Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi predmetining paydo bolishi rivojlanish tarixi. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha



Yüklə 66,92 Kb.
səhifə1/7
tarix10.11.2023
ölçüsü66,92 Kb.
#132707
  1   2   3   4   5   6   7
Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi predmetining paydo bolishi rivojlanish tarixi.


Reja:


1.Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.
2. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari.
3.“Hayot faoliyati xavfsizligi”fanning rivojlanish bosqichlari.
4.“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanning ilmiy fan sifatida jamiyatdagi o‘rni.



  1. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq barcha fuqarolarni jumladan ishchi xodimlarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Ta’lim jarayonining barcha sohalarida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim toʻgʻrisidagi Qonunlar asosida ta’lim sohasida katta yutuqlarga erishilmoqda. Ta’lim mazmuni tubdan ijobiy oʻzgarishga yuz tutmoqda. Barcha ta’lim tizimida eng zamonaviy oʻqitish vositalaridan foydalanilmoqda. Ishlab chiqarish eng qudratli, zamonaviy ishlab chiqarish vositalari bilan qurollantirilmoqda. Ijtimoiy hayot tarzi faollashmoqda. Mamlakatda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonun ta’lim tizimi mazmunini tubdan oʻzgartirib yubordi. Jumladan oliy ta’lim oʻquv rejalariga zamon va hayot talablaridan kelib chiqib katta oʻzgartirishlar kiritildi.
Endilikda tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarga har bir sohada chuqur va keng qamrovli ma’lumot berish, ularga berilgan bilim ishlab chiqarishda va jamiyatda oʻz aksini va dolzarbligini yoʻqotmaydigan boʻlishiga va ularning bilim darajalari dunyo ta’lim standartlari qoʻygan talabga javob berishiga asosiy ahamiyat qaratilmoqda.
Zamonaviy hayotdagi ishlab chiqarish samaradorligini yetuk kadrlarsiz tasavvur yetish mumkin emas. Har sohada inson omili, uning qadr-qimmati birinchi oʻringa qoʻyilib ish tashkil etilgan joyda yutuqlar barqaror boʻlishi shubhasiz.
Inson tugʻilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega boʻladi. Inson oʻzining yashash, dam olish, sogʻligi haqida qaygʻurish, qulay atrof-muhit, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga boʻlgan xuquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan.
Hayot faoliyatbu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir.
Inson hayoti jarayonida uni oʻrab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada boʻladi va shu bilan birga har doim uni oʻrab turgan muhitga bogʻliq boʻlib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham oʻzini oʻrab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga boʻlgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
Atrof-muhit –bu insonni oʻrab turgan muhit boʻlib, insonning hayot faoliyatiga, uning sogʻligi va nasliga toʻgʻridan toʻgʻri, birdan urinma yoki masofadan ta’sir yetishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, kimyoviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yigʻindisidir.
Inson va atrof-muhit uzluksiz oʻzaro ta’sirda boʻlib, doimiy harakatdagi «Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz oʻzgarib bordi. Inson mukammallashdi, yer sharining aholisi va uning oqimi oʻsdi, jamiyatning ijtimoiy asosi oʻzgardi. Atrof-muhit oʻzgardi: inson oʻzlashtirgan yer yuzi va yer osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining oʻsib borayotgan ta’sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun’iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo boʻldi.
Tabiiy muhit oʻzi mukammal boʻlib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud boʻla oladi va rivojlanaoladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil rivojlana olmaydi va ular paydo boʻlganidan soʻng eskirishga va emirilishga mahkum narsalardir.
Insoniyat oʻzining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan oʻzaro uygʻun harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, yer osti, gallaktika va cheksiz koinotdan tashkil topgan.

Yüklə 66,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə