Mavzu: Dars – ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Ta’limni tashkil etish shakllarining tarixiy asoslari



Yüklə 75,28 Kb.
səhifə22/25
tarix12.04.2022
ölçüsü75,28 Kb.
#85369
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
mavzu

Metod soʻzi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yoʻli, usuli deganidir. Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Koʻrinadiki, bu oʻrinda ham oʻqituvchining oʻrgatuvchi ishi va u tashkil etgan oʻquvchilarning faol oʻquv-bilish faoliyati uygʻunlashadi.



Ta’lim metodlari deyilganda, oʻrganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish boʻyicha oʻqituvchining oʻrgatuvchi ishi va oʻquvchilarning oʻquv -bilish faoliyatini tashkil etish usullari yigʻindisi tushuniladi.

Didaktikada, shuningdek, ta’lim usullari atamasi ham keng qoʻllanadi.



Ta’lim usuli – oʻqitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bogʻlanadi. Usullar yordamida faqat oʻquv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan boʻlishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli oʻqituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.

Masalan, oʻqituvchilar tomonidan koʻp qoʻllaniladigan mashq manbasiga koʻra amaliy metod hisoblansa, uni qoʻllash esa bir nechta usullar: mashqning qoidasini oʻqib berish (1-usul), bittasini namuna sifatida bajarib koʻrsatish (2-usul), oʻqituvchining namunasi asosida oʻquvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul), oʻquvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish (4-usul) va boshqalar yordamida amalga oshiriladi.




Yüklə 75,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə