Mavzu: Front Page dasturida ishlash


HTML tilini o’rganishga, skriptlardan foydalanishni bilishga yoki DHTML



Yüklə 130,17 Kb.
səhifə3/6
tarix08.04.2022
ölçüsü130,17 Kb.
#85203
1   2   3   4   5   6
Konspekt

HTML tilini o’rganishga, skriptlardan foydalanishni bilishga yoki DHTML tilini
o’rganishga hojat qolmaydi. Front Page amaliy programmasi yordamida Websahifaga joylashtirilishi kerak bo’lgan matnni osonlik bilan terishingiz, rasmlarni
joylashtirishingiz, ovoz effektlarini o’rnatishingiz, skriptlar yoki DHTML tili
programmalari yordamida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan xilma-xil effektlarni
amalga oshirishingiz mumkin bo’ladi. Demak, Front Page amaliy programmasi
vositasida

21.02.2022

Mavzu: Front Page dasturida maruza matn tayyorlash.

Ko’pincha Web-sayt lar biror bir mavzuga bag’ishlangan bo’lib, firma,


kompaniya, tashkilot yoki biror bir insonga tegishli ma’lumotlarni o’z ichiga
qamrab oladi. Front Page programmasida masterlar deb nomlangan dasturlar
bo’lib, ular Web-sayt larni va Web-sahifa lar ko’rinishidagi shablonlarni
qadamba qadam tuzishga hamda sozlashtirishga imkon beradilar. Bu xildagi
masterlar va shablonlar xilma-xil turdagi Web-sayt larni hosil qilish uchun juda
qulay.

Har bir Web-sayt da asosiy yoki uy sahifasi (homepage) deb atalgan bir


Web-sahifa bo’ladi va ushbu saytga kiruvchi barcha insonlar eng oldin xuddi shu
sahifaga kiradilar. Keyinchalik ushbu sahifada joylashgan giperko’rsatgichlar va
ko’rsatmalardan foydalanib, ular bu saytning boshqa sahifalariga yoki butunlay
boshqa saytlarning sahifalariga ham kirishlari mumkin. Giperko’rsatgichlar orqali
aniqlanadigan Web-sahifalar ushbu kompyuterda yoki Internet bilan ulangan
istalgan kompyuterda bo’lishi mumkin.

Gipermatn Web-sahifada joylashgan biror bir matn bo’lagi yoki rasm


bo’lib, agar u turtilsa, boshqa Web-sahifa ga yoki saytga o’tish amalga oshiriladi.
Uy sahifasi (homepage) eng yuqorida joylashgan bo’lib, undagi
giperko’rsatgichlar istalgan Web-sahifaga o’tishni amalga oshirib beradi. O’z
navbatida ushbu Web-sahifalardan boshqa sahifalarga o’tish ham xuddi shunday
usuldan foydalangan holda osonlik bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunday
sahifalarning har birida boshqa sahifalarga va saytlarga bo’lgan murojaatlardan
tashqari orqaga, bundan oldingi sahifaga yoki uy sahifasi (homepage) ga
qaytishga imkon beradigan giperko’rsatgichlar ham bo’ladi.

Front Page programmasi yordamida osonlik bilan Internetda yoki
intranetda joylashgan Web-saytlarni xosil qilish mumkin. Bunday Web-saytlar
saytga kiruvchilar uchun uning sahifalarini ko’rishga imkon beruvchi
kompyuterda ya’ni Web-serverda (Web-server) joylashadi. Lekin Web-saytni
Front Page programmasi yordamida o’z kompyuteringizda ham tashkil
qilishingiz va u tayyor bo’lgandan so’ng, uni Web-serverda joylashtirishingiz
(nashr qilishingiz) mumkin.

28.02.2022


Yüklə 130,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə