Mavzu: Dehqonchilikda kompleks va mikroo’g’itlarni qo’llash Reja: Kompleks o’g’itlar va ularning turlari



Yüklə 40,07 Kb.
səhifə2/9
tarix23.12.2023
ölçüsü40,07 Kb.
#157312
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Dehqonchilikda kompleks va mikroo’g’itlarni qo’llash Reja

MURAKKAB 0 ‘G‘ITLAR
Murakkab o'g'itlar jumlasiga tarkibida 2 ta element saqlovchi (ammoniy polifosfat, ammofos, diammofos, nitrofos, karboammofos, siydikchil fosfatlar, fosfor-kaliyli) va 3 ta saqlovchi (nitrofoska, nitroammofoska, karboammofoska) o'g'itlar kiradi. Ammofos NH4H2P 0 4 — bir almashingan ammoniy fosfat. Bu tuzni tashkil qiluvchi ionlar (ammoniy va fosfat) barcha o'simliklar uchun zarur va ular tomonidan hamma tuproqlarda o‘zlashtiriladi. Ammo- fosning tarkibi 11 — 12% N, 46—60% P20 5 dan tashkil topgan. Uni tarkibida ortiqcha modda boim aydi. Ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi juda oddiy: ammiak fosfat kislota bilan neytrallanadi:
NH3 + H3P 0 4 = NH4H2P 0 4
Ammofosning kamchiligi azot va fosfor o'rtasidagi nisbat farqining katta (1:4 yoki hatto 1:5) boiishidir. Bu narsa undan foydalanish imkoniyatini chegaralab qo‘yadi, chunki o‘g‘itdagi azot va fosfor o'rtasidagi nisbat taxminan birga bir boiishi lozim, binobarin ko‘p o'simliklar hatto fosforga nisbatan azotni ko‘proq talab qiladi. Diammofos (NH4)2H P 04. Ammofos ishlab chiqarish erkin fosfat kislotani ammiak bilan to'yintirishga asoslangan. Agar bu jarayonni davom ettirilsa, unda diammofos hosil boiadi. Diammofosda azot va fosforning o‘zaro nisbati 1:2,5 ga yaqinlashadi:
2NH3 + H3P 0 4 = (NH4)2H P 04
Diammofosda azotning miqdori 18% va undan ko‘proqqa va P20 5 ning miqdori 50% ga teng. Azot va fosforning diammofosdagi yig‘indi miqdori 70% dan oshadi. Bu hamma murakkab o‘g‘itlar ichida eng konsentrlangan xili hisoblanadi. Konsentrlangan o‘g‘itlarga xos boigan iqtisodiy ustunligi ammoniy fosfatlar hamma ekinlarni ekish va ko‘chat qilishda urug‘ materialiga yaqin qilib joy-joyiga, uyaga solish uchun qulaydir. Ular uncha-muncha ortiqcha qo'shimchaga ega emas (agar term ik kislotadan tayyorlangan b o isa ), eritm aning yuqori konsentratsiyada boiishiga, (joy-joyiga solganda, oziqa moddalarining kam dozasi solinadi) va bunda tuproq eritmasining osmotik bosimini oshishiga olib kelmaydi. Shu bilan birgalikda har ikkala ion (ammoniy va fosfat) o'simlik tomonidan oson o‘zlashtiriladi. Kaliyli selitra K N 03 ham murakkab o‘g‘itlar jumlasiga kiradi. Tarkibida 13% azot va 45% gacha K20 boiadi, uning 1 s miqdori kaliyli tuzning 1 s va ammiakli selitraning deyarli 0,4 s o‘rnini bosadi. K N 03 tarkibida kerak boimagan oshiqcha modda umuman boimaydi va fizik xossalarining yaxshiligi bilan ajralib turadi. Xlor ioniga nisbatan sezgirlikni namoyon qiladigan ekinlar uchun kaliy manbayi sifatidagi qimmati juda baland boiadi. Uning kamchiligi azot va kaliyning o‘zaro nisbatidagi farq katta (1:3,5) boiishidir. Shuning uchun undan foydalanilganda, tuproqqa yana qo‘shimcha ravishda azotli va fosforli o‘gitlarni ham solish lozim boladi.

Yüklə 40,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə