Mavzu: Erkin Vohidov. Do’st bilan obod uying



Yüklə 149,9 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü149,9 Kb.
#138437
9-hafta


Sana________________ Hafta kuni: Dushanba
Mashg’ulot nomi: Nutqiy muloqot

Mavzu: Erkin Vohidov . Do’st bilan obod uying


Maqsad : Ta’limiy: She’r mazmuni haqida o’quvchilarga tushuncha berish
Tarbiyaviy : Ota-onaga hurmat ko’rsatish haqida qisqa suhbat tashkil qilish
Korrektsion : O’quvchilar og’zaki nutqini rivojlantirish,lug’at boyligini oshirish,erkin nutqiy muloqotga tayyorlash,adabiyotga haqida ijobiy munosabat shakllantirish.
Mashg’ulot usuli : noan’anaviy
Mashg’ulot jixozlari: o’qish kitobi darsligi,rasmlar,taqdimot
Tashkiliy qism: (refleksiya , mavzuga oid suhbat o’tkazish)

Salomatlikni saqlash va kasalliklarni oldini olish haqida savol-javoblar o’tkaziladi.

Asosiy qism:

Zamonaviy o‘zbek milliy adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Erkin Vohidob 1936- yil 28-dekabrda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tug‘ildi. Otasi Cho‘yanboy Vohidov ikkinchi jahon urushidan keyin Toshkentga qaytib, tez orada shu yerda vafot etdi. Onasi Roziyaxon Vohidova (Sohiboyeva) ham dunyodan o‘tib, bo‘lg‘usi shoir tog‘asi Karimboy Sohiboyev tarbiyasida qoldi. Erkin Vohidov Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi. Uning birinchi she’ri 14 yoshida, 7-sinfda o‘qib yurgan kezlarida chop etildi. «Tong nafasi» «Mening yulduzim» kabi dastlabki to‘plamlarini nashr ettirdi.


DO‘ST BILAN OBOD UYING

Do‘st bilan obod uying,

Gar bo‘lsa u vayrona ham,

Do‘st qadam qo‘ymas esa,

Vayronadir koshona ham.

Intizor har uy dilovar

Dilkusholar bazmiga,

Gar oyoq qo‘ysa qabohat

Yig‘lagay ostona ham.

Yaxshi do‘stlar davrasida

Ochilursan har zamon,

Ko‘rkni shoda ichra topgay

Marvarid durdona ham.

So‘rma mendan, kim diloro,

Do‘stmi yo jonona deb,

Do‘st mening ko‘nglimdadir, Jonimdadir jonona ham.

Qochma rostgo‘y do‘stlarning

Koyish-u ozoridan,

Qaddi rost shamning tilidan

O‘rtanur parvona ham. etdi.

Do‘st qidir, do‘st top jahonda,

Do‘st yuz ming bo‘lsa oz,

Ko‘p erur bisyor dushman

Bo‘lsa u bir dona ham.

Kim senga hamroz emasdir,

Beg‘araz deb o ‘ylama,

Gohi dushmanlik qilurlar

Qo‘l siqib do‘stona ham.

Do‘sti sodiq yo‘q ekan deb

O‘rtanib kuyma va lek,

Mehr uyin keng ochsang Erkin,

Do‘st bo‘lur begona ham.


Mustahkamlash: She’rdan qisqa to’rtlik yod olish
Mashg’ulotni yakunlash: Mashg’ulotda faol qatnashganlarni rag’bartlantirish.
Ko’rildi:_____________
Sana________________ Hafta kuni: Seshanba
Mashg’ulot nomi:Kasbiy ta’lim
Mavzu: Yoqa turlari haqida ma’lumot
Maqsad : Ta’limiy: Yoqa turlari haqida o’quvchilarga tushuncha berish.
Tarbiyaviy : Mehnat tarbiyasi haqida suhbat o’tkazish.
Korrektsion : O’quvchilarda kasb–hunarga nisbatan qiziqish uyg’otish,ijtimoiy hayotga tayyorlash
Mashg’ulot usuli : noan’anaviy
Mashg’ulot jixozlari: Taqdimot ,rasmlar
Tashkiliy qism: (refleksiya , mavzuga oid suhbat o’tkazish)
Asosiy qism:


Mustahkamlash :
Savol-javob o’tkazish
Mashg’ulotni yakunlash: Mashg’ulotda faol qatnashganlarni rag’bartlantirish.

Ko’rildi:_____________


Sana________________ Hafta kuni:Chorshanba
Mashg’ulot nomi:Yo’l harakati qoidalari va sayrlar
Mavzu: Kichik ishlab chiqarish korxonalariga sayr
Maqsad : Ta’limiy: Maqsadli sayr davomida o’quvchilar uchun foydali ma’lumotlar berish
Tarbiyaviy : O’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash .
Korrektsion : O’quvchilarni yo’lning qatnov qismi va piyodalar yo’lakchasida erkin harakatlanishga tayyorlash
Mashg’ulot usuli : an’anaviy
Mashg’ulot jixozlari:Taqdimot , rasmlar,ko’rgazmalar
Tashkiliy qism: (refleksiya , mavzuga oid suhbat o’tkazish)
Asosiy qism:

Mashg’ulotni mustahkamlash: bajarilgan ishlar tahlili
Mashg’ulotni yakunlash: Mashg’ulotda faol qatnashganlarni rag’bartlantirish.
Ko’rildi:_______________
Sana________________ Hafta kuni:Payshanba
Mashg’ulot nomi:O’yinlar
Mavzu: “Koptok bilan estafetali” o’yinlar
Maqsad : Ta’limiy: O’quvchilarga “Koptok bilan estafetali” o’yin haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy : O’quvchilar bilan jismoniy tarbiya haqida suhbat.
Korrektsion : O’quvchilarda ziyraklik , chaqonlik , kabi fazilatlarini tarbiyalash.
Mashg’ulot usuli : an’anaviy
Mashg’ulot jixozlari:O’yin uchun kerakli jixozlar
Tashkiliy qism: (refleksiya , mavzuga oid suhbat o’tkazish)
Asosiy qism: Jamoani ikki guruxga bo’lish va o’yinni nazorat qilish



Mustahkamlash : O’yin natijalari taxlili .
Mashg’ulotni yakunlash: Mashg’ulotda faol qatnashganlarni rag’bartlantirish.

Ko’rildi:_______________
Yüklə 149,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə