Mavzu: Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar. Reja: 1


Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarida moliyalashtirish hisobi



Yüklə 45,33 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü45,33 Kb.
#142743
1   2   3   4   5
Mavzu Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar. Reja 1-fayllar.org

2. Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarida moliyalashtirish hisobi
Budjet tashkilotlari bevosita respublika budjetidan yoki mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladi. Budjetdan moliyalashtirish tasdiqlangan smetalarga muvofiq xarajat qilish uchun tashkilotlarga davlat mablag'i berilishini anglatadi.
Budjetdan xo'jalik yurituvchi subyektlarga va budjet tashkilotlariga faqat budjet bo'yicha tasdiqlangan summalar doirasidagina mablag' beriladi. Alohida tadbirlarga budjet boyicha tasdiqlangan xarajatlar summalari budjet mablag‘lari yoki ajratmalari deb ataladi.
Tashkilotlami budjetdan moliyalashtirish bank muassasalari orqali amalga oshiriladi. Budjetdan moliyalashtirish deganda budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilarga budjet bo'yicha tasdiqlangan xarajatlarga budjetdan mablag1 berilishi tushuniladi.
Respublika budjetida turuvchi budjet mablag'larini ikkinchi darajadagi tasarruf qiluvchilar budjet mablag'larini uchinchi darajadagi tasarruf qiluvchilarga budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilar amalga oshirgan tartibda o'tkazishni amalga oshiradi.
Budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilar moliyalashtirishni hisobga olish uchun birinchi tartibli (sintetik) 23-«Moliyalashtirish» schyotini qo'llaydi. Bu birinchi tartibli (sintetik) schyot quyidagi ikkinchi tartibli schyotlarga (subschyotlarga) bo'linadi:
230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan
moliyalashtirish» subschyoti;
  1. - «Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirish» subschyoti;


  2. - «Boshqa budjetlar hisobidan moliyalashtirish» subschyoti; 236 - «Bolalar tashkilotini saqlashga ota-onalaming mablag'lari»


subschyoti; 238 - «Tashkilotni saqlashga boshqa mablag'lar» subschyoti. Budjet mablag'larini ikkinchi va uchinchi darajadagi tasarruf qiluvchilar moliyalashtirish hisobi uchun birinchi tartibli 14-«Moliya-lashtirishga doir idoralar ichidagi hisob-kitoblar» schyotini qo'llaydi. Bu birinchi tartibli schyot quyidagi ikkinchi tartibli schyotlarga (subschyotlarga) bo'linadi:


140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
142 - «Boshqa budjetlar hisobidan moliyalashtirishga doir hisob-
kitoblar» subschyoti;
143 - «Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirishga doir
hisob-kitoblar» subschyoti.
Yuqorida keltirilgan moliyalashtirish hisobi bo'yicha barcha
subschyotlar passiv subschyotlardir. Bundan tashqari, 140-subschyotda
budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilar va budjet mablag'larini
ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilar tasarrufidagi tashkilotlami moliya-lashtirish bo'yicha hisob-kitoblami olib boradi. Bu holda 140-subschyot aktiv subschyot funksiyasini bajaradi.
Demak, 140-subschyot budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluv-chilarda aktiv subschyot sifatida, budjet mablag'larini ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilarda esa bu subschyot budjet mablag'larini yuqori tasarruf qiluvchidan olingan moliyalashtirish qayd qilinganda passiv subschyot sifatida va tasarrufidagi tashkilotlami moliyalashtirish qayd qilinganda esa aktiv subschyot sifatida qo'llaniladi. Budjet mablag'larini uchinchi daraja tasarruf qiluvchilarda 140-subschyot faqat passiv subschyot sifatida qo'llaniladi.
Respublika budjetidan moliyalashtirish bo yicha budjet mablag larini bosh tasarruf qiluvchining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi:
1) respublika budjetidan budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchini
saqlashga moliyalashtirish olinganida budjet mablag'larini bosh tasarruf
qiluvchining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
Debet 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirish» subschyoti.
2) respublika budjetidan tasarrufdagi tashkilotlarga o'tkazib berish
uchun moliyalashtirish amalga oshirilganida budjet mablag'larining
bosh tasarruf qiluvchi buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
Debet 091 - «Respublika budjeti bo'yicha tasarrufidagi tashkilotlarga o'tkazib berish va boshqa tadbirlarlar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirish» subschyoti.
3) respublika budjetidan kapital qo'yilmalar xarajatlari uchun
moliyalashtirish olinganida budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchining
buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 093 - «Respublika budjeti bo'yicha kapital qo'yilmalar uchun talab
qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti; (Credit 231 - «Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirish» subschyoti.
4) respublika budjetidan o'z tasarmfidagi tashkilotlarga moliya-
lashtirish o'tkazib berilganida budjet mablag1larining bosh tasarruf
qiluvchi buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
Debet 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 091 - «Respublika budjeti bo'yicha tasarmfidagi tashkilotlarga o'tkazib berish va boshqa tadbirlar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
5) budjet mablag‘larini bosh tasarruf qiluvchi, respublika budjetidan
kapital qo'yilmalar bo'yicha xarajatlarga, tasarrufdagi tashkilotlarga
moliyalashtirish o'tkazib berilganida budjet mablag'larining bosh
tasarruf qiluvchi buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provod­
kasi tuziladi:
Debct 143 -«Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 093 - «Respublika budjeti bo'yicha kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
Respublika budjetidan moliyalashtirish bo'yicha budjet mablag'­larini ikkinchi daraja tasan-uf qiluvchining biLxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi:
1) respublika budjetidan, budjet mablag'larini bosh tasarruf
qiluvchidan budjet mablag'larini ikkinchi darajadagi tasarruf qiluvchini
saqlashga moliyalashtirish olinganida budjet mablag'larini ikkinchi
daraja tasarruf qiluvchining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
Debet 090 -«Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblan> subschyoti.
2) respublika budjetidan, budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchidan
tasarmfidagi tashkilotlarga o'tkazib berish uchun moliyalashtirish olinganida
budjet mablag'larini ikkinchi daraja tasarruf qiluvchining buxgalteriya
xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 091 - «Respublika budjeti bo'yicha tasarrufdagi tashkilotlarga o'tkazib berish va boshqa tadbirlar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti; 160
Kredit 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblao> subschyoti.
3) respublika budjetidan, budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluv-
chidan kapital qo'yilmalar bo'yicha xarajatlarga moliyalashtirish
olinganida budjet mablag'larini ikkinchi daraja tasarruf qiluvchining
buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 093 - «Respublika budjeti bo'yicha kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 143 - «Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti.
4) respublika budjetidan, budjet mablag'larini bosh tasarruf
qiluvchidan tasarrufdagi tashkilotlarga o'tkazib berishga olingan moliya-
lashtirishni o'z tasarrufidagi tashkilotlarga o'tkazib berilganida budjet
mablag'larining ikkinchi daraja tasarruf qiluvchining buxgalteriya
xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 091 - «Respublika budjeti bo'yicha tasarrufidagi tashkilotlarga o'tkazib berish va boshqa tadbirlar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
5) respublika budjetidan, budjet mablag'larini bosh tasarruf
qiluvchidan kapital qo'yilmalar bo'yicha xarajatlarga olingan
moliyalashtirishni o'z tasarrufidagi tashkilotlarga o'tkazib berganida
budjet mablag'larini ikkinchi daraja tasarruf qiluvchining buxgalteriya
xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 143 - «Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 093 -«Respublika budjeti bo'yicha kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
Debet 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab

qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti; Kredit 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan


moliyalashtirishga doir hisob- kitoblan> subschyoti. 2) respublikb budjetidan budjet mablag'larini rkkinchi daraja rasarrua qiluvchidan kapital qo'yilmalar bo'yicha xarajatlarga moliyalashtirish olinganida budjet tashkilotining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 093 -«Respublika budjeti bo'yicha kapital qo'yilmalar uchun talab
qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti; Kredit 143 -«Kapilal qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti.
3. Qoraqalpog'iston respublikasi davlat budjetida va mahalliy budjetlarda turuvchi budjet tashkilotlarida moliyalashtirish hisobi
Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjet-lardanbudjetmablag'larioluvchilamingjoriyxarajatlarinimoliyalashtirish tayinlanish sertifikati bilan to'lov topshiriqlari yozib budjetdan mablag' o'tkazish yo'li bilan, kapital qo'yilmalar va boshqa tadbirlar xarajatlariga esa budjetdan mablag'lar olishga tayinlanish sertifikati yozish orqali, ki-edil ochish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtirish bo'yicha budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) Qoraqalpoglistgn Respublikasi davlat budjbtidan va vahalliy budjetlardan budjet mablag'lari bosh tasarruf qiluvchi saqlashga moliyalashtirish uchun olinganida budjet mablag'larining bosh tasarruf qiluvchi buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 100 -«Tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirish» subschyoti.
2) Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjetidan va mahalliy
budjetlardantasarrufidagitashkilotlargao‘tkazibberishgamoliyalashtirish
olinganida budjet mablag'larining bosh tasamif qiluvchi buxgalteriya
xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 101 -«Tasarrufidagi tashkilotlarga o'tkazib berish uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirish» subschyoti.
3) Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjetidan va mahalliy
budjetlardan kapital qo'yilmalar xarajatlari uchun moliyalashtirish
olinganida budjet mablag'larining bosh tasarruf qiluvchi buxgalteriya
xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 103 - «Kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag'b, subschyoti; Kredit 231 - «Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirish» subschyoti.
4) Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjetidan va mahalliy
budjetlardan o'z tasarrufidagi tashkilotlarga moliyalashtirish o'tkazib
berilganida budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchining buxgalteriya
xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 101 -«Tasarrufidagi tashkilotlarga o'tkazib berish uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
5) Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjetidan va mahalliy
budjetlardan kapital qo'yilmalar bo'yicha xarajatlarga, tasarrufidagi
tashkilotlarga moliyalashtirish o'tkazib berilganida budjet mablag'larini
bosh tasarruf qiluvchining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
Debet 143 - «Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 103 - «Kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtirish bo'yicha budjet mablag'larini uchin-chi daraja tasarruf qiluvchining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi:
1) Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjetidan va mahalliy
budjetlardan, budjet mablagiarini bosh tasarruf qiluvchidan tashkilotni
saqlash xarajatlari uchun moliyalashtirish olinganida budjet tashkilotining
buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debel 100 - «Tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag'i» subschyoti; Kredit 140-«Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan
moliyalashtirishga doir hisob-kitoblan> subschyoti.
2) Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjetidan va mahalliy
budjetlardan, budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchidan kapital
qo'yilmalar bo'yicha xarajatlarga moliyalashtirish olinganida budjet
mablag'larining uchinchi daraja tasarruf qiluvchi (budjet tashkiloti)
buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debel 103 -«Kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag'i» subschyoti; Kredit 143 -«Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti.



Yüklə 45,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə