Mavzu: daromad va almashtirish samarasi



Yüklə 8,57 Kb.
səhifə2/3
tarix04.06.2023
ölçüsü8,57 Kb.
#115375
1   2   3
Mavzu daromad va almashtirish samarasi-fayllar.org

Engel egri chiziqlari
bo`ylab xarid qilinadigan tovarlar miqdorini (Q) belgilangan. Iste′molchi ehtiyoji birinchi navbatda kundalik zaruriy ehtiyoj tovarlari (Q1), ikkinchi navbatda standart sifatli sanoat mahsulotlari (Q2) va nihoyat, keyinchalik oliy kategoriyali tovarlar (Q2) bilan to`yinadi.
Yana shu holat aniqlanganki, oliy sifatli tovarlar va xizmatlarga talab oshganda ham, kundalik hayotda foydalaniladigan standart sifatli sanoat mahsulotlariga talabning kuchayishi qonuniyati kuzatilgan.

2. “Narx-iste′mol” chizig`i tahlili


  • Yuqorida ―daromad-iste′mol‖ chizig`i tahlil qilinganda, ne′matlar narxi o`zgarmaydi deb faraz qilingan edi. Endi daromadni o`zgarmas deb qabul qilgan holda, ne′matlardan birini, masalan, X ne′matning narxini o`zgaruvchan, Y ne′matnikini esa o`zgarmas deb qaraymiz. Faraz qilaylik, X ne′matning narxi (P) pasayib bormoqda, ya′ni . P >P1> P2> P3

Grafikda narxning bunday o`zgarishi, byudjet chizig`ini AB holatdan AB1, AB2 AB3


va holatlarga siljitadi (7.3-rasm). Masalan, X tovar olma, Y tovar apelsin bo`lsin. (a) rasmda apelsin narxi o`zgarmaydi, olma narxi pasayib bormoqda. Natijada byudjet chizig`ining Y o`q bilan kesishgan nuqtasi o`zgarmaydi, X o`q bilan kesishgan nuqtasi o`ng tomonga surilib boradi. Olma narxini tushishi real daromadni oshiradi, natijada iste′molchi olma narxi oshmasdan oldin xarid qilolmagan apelsin va olma majmualarini endi sotib olishi mumkin bo`ladi.
Iste′molchi endi bir birlik qo`shimcha olma olish uchun, oldingidan kamroq miqdordagi apelsindan voz kechadi. Masalan, bitta apelsin narxi 2000 so`m va bitta olma narxi 1000 so`m bo`lsa, bitta apelsinga yarimta olma to`g`ri keladi, bitta olma narxi 500 so`mga tushsa, qo`shimcha bitta olma olish uchun 1/4 qism apelsindan voz kechishi kerak. Olma narxining pasayishi, ma′lum miqdordagi olmani apelsin bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada optimal majmua (apelsin va olmaning optimal miqdori) E nuqtadan yuqoriroq naflik darajasiga ega bo`lgan befarqlik egri chiziqlarida joylashgan va E1 , E2 E3 nuqtalarga o`tadi.
Agar biz optimal majmua nuqtalarini (befarqlik egri chiziqlari bilan byudjet chiziqlari kesishgan nuqtalarni) chiziq bilan birlashtirsak, bu chiziq ―Narx-iste′mol chizig`i bo`ladi (a rasmdagi V chizig`i). ―Narx-iste′mol chizig`iga ko`ra talab chizig`ini aniqlash mumkin (b) rasm

Yüklə 8,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə