Mavzu: Bo‘shlang‘ich sinflarda ona tili fanini o‘qitish metodikasining maqsadi va vazifalari



Yüklə 83,5 Kb.
tarix09.03.2023
ölçüsü83,5 Kb.
#102173
Tarbiya REFERAT


Mavzu: Bo‘shlang‘ich sinflarda ona tili fanini o‘qitish metodikasining maqsadi va vazifalari.

REJA


  1. Bo‘shlang‘ich sinflarda ona tili fani.

  2. Fanning maqsadi va vazifalari.

  3. Metod tushunchasi.

Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya'ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilmdir.


Metodika maktab oldiga qo'yilgan ta 'lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o'rgatishning vazifalarini va m azm unini belgilaydi, ta'lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta'lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.


Metodika fani quyidagi masalalarni o'rganadi:


1. O' qitishning vazifalari va mazm unini aniqlaydi. Nimani o' qitish kerak? savoliga javob beradi, ya'ni boshlang'ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta 'lim mazmunini belgilab beradi, o'quvchilar uchun darsliklar va qo'llanm alar yaratib, ularni takomillashtirib, sam aradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi.O'qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o'quvchilar amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlaming izchil tizimini ishlab chiqadi, ya'ni „Qanday o'qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi.


3. O'quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko'nikm a hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya'ni „ Nega xuddi mana shunday o'qitish kerak?" savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni, m etodlarni o'rganadi, tanlangan m etodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi.


Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o'qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo'lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang'ich sinf o'quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o'rgatadi. Shu bilan birga, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish grammatika, imlo va unga bog'liq holda nutq o'stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikalarini ham o'z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:


a) boshlang'ich sinflarda ona tili kursining m azm uni, hajmi va mavjud tizimini, ya'ni kursning (xat-savod o'rgatish, o'qish, gram - matika, imlo, nutq o'stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash;


b) o'qish va yozuvdan bilim va ko'nikmalarning shakllanishi jarayonini ham da bu jarayonda o'quvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni o'rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to'g'rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;


d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o'quvchilarnng umumiy taraqqiyotiga, ya'ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan m etod va vositalarni ishlab chiqish;


e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish.


Ona tili o'qitish metodikasi ta'limning turli bosqichlarida o'quvchilarning bilim, ko'nikm a va malakalarini aniqlaydi, o'qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklam i bartaraf etish usullarini topadi.


Ona tili metodikasi ta 'lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o'qitishning izchillik va uzlnksizligini ta'minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalaming nutqini o'stirish nazarda tutiladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar nutqinio' stirishdan tashqari, ona tilidan elem entar nazariy tushunchalarni amaliy o'zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.


Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:


1. Savod o'rgatish metodikasi, ya'ni elem entar o'qish va yozishga o'rgatish. Bolalarga savod o'rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki xalqning savodxonligi mustaqillik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir.


2. O'qish metodikasi. Boshlang'ich sinflarda o'qish predm etining vazifasi bolalarni to'g'ri, tez (me'yorida), ongli va ifodali o'qish m alakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.


3. Grammatika, fonetika, so'z yasalishini o'rganish metodikasi. Bu bo'lim elem entar to'g'ri yozuvga va husnixatga o'rgatishni, gram m atik tushunchalar, boshlang'ich imlo malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.


4. Nutq o'stirish metodikasi. Bu bo'lim boshlang'ich sinflarda alohida o'rin tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o'quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o'ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o'zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og'zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar. Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va bog'lanishli nutqini o'stirishni ham ta 'minlashi kerak. Shuni aytib o'tish kerakki, bog'lanishli nutq maktablarda alohida bo'lim sifatida o'rganilm aydi, u til fanining boshqa bo'limlari bilan bog'langan holda shakllantiriladi.


Ona tili o'qitish metodikasi fanining metodologik va ilmiy asoslari. Ona tili o'qitish metodikasining metodologik asosi borliqni bilish nazariyasidir. Bu fanning bosh vazifasi o'quvchilam ing o'zbek tili lug'at boyligini to'liq o'zlashtirib olishlarini ta 'minlashdir.


NATIJALAR VA MUHOKAMA


Metodika fan sifatida ona tili o'qitish metodikasi boshlang'ich ta'lim standard belgilab bergan vazifalarni amalga oshiradi, ya'ni tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o'z fikrini og'zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a'zolari bilan erkin m uloqotda bo'la olish ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga oid m etod va usullami ishlab chiqadi.


Maktabda ona tili o'qitish metodikasining bunday yo'nalishi haqiqatni bilish qonuniyatlariga ham , hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi.


„Ta'lim to'g'risida"gi qonunda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab berildi:ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;


- ta' limning uzluksizligi va izchilligi;


- umumiyo'rta, shuningdek, o 'rta maxsus kasb-hunar ta 'lim ining m ajburiyligi;


- o'rta maxsus, kasb-hunar ta 'limining yo'nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi;


- ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;


- davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;


- ta 'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;


- bilimli bo'lishni va iste'dodni rag'batlantirish;


- ta'lim tizimida davlat va jam oat boshqaruvini uyg'unlashtirish.


Bu tamoyillar boshlang'ich ta 'limda ona tili o'qitish metodikasining vazifalarini ham belgilab, aniqlashtirib beradi.


Ona tili o'qitish metodikasi fani ham ta'lim jarayonini tashkil etish shakllarini va usullarini ishlab chiqishda yuqoridagi maqsadlar asosida ish yuritadi.


Umumiy o'rta ta'limning bir bosqichi bo'lgan boshlang'ich ta'lim 1-4-sinflarni o'z ichiga oladi. Milliy dasturda ta'kidlanganidek, bu bosqichda ta'limning yangicha tizimini va m azm unini shakllantirish uchun quyidagilar zarur:


- o'quvchilam ing qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta 'limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;


- ta'lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o'quv-uslubiy majmualarini yaratish va o'quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta'minlash va hokazo.Ona tili - har bir elatning, xalqning, millatning o'z tili. Ona tili lug'at tarkibi, asosan, shu tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va an'analarini ifodalaydigan so'z va tushunchalardan iborat bo'ladi. Ona tili taraqqiyoti har bir elat, xalq va millatning ijtimoiy rivojlanishi bilan uzviy bog'liq.

Darsni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda o'quvchi va o'qituvchi faoliyatiga qo'yiladigan talablar, didaktik qoidalar ta'lim prinsplari hisoblanadi. Bu prinsplar har fanda o'ziga xos tadqiq etiladi. Biz quyida ona tili fanini o'qitishda qo'llaniladigan prinsplar xususida so'z yuritamiz.


Tizimlilik va izchillik prinspi. O'zbek tili o'qitishda tizimlilik va izchillik prinsipi muhim o'rin tutadi. Til fanining bo'limlarini bir tartibda o'rganish shu prinspga mos tushadi. Ona tili fanini o'rgatishda dastlab fonetika, leksika haqida, shundan so'ng so'z yasash, so'z tarkibi, morfologiya va sintaksis haqida ma'lumot beriladi. Bu esa yuqoridagi prinspga amal qilinganligini bildiradi. Ona tili o'qitishdanazariyani amaliyotga bog'lash ham muhimdir. Buning uchun fonetika va grammatikadan har bir mavzu orfografiya yoki punktuatsiya bilan, orfoepiya yoki lug'at bilan bog'liq holda o'tilishi lozim. Bu prinspni amalga oshirish uchun grammatik qoidalarga mos misollarni jonli nutqdan olish, qoidalarni mustahkamlashda o'quvchilarning ijodiy tafakkurini o'stirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanish zarur bo'ladi.


Ona tili o'qitishda onglilik ham muhim o'rin egallaydi. Onglilik prinspi ta'rif yoki qoidaning o'quvchilar tomonidan ongli o'zlashtirilishiga tirishmoqni talab etadi:


1. O'qitishda ongli verbal-kognitiv ta'limga (OVKT) asoslanish


2. Til materiali va ta'lim oluvchilarning yosh psixologiyasi mutanosibligiga e'tibor berish.


3. O'quvchilarda mustaqil va ijodiy mushohada malakalarini mustahkamlash


4. Darsni ma'lum bir tizimda olib borish


5. Mavzulararo bog'lanishga e'tibor berish


6. Nutqiy malakalarni mustahkamlash va til sezgirligini oshirish


Mustaqillik va faollik prinsipi.


Mustaqillik va faollik orqali o'quvchi ta'limining faol ishtirokchisiga aylanadi. Mustaqillik faollik uchun sharoit yaratilsa, faollik mustaqillikni tarbiyalashga asos bo'ladi. Mashg'ulotlarda mustaqil ishlarni tashkil etish qo'yilgan muammo, savol va topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqib o'quv jarayonini boshqarish yosh avlodda mustaqillik va faollikni tarbiyalaydi.


Buning uchun o'quvchi har bir mashg'ulotda mustaqil va ijodiy ishlashi, tilning mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalanishi, so'z boyligini oshirib borishi, ravon va aniq so'zlash malakasini egallashi darkor.


Ilmiylik va tushunarlilik prinsipi.


Ilmiylik prinsipi o'quv predmetlarini hozirgi fan yutuqlari zaminida bayon qilishni talab etadi. Tushunarlilik prinsipi esa o'quv predmetini bolalarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari, hayotiy tajribalari, tayyorgarlik darajasiga moslashtirishni taqozo etadi. Bu ikki prinsp bir-birini to'ldiradi. Bu prinsplarni amalga oshirishda quyidagilarga etibor berish talab etiladi:


- til sathlarini o'zaro bog'liqlikda o'rgatish;


- o'qituvchining fan yangiliklaridan xabardor bo'lib turishi kerak;


- o'qituvchi butun fikrini ilmga asoslanib bayon etishi lozim;


- til va nutqni farqlab o'qitishning, ixcham va talaffuz meyorlariga mos bo'lishi;


- ayrim o'quvchilarga individual munosabatda bo'lish.


Ko'rsatmalilik prinsipi.


Ko'rsatmalilik o'quvchilar bilimini oshirish va o'qituvchining mehnatini samarali qilish vositalaridan biridir.


Ko'rgazmali quroldan yangi bilim berishda ham, o'tilganlarini qaytarish va ayrim faktlarni izohlashda ham foydalanish mumkin. Ko'rgazma sifatida turli jadvallardan, boshqotirmalardan, fikrlash jarayonini tezlashtirishga qaratilgan o'quv topshiriqlaridan, kompyuterda ishlashga yo'naltirilgan dasturlardan, audiyo-video o'quv dasturlaridan foydalanish mumkin.


O'zbek tili o'qitishning o'ziga xos prinsiplari


1. Til o'qitishda tabiiylikka rioya qilish.


Maktabda til o'qitish maktabgacha tilni o'zlashtirish jarayonining tabiiy davomi bo'lishi kerak. Tilni o'qitishda tabiiylik prinspiga amal qilishda o'quvchilarning boshlang'ich sinfda olgan bilimlarini hisobga olish, til materiallarini jonli nutq tarkibida o'rgatishga e'tibor berish lozim bo'ladi.


2. Yozma nutqni og'zaki nutqqa chog'ishtirib o'rgatish.


Og'zaki va yozma nutqni o'zaro chog'ishtirib o'rgatish o'quvchilarning imlo savodxonligini oshiradi, ular orfoepik va orfografik qoidalarning farqlarini ongli ajratadigan bo'ladi. Bunday o'qitish o'quvchilarning nutq madaniyatini oshiradi. Bu prinsp quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi: tovushni harf bilan chog'ishtirish, punktuatsiyani ohang bilan chog'ishtirish, og'zaki mashqdan yozma mashqqa qarab borish.


3. O'quvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirib borish prinsipi.


Nutqning ifodaliligi va ta'sirchanligini ta'minlashga xizmat qiluvchi ko'nikma va malakalar ona tili mashg'ulotlarida shakllanadi. Tilning barcha bo'limlari ham nutqiy mahoratni rivojlantirishda keng imkoniyatga ega.


4. Til bo'limlari va ular orqali ifodalangan ma'nolarni ajratish.


O'quvchilar tilni yaxshi egallashlari uchun uning fonetikasini puxta bilishlari lozim. Fonetik qoidalar esa talaffuz meyorlarini belgilashda muhim o'rin tutadi. Fonetikani yaxshi o'rgatish imlo, leksikologiya va grammatikani yaxshi o'rgatishga ham yordam beradi.


5. O'quvchilarda yoshlikdan "til sezgirligi" tuyg'usini shakllantirish.


Bu qobiliyat tufayli o'quvchilar har bir so'z va shaklni o'zidagi mavjud bilim va malakalar yordamida tez uqib, ularni amaliy nutqqa tadbiq etadilar.


6. O'quvchilarning yozuv madaniyatini, savodini uzluksiz oshirib borish.


O'quvchilarning orfografiya va punktuatsiyaga doir bilim-malakalarini oshirish uchun og'zaki va yozma nutq doimo qiyosiy ravishda o'rganilishi kerak. Masalan, tinish belgilarini to'g'ri qo'yish uchun oquvchi gapning sintaktik qurilishini yaxshi bilishdan tashqari nutqning ohang tomonini ham fahmlay olishi zarur.


Og'zaki nutq bilan yozma nutq orasidagi munosabatni to'g'ri belgilash orqali o'quvchilarning yozuv malakalari ham takomillashib boradi.


Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi pedagogik fanlar qatorida o‘quvchilarga boshlang‘ich til asoslarini o‘rgatish, adabiy ta’lim orqali borliq va jamiyat haqida tushuncha berish, o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, kamol toptirish kabi amaliy ishlar nazariyasini ishlab chiqadi.


Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi o‘z predmetiga ega bo‘lib, u o‘zining maqsad va vazifalarini davlatimizning me’yoriy hujjatlari va ta’lim to‘g‘risidagi qonun hamda qarorlari asosida belgilaydi.
Ona tili va o‘qish darslari (adabiy ta`lim) umumta`lim maktablarida asosiy o‘quv predmetlaridan biri hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy mahorati mazkur predmetning mazmuni va o‘qitish metodlarini qay darajada egallab olishiga bog‘liq.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining maqsadi talabalarni bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi sifatida ularning hozirgi zamon metod, usul, shakl va vositalardan foydalanish qobiliyatini tarkib toptirish, dastur talablari asosida o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, shaxsini har tomonlama rivojlantirish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlariga tayyorlashdir.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi o‘quv predmetlarining mazmunidan, o‘quvchilarning hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda metod, usul va o‘qitish vositalarini tanlaydi. “Metod” yunoncha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, “bilish va tadqiqot yo‘li”, “nazariya”, “ta’limot” kabi ma’nolarni bildiradi.
“Metod” tushunchasi falsafiy va didaktik ma’nolarga ega. Falsafiy ma’noda “metod” tabiat va jamiyat hodisalarini kuzatish hamda voqealikka ilmiy nuqtai nazardan yondashish demakdir. Didaktik ma’noda bu tushuncha o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish yo‘llarini ifodalaydi.
“Metod” usullar majmuidan iborat. Masalan, “Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi” mavzusini yarim izlanishli muammoli metodda o‘qitishda o‘quvchini muammoli izlanishga undovchi vaziyatlarni yuzaga keltirishga doir turli usullardan foydalaniladi. Til materiallarini o‘quvchi o‘qiydi (to‘g‘ri o‘qish, me’yorida o‘qish, ifodali o‘qish, tushunib o‘qish kabi o‘qish texnikasini qo‘llaydi), kuzatadi (kuzatish usuli), o‘xshash va farqli xususiyatlarini aniqlaydi (taqqoslash usuli), so‘zlarning shakliga qarab guruhlaydi (guruhlash usuli), ma’lumotlarni umumlashtiradi (umumlashtirish usuli) va hokazo. Bular - aqliy faoliyatni ishga solishda qo‘llaniladigan usullar, ya’ni o‘quvchining fikrlash faoliyatini muammoli va izlanishli vaziyatga solish usullari. Ta’limiy usullar o‘quvchilarning aqliy va amaliy ishlarining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, mazkur metodda tavsiya etilgan materiallarni o‘zlashtirish shaklini to‘ldiradi. Masalan, dars jarayonida eslab qolish usuliga murojaat qilinganda usul metoddan ajraladi, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish ahamiyatini yo‘qotadi.
Voqelik haqidagi fanlarning kelib chiqishi, rivojlanishi bilan fanlarda qo‘llaniladigan metodlar - yo‘l-yo‘riqlar ham takomillasha boradi.
Fan metodlarining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan ilmiy-nazariy qonuniyatlar tashkil etadi. O‘z navbatida metodlar ilmiy nazariyalarning vujudga kelishiga vosita bo‘ladi.
Metodlar voqelikni qamrab olish jihatidan 2 turga bo‘linadi:
Barcha fanlarda qo‘llanadigan umumiy, universal metodlar. Masalan, borliqni bilish nazariyasiga oid metodlar boshqa fanlar kabi ona tili o‘qitish metodikasining ham metodologik asosi sanaladi.
Umumiy bilish metodlari quyidagilardan iborat: a) empirik (muayyan tajribaga asoslangan) metod - amaliy metod nazariy bosqichga o‘tishda qo‘llaniladi; b) nazariy metod.
Xususiy yoki maxsus metodlarga ayrim fanlar doirasida qo‘llaniladigan metodlar kiradi.
Usul – biror ishni amalga oshirish yo‘li, harakat tarzi, xili, tartibini anglatadi.
Boshlang‘ich sinflarda til va adabiy ta’limni o‘qitish metodikasida amaliy metodlardan ham, nazariy metodlardan ham foydalanish tavsiya etiladi. Amaliy metodlarga mavzu, matn va rasmlar yuzasidan savol hamda topshiriqlar tuzish, rasm asosida gap tuzish, matn mazmunini to‘ldirish, matn yaratish; matnni qismlarga bo‘lish, matnga reja tuzish; matnga sarlavha topish; matn bilan rasm o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash, gap va matnning badiiy hamda lingvistik tahlili kabilar kiradi.
Boshlang‘ich sinflarda til va adabiy ta’limni o‘qitishda ta’lim vositasi istilohi ham bot-bot qo‘llanadi. “Vosita” – arabcha so‘z bo‘1ib: 1) chora, tadbir, usul; 2) o‘rta, o‘rtadagi ma’nolarini bildiradi. Ona tili ta’limida ta’limiy maqsadga erishish uchun xizmat qiladigan narsa - predmetlar, ko‘rgazma qurollar ham ta’limiy vositaga kiradi. Shuningdek, ona tili ta’limida tashkil etiladigan mustaqil ishlar mavzuni izlanish asosida ongli o‘zlashtirish vositasiga ham, shakliga ham, metodiga ham kiritiladi.
O‘qitish metodikasi taraqqiyotida mustaqil ishlar V.V.Davidov, N.G.Dayri, M.A.Danilova, B.P.Esipov, N.A.Menchinskiy, I.T.Ogorodnikov kabi pedagog-psixologlar tomonidan didaktikaning asosiy konsepsiyalaridan biri sifatida qaralsa, V.K.Buryak, L.V.Jarovalar mustaqil ishni metod sifatida talqin qiladi. B.P.Esipov, M.M.Moro, T.I.Shamovalar mustaqil ishlar o‘quv faoliyatining shakli; P.I.Pidkasistiy esa o‘quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining vositasi sifatida ko‘rsatadilar. Taniqli ruhshunos olimlar: A.N.Leontev, P.Ya. Galperin, I.A.Zimnya, D.B. Elkonin, N. Boymurodovlar ishlab chiqqan mustaqil faoliyatni shakllantirishning psixologik konsepsiyasida mustaqil ishlarga shaxsning bilish faolligini oshiruvchi omil sifatida qaraladi.
Adabiyotlarning nazariy tahlili mustaqil ishlarga uch xil qarash mavjudligini ko‘rsatdi. Ya’ni mustaqil ishlar ta’lim metodi, o‘quv faoliyatini tashkil etish shakli, o‘quvchilarning bilish faolligini oshiruvchi vosita sifatida talqin etiladi. Bu borada milliy metodikada ham qat’iy xulosaga kelingan emas.
“Metodika” (yun. “metodike”) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig‘indisi yoki o‘qitish usullari haqidagi ta’limot2 - ta’lim berish metodlari, yo‘llari va vositalari haqidagi fandir. Boshlang‘ich sinflarda til va adabiy ta’limini o‘qitish metodikasi boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan ta’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tili va adabiy ta’limni o‘rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.
Ta’lim beruvchi mutaxassis didaktik jarayon, metod, usul, vosita, pedagogik omil, metodik omil, o‘quv materialini rejalashtirish istilohlarining ma’nolarini bilishi, farqlashi lozim.
Ta’limning samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan didaktik jarayonni to‘g‘ri tashkil etishiga bog‘liq. Didaktik jarayon barcha ta’lim muassasalarida pedagoglar uchun eng muhimi bo‘lib, bu jarayon shaxsning tanlovni amalga oshirishi uchun muhim yo‘nalish hisoblanadi. Mazkur jarayonda muayyan o‘quv vositalari o‘zlashtiriladi va qo‘llaniladi. Didaktik jarayonning tarkibi 3 ta o‘zaro aloqador qismlarni o‘z ichiga oladi: 1) o‘quvchilarni yo‘naltiruvchi; 2) o‘quvchilarning shaxsiy bilish faoliyatlarini amalga oshiruvchi; 3) o‘qituvchi tomonidan mazkur faoliyatning boshqarilishini ta’minlovchi qismlar. Ushbu qismlar barcha didaktik jarayonlarda birday amal qiladi.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘quv materiali, tashkiliy-pedogogik ta’sir ko‘rsatishni ta’minlashi, o‘quvchilarning o‘qimishlilik darajasi, vaqt kabi didaktik omillarni hisobga olishi lozim.
XULOSA

Milliy dasturda ta'lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish bo'yicha ta 'kidlangan ko'rsatm alar, uzluksiz ta'limni ta'm inlash borasidagi islohotlarni amaliyotga tatbiq etish boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sariyev Sh. Savod o'rgatish darslarida nutq o'stirish. "Boshlang'ich ta'lim" jurnali № 4. - Toshkent, 1997.

2.. Babanskiy Yu. K. Hozirgi zamon umumiy ta'lim maktabida o'qitish metodlari. - Т.: O'qituvchi, 1990.




3. G'afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. Alifbe (Savod). - Т.: O'qituvchi, 1999.
Yüklə 83,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə