviy hazinasiga qaytarildi. Mazkur ulug‘ zotlar mangu qo‘nim topgan joylar obodonlashtirilib xalqimizning ziyoratgohlariga aylantirildi. Zotan bu buyuk siymolar odamlar ongiga poklik, halollik, diyonat, adolat, insonparvarlik kabi umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni singdirishib, kishilik jamiyatining ezgulik yo‘lidan taraqqiy topishiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti bo‘lmish AYSESKO tomonidan Toshkent shahriga 2007 yilda «Islom madaniyati poytaxti»degan yuksak nom berilishi yurtimizda etishib chiqqan ilmu ulamolarning Islom madaniyati va ma’rifati rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini islom dunyosida e’tirof etilishidir.
Ular qoldirib ketgan ma’naviy meros bugungi kunda diniy qadriyatlarimizni tiklashimizning asosi bo‘lmoqda, ma’naviyatimizni, qalbimiz va ruhiyatimizni boyitmoqda. Ularning asarlari o‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy boyligi bo‘lishi bilan birga butun dunyo xalqlarining mulkiga aylangandir.
Avlod-ajdodlarimizdan qoldirilgan ana shu moddiy va ma’naviy meros mustaqillik sharoitida ma’naviy tiklanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy rivojlanishimiz uchun asosiy manba bo‘lib kelayotganligi, ruhiyatimizni boyitib borayotganligi madaniyat va ma’naviyatning har doim uyg‘un rivojlanishini tasdiqlovchi yorqin misol bo‘la oladi. Ular har doim bir-birlariga ijobiy ta’sir o‘tkazib o‘zaro bir-birlarini boyitib kelganlar. Ularning uzviyligi umummilliy ma’naviyatimizni rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Meros insoniyatning har bir tarixiy bosqichda yashagan ajdodlari tomonidan yaratilgan va keyingisiga etib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari majmuidir. Madaniy meros ham meros doirasiga kiradi, ammo undan biroz farq qiladi. O‘tmishdagi barcha madaniyat yodgorliklari meros sifatida saqlanib qolishi mumkin, lekin ularni hammasi ham madaniy qadriyatga ega bo‘lavermaydi. Madaniy merosda kishilikning kelgusi taraqqiyotiga, ma’naviy yuksalishga xizmat qiladigan, unga ijobiy ta’sir qiladigan, qadriyat ahamiyatiga ega bo‘lgan tomonlar hisobga olinadi.
Ma’naviy meros zamonlar o‘tishi bilan o‘z qadrini yo‘qotmaydi, balki sifat jihatdan yangicha mazmun va ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy meros kishilar ongiga, ichki dunyosiga, his-tuyg‘usiga ta’sir etib, ular ongini boyitadi, axloq odobni ezgulik sari etaklaydi.
Ma’naviy meros biror xalq, millat, uning vakillari tomonidan yaratilib, so‘ng umuminsoniyatning ma’naviy boyligiga, merosiga aylanib qoladi. Markaziy Osiyo xalqlarining o‘tmish avlodlari qoldirgan ma’naviy meros bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ma’naviy merosimiz jihatidan jahondagi oldingi o‘rinlardan birini egallaymiz. Prezidentimiz Islom Karimov qayd etganidek, «Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. SHuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin»18. Bularning hammasi Turon zaminida yashagan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidirkim, endi bu nodir ma’naviy merosimizni jiddiy o‘rganish, xalqimizga etkazish davri keldi. Milliy-ma’naviy merosimiz jihatdan Prezidentimiz ta’kidlaganidek jahon xalqlari orasida oldingi o‘rinlardan birida turamiz, ammo ana shu boy merosimizni o‘rganish, o‘zlashtirish, idrok etish jihatidan jahon xalqlari orasida 57 o‘rinda turishimiz achinarli holdir. Milliy – ma’naviy merosimiz bilan uni o‘rganish va idrok etish orasidagi masofa ancha olis.
Mazkur boy milliy – ma’naviy merosimizni har tomonlama chuqur o‘rganish, idrok etishimiz uchun barcha imkoniyatlar mustaqil davlatimiz tomonidan, bevosita Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan yaratib berilmoqda. Bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun tarixchi, olim, adabiyotchi, san’atkorlarimizdan, qo‘yingki milliy ma’naviyatimiz jonkuyarlaridan g‘ayrat –shijoat, qunt bilan ishlash, izlanish talab etiladi. Prezidentimiz aytganlaridek, xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi katta bir xazina. Bu xazinadan mustaqilligimizni mustahkamlashda, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda oqilona foydalanishimiz lozim. Qadimiy yozuvlar, bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, ulug‘ shoir va mutafakkirlarimiz yaratgan dunyoviy bilim va badiiy asarlar, Qur’oni karim, xadislar, YAssaviy va Boqirg‘oniylar yaratgan diniy-axloqiy ruhdagi asarlar, Ahmad YUgnakiy, YUsuf Xos Hojiblar yaratgan axloqiy, pand-nasihat tipidagi asarlar, Najimiddin Kubro, Bahouddin Naqishbandiylar yaratgan, inson ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan ta’limotlar, Navoiyning o‘lmas badiiy ijod xazinasi va boshqalar bizning boy ma’naviy merosimiz hisoblanadi. Ular inson ichki dunyosini, ruhiyatini, ma’naviyatni sayqal topishiga qaratilgan. Prezidentimiz aytganidek ma’naviy merosimiz bo‘lmish: “muqaddas kitoblarimiz va qadriyatlarimiz, buyuq mutafakkir ajdodlarimiz merosi bizni doimo halol mehnat bilan yashashga, mardlik, saxovat va kamtarlikka chaqiradi”19. Ularda insonlar ma’rifatga, ilm-bilim olishga, yuksak axloq – odobga, olijanob fazilatlarga, yaxshilikka da’vat etiladi; yomonlik, yovuzlik qoralanib undan saqlanishga chaqiradigan pand-nasihatlar, o‘gitlar juda ko‘p. Ular kishilarni ma’nan tarbiyalaydi. Ma’naviyatsizlik, ma’naviyatdan mahrum bo‘lish insonni o‘g‘irlik, yulg‘ichlik, poraxo‘rlik kabi illatlar sari yo‘llaydi. Bundan Allohning o‘zi asrasin!
Madaniyat, ma’naviy va madaniy meros, ma’naviyat rivoji insoniyat sivilizatsiyasi bilan bog‘lanib ketadi. Ammo ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Sivilizatsiyaning o‘zi insoniyatning madaniyati va ma’naviyati taraqqiyoti bosqichlarida ro‘y beruvchi sifat jihatidan yangi bosqichi bo‘lib, kishilik jamiyati tarixida chuqur iz qoldiradi. Sivilizatsiya – ma’lum bir tarixiy bosqichda insoniyatning madaniy taraqqiyotida yaratgan, erishgan, qo‘lga kiritgan sifat jihatidan yangi, yuqori yutuqlari majmui.
Sivilizatsiyaning madaniyatdan farqi shundaki, u o‘zidan oldingisini qabul qilmaydi, balki sifat jihatidan yangi, unga o‘xshamagan o‘zgarishlarni vujudga keltiruvchi jarayon hisoblanadi.
Sivilizatsiya har bir xalqning yoxud jamiyatning, tarixiy bosqichning o‘ziga xos tarixiy-madaniy rivojlanishi, shakllangan qadriyatlari, tafakkur taraqqiyoti hisoblanadi. Hozirgi davrda ilmiy adabiyotlarda uni «SHarq» va «G‘arb» sivilizatsiyasiga bo‘lish qabul qilingan. Insoniyat tarixidagi bu sivilizatsiyalar hind, konfutsiylik, buddaviylik, musulmon yoki katolik, pravoslav va hokazolarning paydo bo‘lishi shaklida bo‘lgan.
Bugungi sivilizatsiya insoniyatning olamni bilishi, undan umumbashariy manfaatlari yo‘lida foydalana olishi, har bir halqning umuminsoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’naviyati va ma’rifati shaklida namoyon bo‘lmoqda.
SHunday qilib, madaniyat, ma’naviy meros, sivilizatsiyalar yutug‘i jamiyat va inson ma’naviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlodni voyaga etkazishda katta ahamiyatga ega. SHuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘tmishda toptalgan ma’naviy merosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi. Mustaqilligimizning o‘tgan o‘n etti yili ana shu boy merosimizni o‘rganish va o‘zlashtirish orqali chinakkam milliy tiklanishimizga erishdik. O‘zbeklar o‘zining milliy-ma’naviy «qiyofasiga» ega bo‘ldilar. Ammo bu borada hali oldimizda juda katta vazifalar turibdi. Ana shulardan biri hali merosimizning bizga noma’lum, ammo dunyoning turli mamlakatlarida saqlanayotgan, jahon sivilizatsiyasida munosib o‘rin egallab kelgan juda ko‘plab moddiy va ma’naviy meroslarimizni o‘z Vatanimizga keltirishimiz, ularni o‘rganishimiz, dunyoqarashimiz va ma’naviyatimizning ajralmas qismiga aylantirishimiz lozim bo‘ladi.
Ma’naviyat va mafkura bir-birlari bilan mustahkam bog‘langandir. Ma’naviyat insonning ruhiyati, o‘zini – o‘zi anglashi, yuksaklikka intilishidagi salohiyati bo‘lsa, «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» konsepsiyasida ko‘rsatilishicha «Mafkura-muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir»20
Mafkuraning ma’naviyatda tutgan o‘rni shundaki, u inson, jamiyat, yoxud millat yoki guruhlarning intilishlari, ruhiyatlari va kayfiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ma’naviyat singari mafkuraning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda kattadir. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy – ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z muddaolariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch – quvvat beradigan poydevor bo‘lib kelgan».21 Mafkura jamiyat taraqqiyotida quydagi vazifalarni bajaradi: birinchidan, davlat rivojlanishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy – ma’rifiy sohalaridagi vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi; ikkinchidan, bir davlat, bir mamlakat miqiyosida barcha fuqarolarni, turli millat, elat, sinflar va ijtimoiy guruhlarni bir g‘oya va maqsad sari birlashtirishga xizmat qiladi; uchinchidan, davlat olib boradigan ichki va tashqi siyosat g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirib, uni fuqarolarga targ‘ib etadi; to‘rtinchidan, davlat doirasida yashayotgan fuqarolarni yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik faoliyatini faollashtiradi va ularni jamiyat maqsadlariga yo‘naltiradi; beshinchidan, xalqning orzu-umidlarini o‘zida ifoda ettiradi, jamiyatda mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun butun jamiyat va fuqarolarni harakatga keltiradi; oltinchidan, mafkura jamiyatda ma’lum siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy – ma’rifiy qarashlarni shakllantiradi.
Mafkuraning jamiyat, millat, shaxs va fuqaro hayotidagi ana shunday muhim ahamiyatini hisobga olib, Istiqlolimizni qo‘lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, biz milliy g‘oyamizning eng asosiy tushuncha va tamoyillarini belgilab olish va ishlab chiqarishga harakat qildik. SHu maqsadda ijtimoiy fanlar sohasidagi etakchi olimlar, siyosatshunos va iqtisodchilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchiligimiz e’tiborini ana shu muhim masalaga qaratdik. Xalqimizning asriy orzusi, ko‘zlangan yuksak maqsadlarimizga etishning asosiy omili-avvalambor mustaqillikni asrab-avaylash, uni yanada mustahkamlash bilan bog‘liq ekanidan kelib chiqqan holda, milliy g‘oyamizning ma’no-mazmunini ham ana shunday mezonlar negizida belgilashni vazifa qilib qo‘ydik.22


Yüklə 217,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə