Mavzu: Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining san’at asarlarini mustaqil tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish Reja



Yüklə 38,27 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü38,27 Kb.
#142860
  1   2
Mavzu Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining san’at asarlarini must-fayllar.org


Mavzu: Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining san’at asarlarini mustaqil tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish Reja

Mavzu:Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining san’at asarlarini mustaqil tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish
Reja:
  1. ART texnologiya – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining san’at turlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmasini shakllantirish asosi.


  2. San'at va bilish nazariyasi.


  3. San'at turlari.


  4. She'riyat va badiiy adabiyotning inson ma'naviy rivojlanishidagi o'rni.





ART texnologiya – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining san’at turlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmasini shakllantirish asosi. Hozirgi zamon insoniyatning rivojlanish jarayonida texnika va texnolorgiyalarning taraqqiy etib borayotganligi shaxsning estetik didi, ongi va madaniyatini talab darajasida shakllantirishni taqozo etadi. Chunki texnika va texnologiyalarning rivojlanishi shaxs ongida texnokratik fikrlash, ya’ni go‘zallik hissining susayishi va aksincha reallikning ustuvor bo‘lishi tarkib topadi. Shu sababli pedagog mutaxassislar keyingi yillarda ART texnologiya vositasida ta’lim oluvchilarning ongini shakllantirish va ularning kreativ fikrlash ko‘nikmasini tarkib toptirishga alohida e’tibor berishmoqda. Mazkur masala bo‘yicha ham mamlakatimizda maxsus pedagogik fanlar ta’sis etilib, ulardan birini “ART texnologiya va kreativlik” o‘quv fani tashkil qiladi. Mazkur o‘quv fani vositasida oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muhim vazifalardan hisoblanadi.
ART texnologiya boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining san’at turlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishning muhim asoslaridan biri sifatida amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu masala quyidagilar bilan belgilanadi:
  1. ART texnologiya vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyasini amalga oshirish;


  2. ART texnologiya vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining san’at bo‘yicha ko‘nikmalarini tarkib toptirish;


  3. ART texnologiya vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy yondashuvini rivojlantirish.


Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kompyuter kabi o‘quv-texnik vositalardan keng foydalanmoqda. Ayniqsa, kompyuter vositasida juda ko‘p yangi ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Shu sababli ularda texnokratik fikrlashning tarkib topishini susaytirishda ART texnologiyaning ahamiyati muhim. Chunki ART texnologiya so‘z san’ati vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini, musiqa san’ati vositasida ularning estetik tuyg‘ularini va tavsiriy san’at vositasida esa ularning estetik didini kutilgan darajada shakllantirish imkoniyatiga ega. Bu borada ayniqsa, o‘quvchilarning kitobxonlik, musiqa tanlay olish va tasviriy san’at namunalarini tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki kitobxonlik ART texnologiyasining so‘z san’ati negizini tashkil etadi, musiqa tanlay olish ko‘nikmasi esa musiqa san’atining muhim asosidir va tasviriy san’at namunalari esa mazkur san’atning tarbiyaviy ahamiyachtini belgilaydi. Shu sababli texnologik rivojlanish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ART texnologiya asoslari vositasida tarbiyalash muhim amaliy ahamiyatga ega.


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rivojlanish jarayonida bo‘lganligi aynan ART kabi texnologiyalar vositasida tarbiyalash kutilgan samarani beradi. Shu jihatdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z va uning ma’nolaridan zavqlanish, musiqaning estetik ta’siridan ruhlanish hamda tasviriy san’at namunalaridan estetik ruh olishi tarbiyaviy jarayonning muhim komponentlarini tashkil qiladi. Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha mutaxassislar o‘quvchilarning nihoyatda keng ma’lumotlar olamida yashayotganligi va ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilayotganligi muammosi qiziqtirmoqda. Axborot olamida turli-tuman ma’lumotlarning mavjud bo‘lishi ART texnologiya kabi tarbiya vositalarining imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo etadi. Chunki bunday texnologiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘rinsiz asabiylik, tushkunlik, o‘ziga ishonchsizlik kabi illatlardan himoya qiladi. Aksincha, ularning fazilatlarini shakllantirishda muhim vosita vazifasini bajaradi.
San’at keng ma’noli tushunchadir. Zero, san’at inson mehnati, aql - idroki, shuuri bilan yaratilgan, vujudga kelgan, ijod qilingan narsalardir. San’at inson faoliyatining ijodkorlik turini anglatib, har bir san’at asarida shaxsning o’ziga xos iste’dodi namoyon bo’ladi. Va nihoyat, san’at insonning mahorati bilan chambarchas bog’liqdir. San’at, keng ma’noda, badiiy qadriyatlar, ularni yaratish (badiiy ijod qilish) va iste’mol (badiiy idrok etish) jarayonlarini ham qamrab oladi. San’at hozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda rivojlanib kelgan. O’zbekiston hududida, Ispaniya, Sahroi Kabir va boshqa bir qator qadimiy o’lkalarda uchraydigan qoyalarga o’yib tushirilgan hayvonlarning tasvirlari hozirgi davr nuqtai nazaridan ham nafosatli qiymatga ega. Bu yodgorliklar badiiy faoliyat kurtaklari endigina ko’rinib kelayotgan inson nafosatli faoliyatining natijalari edi.
San’at tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy ehtijlarni qondirib kelgan. San’at ijtimoiy hayotning murakkab, rango - rang munosabatlari bilan aloqador bo’lib, u bir vaqtning o’zida ham mehnatning alohida turi, ham ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ham ijtimoiy ongning bir shakli, ham o’ziga xos bilim sohasi, ham ijodiy faoliyatning bir ko’rinishi sifatida amal qiladi. San’at ijtimoiy hayotning mustaqil bir sohasi bo’lib, o’ziga xos qonuniyatlari vazifalariga ko’ra u alohida jamiyat birligini ifodalaydi. San’at jamiyatning barcha tomonlariga ta’sir o’tkazadi, ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan aloqaga kirishadi, hayotning turli jabhalarida odamlar faoliyat olib borishlarini rag’batlantiradi.
San’at bilan ijtimoiy hayotni bog’lab turadigan juda ko’p vositachi xalqalar mavjud. har qanday badiiy hodisa - muayyan asar, uslubiy yo’nalish bo’lsin, ular vujudga kelishi va rivojlanishida diniy, aхloqiy amallarning ta’sir kuchi darajasi bilan belgilanadilar, baholanadilar, o’lchanadilar.
San’at taraqqiyotining nisbiy mustaqilligi shu bilan izohlanadiki, jamiyat badiiy ravnaqining darajasi hamma vaqt ham uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga mos kelavermaydi. San’atning taraqqiyoti yoki tanazzuli, uning u yoki bu turi, ko’rinishining yorqin ifoda topishi aniq ijtimoiy munosabatlar tabiatiga, muayyan guruhiy kuchlar nisbatiga, mafkuraviy hayot xususiyatlariga, jamiyatda shaxs egallab turgan maqomiga, albatta, bog’liqdir. Masalan, qadimgi dunyo san’atining ravnaqi bir qator shart - sharoitlar va omillarning bir - biriga mos kelishi va o’ta qulay vaziyatning vujudga kelishi orqasida qaror topdi. San’atning jamiyat hayotida nisbiy mustaqil amal qilishi vorisiylik qonuniyatining namoyon bo’lishi bilan ham bog’liq. Vorisiylik faqat san’atga xos bulgan hodisa emas. U ijtimoiy ongning hamma shakllariga taalluqlidir. Vorisiylik jamiyat moddiy asosi bilan bog’liq bo’lgan siyosiy va huquqiy ong sohalarida ko’proq namoyon bo’ladi.
Vorisiylik ma’naviy hayotning hayotning barcha jabhalarida mavjud. Ammo, hayotning barcha tomonlarini qamrab oluvchi iqtisodiy zamindan ancha yiroq bo’lgan san’atda vorisiylik yorqin, to’la, har tomonlama tarzda namoyon bo’ladi. San’atning hamma qirralari - mavzu yo’nalishi, g’oyaviy - ruhiy qoida va ohanglari, ijodiy aqidalari, uslubi, tur va shakllarining ifodali vositalari vorisiylikdan ayniqsa bo’rtib ko’rinadi.
Ijtimoiy ongning boshqa shakllarida bo’lganidek, san’atda ham bilish va mafkura bir - biri bilan chirmashib, o’zaro bog’lanib ketgan. Turli tarixiy bosqichlarda va san’atning turli ko’rinishlarida bilish va mafkura o’zaro mutanosiblikda amal qiladi. San’atning bilish jarayonidagi burch - vazifasi badiiy adabiyot vositasida yaqqol ko’zga tashlanadi. San’at bilishning alohida turi sifatida mushohada etilganda, odatda, badiiy adabiyot asarlariga suyaniladi. Musiqaning bilish - anglash imkoniyatlari badiiy adabiyotga nisbatan biroz cheklanganligi ma’lum, lekin voqelikni alohida noziklik, sezgirlik, samimiylik ruhida in’ikos etishda musiqaning ahamiyati katta, u odamlarning ruhiy holatini, ichki dunyosini, kechinmalarini, his tuyg’ularini betakror nozik ohang - kuylarda ifodalaydi. Huddi shunga o’hshash burch - vazifani me’morchilik ham bajaradi. Odamlar ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq san’at turi bo’lgan me’morchilikda davr xususiyatlari va belgilari, odamlar maishiy hayoti, did - farosatlari, umid - orzulari aks etadi.
San’at o’z mavzui doirasida bo’lsa ham fan singari beqiyos bilish - anglash imkoniyatlariga ega. Lekin san’atning badiiy bilish - anglash jarayoni o’ziga xususiyatlar doirasida sodir bo’ladi. San’at voqelikni badiiy vositalar orqali yanada to’la qonli, jozibali anglashga yordam beradi.
Ijtimoiy ongning har bir muayyan shakli voqelikning bir tomonini aks ettiradi. San’at ijtimoiy ong shakli sifatida voqelikni badiiy bilish - anglash jarayonida uning voqelikni badiiy tasvirli shaklda anglash manbalaridan biri bo’lib, inson maydonga chiqadi. Insonni in’ikos etish, bilish - anglash masalalari bilan fanning juda ko’p sohalari shug’ullanadi, lekin inson muammosiga san’at va fan sohalari turlicha yondoshadilar. Insonni atroflicha o’rganish jaryonida tabiiy va ijtimoiy fan tarmoqlari ham mushohada etadilar; Masalan, tabiiy fanlar insonni biologik mavjudot sifatida o’rganib in’ikos etsa, ijtimoiy fanlar insonni shaxs sifatida tahlil qiladi. Ammo, ijtimoiy fanlar ham inson shaxsiga o’z vazifalari nuqtai nazaridan yondoshadilar: ruhshunoslik insonning ichki dunyosini, ruhiy kechinmalarini o’rganadi: iqtisod nazariyasi insonga muhim ishlab chiqaruvchi kuch sifatida qaraydi: siyosatshunoslik insonning siyosiy munosabatlar jarayonidagi o’rni masalasi bilan shug’ullanadi: aхloqshunoslik insonni xulq - atvori qoidalari bilan birga tadqiq etadi: estetika - insonning voqelikka estetik munosabatini ochib beradi va h.
San’at uchun esa inson o’zining biologik, ruhiy, ijtimoiy - guruhiy, milliy - ajdodiy va sof yakka holdagi barcha belgi va xususiyatlari jihatidan o’zaro bog’lanib, chirmashib ketgan yaxlit, yagona, nodir, qaytarilmas shaxs qiyofasida bosh mavzu bo’lib xizmat qiladi. San’at voqelikning barcha jozibali boyliklarini, ko’rkamligini qamrab olishga qodir. Mazkur voqelik esa ijtimoiy shaxs bo’lib etishgan insonning tub ehtiyoj va manfaatlari in’ikosi sifatida ifodalashi lozim.
Fan va texnika inson hayotida qanday ulkan ahamiyat kasb etishidan qat’iy nazar, san’atda ustivor ahamiyatli maqomga ega bo’lishi mumkin emas. San’atda fan odamlar uchun yaratiladigan insoniy faoliyat timsoli bo’lib xizmat qiladi. Mabodo ilmiy - texnik, ekologik, boshqaruv muammolari, his - tuyg’ulari, ma’nodan mahrum etilsa, u erda san’at bo’lmaydi. San’at hissiyotlar, tuyg’ular bilan tirik, u hissiy ta’sir etish, ibrat ko’rsatish, tarbiya berish qudratiga egadir.
San’atda inson hamma vaqt ham bevosita ifodalanmaydi. Masalan, san’atning manzara tasviri yoki natyurmort turida inson qiyofasi ifodalanmaydi. Bu hol inson mazkur san’at asarlarida aks etmaydi, degan emas. Manzara tasviri inson his - tuyg’ularining eng nozik va eng jozibali qirralarini namoyon etadi. Masalan, Hrol Tansiqboev, Ne’mat Qo’ziboev, Rahim Ahmedov, Ro’zi Choriev kabi musavvirlarning manzarali tasvir asarlari orqali insonda yorqin mayuslik, beozor shodlik, tashvishli ehtiros, ko’tarinki ruh, hayotbahsh orzu - umidlar, ijodkorlik va yaratish his - tuyg’ulari uyg’otadi. Bu asarlarda insonda his - tuyg’ular, hilma - hil kechinmalar qo’zg’ab, inson diliga, uning ruhiga ta’sir o’tkazish bilan san’at va inson yaxlitligini, hamohangligini paydo qiladi.
Tasviriy san’atning natyurmort turi ko’proq jonsiz narsalar - mevalar, gullar, taomlar, ichimliklar tasviridan iborat bo’lib, ularda odam aksini ko’rmasakda, bu hil asarlar mavzui baribir inson, uning hayoti haqida ekanligini anglaymiz. Golland musavviri Vilem Hedaning «Somsa bilan nonushta» natyurmortida o’ta mahorat bilan chizilgan qadah, g’ijimlangan dasturhon, unga to’kilgan may tasvirlarini ko’zdan kechirar ekanmiz, nafaqat shisha sathini, dasturhon sifat ko’rinishini, ehtiyotsizlikdan to’kilgan mayni, balki inson iliq nafasini, uning qo’llari iazkur manzaraga taalluqli ekanini ochiq - oydin his etamiz. Nihoyat, bizni hozirgina sodir bo’lgan inson dramasini sezish orqali vujudga kelgan qandaydir tashvishli bir hol chulg’ab oladi.
Shunday qilib, san’at nafaqat insonning o’zini, balki uning idrok etishi mumkin bo’lgan barcha narsalarni, voqea - hodisalarni aks ettirib, hissiy tuyg’u keltirib chiqaradi. san’at insonni bevosita aks ettirmasada, biro narsaga inson munosabatini faol ifodalaydi, biror narsani inson mezoni bilan baholaydi. Baholashda esa hamisha inson mohiyatini anglashga qaratilgan bilish holati mavjuddir. San’at narsalarda, tabiat hodisalarida inson uchun ahamiyatli bo’lgan ma’no izlaydi, qidirib topadi va ishga soladi. San’at voqelikning har qanday hodisasida ijtimoiy ma’no paydo qiladi.
San’atning ijtimoiy hayotda tutgan o’rnini belgilash ko’p jihatlardan uning mafkuraviy tabiatini anglash bilan bog’liq. Ammo san’atni mafkuradan butunlay ajratib mushohada etmaslik hamda san’at bilan mafkurani bir - biriga qorishtirib yubormaslik lozim.
San’at ham, mafkura ham tarixiy hodisa, lekin san’at mafkuradan oldin vujudga kelgan. Mafkura esa qarama - qarshi ijtimoiy guruhlar qarashlari natijasida qaror topadi. Shu bois ijtimoiy guruhlar mafkurani o’zlarining qarashlari ifodasi sifatida ta’riflaydilar. Zero, mafkura u yoki bu ijtimoiy guruh faoliyatining maqsad - yo’nalishlarini nazariy asoslab, mazkur maqsadlarini amalga oshirish yo’llarini belgilab beradi. U ijtimoiy guruhlarning aniq yo’nalishiga mo’ljallangan hatti - harakatlari va xulq - atvorlari dasturini ishlab chiqishga g’oyaviy - nazariy asos bo’lib izmat qiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, san’at hech vaqt u yoki bu mafkura, u yoki bu qarashlar ifoda vositasi bo’lib qololmaydi. San’at umuminsoniy manfaatlar va intilishlarning to’g’ridan to’g’ri ifoda vositasidir. har qanday mafkura umuinsoniy bo’lsagina san’at mag’zidan o’rin oladi. Mafkuraning san’at mag’ziga kirib, singib borish jarayoni ko’p shakllar va yo’nalishlarga ega. Ijodkor dunyoqarashi umuminsoniy estetik omillar ta’siri ostida shakllanadi.
Mafkura kishilarning diniy - aхloqiy estetik qarashlari tizimida estetik orzuga aylansagina san’atda ro’yobga chiqadi. Estetik orzuda estetika va mafkura qirralari yaqindan chirmashib ketgan bo’ladi. Voqelik mohiyatiga kirib borish estetik orzuning tabiatiga, uning haqqoniyligiga bog’liq. Mfkura san’atda badiiy aks ettirish mavzui sifatida ham namoyon bo’lishi mumkin. Muayyan jamiyat hayoti san’atda har tomonlama ifodalanadi. San’atda mafkura ma’naviy hayotning tarkibiy qismlardan biri bo’lib xizmat qiladi. San’at mafkuraviy omillar bilan qo’shilib ketadi va o’ziga xos mafkuraviy qiymatga aylanadi. San’at mafkuraviy jarayonlar sohasida jamlanib, o’z o’rniga ega bo’ladi. San’at inson ruhining eng chuqur qatlamlariga kirib borib, ijtimoiy g’oyalar «vositachi»si vazifasini o’taydi. Mazkur g’oyalarni tomoshabin, o’quvchi, eshituvchi, faqat ko’rish bilan emas, balki qahramon kechinmalariga sheriklik hissi orqali ham idrok etadilar.
San’at va siyosat o’zaro oshkora yoki niqobli tarzda namoyon bo’ladi. Bu erda san’at amal qilayotgan davr, uning turlari va ko’rinishlari, ijodkor dunyoqarashi katta ahamiyat kasb etadi.
San’at bevosita siyosiylashgan hollarda u yoki bu siyosiy orzu - umidlarni ochiqdan - ochiq himoya qilishi, u yoki bu turmush tartibotini qaror toptirishi yoki rad etishi mumkin. Masalan, Aristofan komediyalari, Shiller dramalari, Beranje ashula matnlari, David va Delakrua suratlari, Gulhaniy «Zarbulmasal» asarida, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va Avaz Htar o’g’li hajviy she’rlari shular jumlasidandir.
O’tmish ijodkorlari muayyan ijtimoiy guruh manfaatlari yo’lida siyosat bilan bog’lanib qolganlarini o’zlari fahmlagan holda asarlar yaratganlar. Chunki, ijodkor asar yaratish o’z davrining siyosiy hayotidan butunlay holis bo’lishi, o’zining siyosiy qarashlari va g’oyalaridan mustasno tarzda ijod qilishi qiyin. Lekin, o’z tabiati va mohiyati jihatidan hilma - hil bo’lgan siyosiy mafkura san’atga turli darajada ta’sir o’tkazadi. Ilg’or, taraqqiyparvar ruhdagi siyosiy g’oyalar barcha davrlarda ham ijodkor iste’dodiga samarali ta’sir ko’rsatgan va san’atning ravnaqi uchun zamin bo’lib xizmat qilgan va aksincha, qoloq hamda mustabid ruhdagi siyosiy qarashlar hatto eng ulug’ ijodkorlar faoliyatlariga ham halokatli ta’sir o’tkazib, ular iste’dodlarini kishanlab qo’ygan. Buni biz Sho’rolar davrida o’zbek adabiyotida hamid Olimjon, g’ofur g’ulom, Oybek, Abdulla qahhor, Uyg’un ijodida ko’rishimiz mumkin. San’at va aхloq o’zaro munosabatlari estetikada o’zak masalalardan biri bo’lib, bu masalaga uch uslubda yondoshiladi. Birinchisi - »aхloqiylik» uslubi deyiladi. Bu uslub Ovrupo nafosatshunosligidagi yunonlar, jumladan Aflotun, yangi lavrda esa Russo va L.N. Tolstoy ijodida kengroq va chuqurroq ishlab chiqilgan. «Aхloqiylik»ning mohiyati shundaki, uning targ’ibotchilari tarixan turli davrlarda yashaganiga qaramay, badiiy ijodni aхloq - odobga bo’ysundirish, ezgulikni san’atning birdan - bir va eng oliy maqsadi sifatida targ’ib etishdir.
Ikkinchi yondoshuv san’atni aхloqdan «ozod qilish» uslubidir. Dastavval qadimgi dunyo tanazzuli paytida vujudga kelgan bu yondoshuv Ovrupoda rivojlangan kapitalistik jamiyat bag’rida mustaqil nafosatli oqimga ajralib chiqdi. Dastlabki paytlarda «aхloqsiz» yondoshuv san’atga Ovrupo burjua iste’molchiligi ruhiga qarshi norozilik tarzida, ya’ni san’atni hukmron doiralar aхloqi va odobi qoidalariga bo’ysundirishga qarshi kurashish ruhida vujudga keladi. Bu hol Oskar Uayld, Edgar Po, Bodler kabi ijodkorlar asarlarida aks ettirilgan. XIXasr ohirlaridan boshlab oshkora estetik aхloqsizlik keng targ’ib qilina boshlandi. Masalan, olmon faylasufi F. Nitcshe aхloqiylik ruhi san’at erkinligini bo’g’adi, san’at ezgulikdan ham, yozuvlikdan ham mustasno bo’lishi kerak, deb uqtirgan edi. Uchinchi yondoshuv - san’atda aхloqiylik bilan «aхloqsiz»likni birlashtirish uslubidir. Bu uslubni ilk bor Arastu nazariy jihatdan asoslagan. Keyinchalik u inqilobiy demokratik oqim tarzida qaror topdi. Mazkur badiiy ijod uslubi mohiyatida san’atning aхloqiy - tarbiyaviy ahamiyatini yuksak baholash mavjud bo’lib, unda aхloqiy ibtido estetik orzuga nisbatan tashqi qobiq vazifasini emas, balki uning ichki tarkibiy mag’zini ifoda etadi. Bu uslubdagi yondoshuvga ko’ra, san’at aхloqiylikning estetik maktabi bo’lib xizmat qiladi, san’at asarlarida badiiylik bo’lmasa, u aхloqiylikdan mahrum bo’ladi. Boshqacha aytganda, badiiylik hamma vaqt aхloqiylikni, aхloqiylik esa yuksak darajadagi nafosatli didni taqozo etadi.
San’at va aхloqning bosh mavzui insondir. San’at insonning maqsad - manfaatlari, fikr - mulohazalari, his - tuyg’ulari, ichki kechinmalari nuqtai nazaridan aks ettirsa, aхloq inson ijtimoiy aloqa lari va munosabatlarining mag’ziga singib ketadi. hayotda, mayyan jamiyatda aхloq - odobga aloqador bo’lmagan biror voqea - hodisa sodir bo’lmaydi. Odamlarning o’zaro munosabatlari va muomalalari aхloqning bevosita ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. San’at qadim davrlardan beri din bilan uzviy bog’liq holda rivojlanib kelgan. qadimdan san’at va din aqidaviy bir butunlikni tashkil etgan edi. San’at va din ijtimoiy ongning ma’naviy amaliy shakllari qatoriga mansub bo’lib, ularning ikkalasiham iqtisodiy zamin ustidagi g’oyaviy ustqurmaning «yuqori qavati»dan o’rin egallaydi.
San’at va din zaminida yotgan his - tuyg’u bir hil ma’noga ega emas. Masalan, san’atda ham, dinda ham xayol surish mavjud bo’lib, badiiy xayol surish diniy xayoldan tubdan farq qiladi. Din voqelikka mavhum, qiyosiy tarzda xayol qilsa, san’atda xayol voqelikka nisbatan ramz - timsollar vositasida qaratilgan bo’ladi.
San’atning ijtimoiy mazmuni xalqchillik tushunchasi orqali namoyon bo’ladi. Bu tushuncha hozirgi sharoitda muhim ahamiyatga molik bo’lib bormoqda. Umuminsoniy va milliy manfaatlar hamda qadriyatlarga amal qilish san’at xalqchilligini ta’minlaydi.
Nafosat nazariyasida xalqchillik muammosi muhim o’rin tutadi. San’atda xalqchillik uning vorisiylik, tarixiylik, milliylik va umuminsoniy tushunchalari bilan nazariy va amaliy jihatdan chirmashib ketgan.
Xalqchillik tushunchasi san’at ravnaqining bir qator yo’nalish va tomonlarini tavsiflashga yordam beradi. Mazkur yo’nalishlardan ilk bor xalq ijodi ajralib chiqqan. Xalq yaratgan va iste’mol qilinadigan badiiy faoliyat turlari va ko’rinishlariga xalq ijodi deyiladi. Xalq og’zaki ijodi, xalq musiqasi, xalq raqslari, xalq amaliy san’ati, xalq badiiy hunarmandchiligi, xalq me’morchiligi va boshqalar xalq amaliy san’atining hillari va ko’rinishlaridir. Odatda bu hil san’at asarlari muallifsiz jamoaviy holda yaratilgan bo’lib, ularda an’analar, rasm - rusmlar, urf - odatlar katta ahamiyat kasb etadi. Xalq ijodi ijtimoiy taraqqiyotning boshlang’ich bosqichlarida san’atning yagona shakli sifatida amal qilgan. Unda san’atning xalqchil tabiati nisbatan sodda tarzda namoyon bo’lib, xalq turmush tarzining hilma - hil qirralarini qamrab olgan.
San’atda xalqchillik ruhi haqqoniylik ruhi bilan hamohangdir. haqqoniylik hamma vaqt xalqchillik mazmuniga ega bo’ladi, chunki haqqoniylik xalqning maqsad - intilishlariga mos keladi, uning ma’naviy ravnaqi va aхloqiy barqarorligiga xizmat qiladi. Va aksincha, har qanday yolg’on aхloqsizlikning o’zginasidir. Demak, xalqchillik bilan haqqoniylik o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib, badiiy asar to’qimasiga sngdirilgan badiiy haqiqat jamiyat va xalq hayotida ulkan ahamiyat kasb etadi.
San’at xalq muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichida taraqqiyparvar ijtimoiy kuch sifatida ifodalansa, bunday san’at jamiyat rivojiga xizmat qiladi va unda xalqchillik ruhi yorqin namoyon bo’ladi. San’atkor ijodining xalqchilligi esa u mansub bo’lgan o’z xalqining amaldagi ozodligi, erkiga qanchalik xizmat qilishi bilan o’lchanadi.
Shuningdek, san’atning xalqchilligi unda umuminsoniy qadriyatlar qay tarzda aks etishiga ham bog’liq. San’atkor ijodida umuminsoniy qadriyatlarning, insonparvarlik ruhining barqaror bo’lishi ijodkor xalqchilligini belgilaydigan asosiy mezondir.
2. Badiiy madaniyat murakkab tizimdan iborat bo’lib, unda san’at turlari muhim o’rin tutadi. San’atning ayrim turlarga bo’linib ketganligi uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot xosilasi bo’lib, qadimda badiiy faoliyat sohalariga - turlarga bo’linmagan edi. Keyinchalik san’atning bir necha turlari qaror topdi.
San’at turlari san’atga xos bo’lgan umumiy belgilarga ega bo’lib, ularning har biri: adabiyot, me’morchilik, musiqa, tasviriy san’at va shu singari muhim ko’rinishda namoyon bo’ladi. San’at turlarida xususiyning umumiyga nisbatini ko’ramiz. Nafosatli tafakkurning tur xosil qilish manbalari ikki yo’nalishida vujudga kelgan. Manbaning birinchi yo’nalishi - voqelikning murakkabligi, ko’p qiyofaligi, har tomonlamaligidir. Masalan, san’at u yoki bu turining vujudga kelishi uning voqelikni qaysi tomonini aks ettirishga qaratilganligidir. Nazm va tasviriy san’at turlari bir - biriga qiyoslanganda, ularning mavzulari boshqa - boshqa bo’lib, mavzu xususiyatlari esa tasvir vositalaridan kelib chiqqanligini ko’ramiz. Ikkinchi yo’nalish - inson his - tuyg’usi boyligi, idrok etish xususiyatlari, inson ma’naviy qobiliyati bilan bog’liq.
San’at turlari vujudga kelish manbaiga ega bo’lgan bu ikki nuqtai nazarda o’zaro ziddiyat yo’q, lekin ma’lum farqlar mavjud. San’at turlarining xosil bo’lishida voqelikning hal qiluvchi ahamiyatini tan olgan holda, avvalo, inson idroki xususiyatlarini e’tiborga olib, san’atkor foydalanadigan moddiy ashyo xususiyatlarini ham nazardan qochirmaslik kerak. Moddiy ashyo ko’p jihatlardan u yoki bu san’at turiga xos bo’lgan tasvirli - ifodali vositalar xususiyatlarini yuzaga keltiradi.
San’at turlari bir - birining o’rnini bosolmaydi: ularning har biri mustaqil, o’zicha nodir va betakror bo’lib, voqelikning bir tomonini bevosita aks ettiradi Hsha tur u yoki bu insoniy his - tuyg’ularni ifodalashda boshqa turlarga nisbatan ustivor o’rin egallaydi va muayyan cheklanganlik xususiyatiga ega bo’ladi. Masalan, badiiy adabiyot hayotni keng va teran aks ettirishda, inson ruhiy - aqliy tomonlarini ochib berishda tengi yo’q san’at turi bo’lsa - da, u ma’lum cheklanganlik xossasiga ega. Badiiy adabiyot inson his - tuyg’ulari, sezgilari qirralrini ifodalashda musiqaga, tasviriy san’atga teng kelmaydi. hatto adabiyot, musiqa, tasviriy san’at «qorishmasi»dan vujudga keladigan kino san’ati ba’zi jihatlari bilan adabiyot, musiqaning o’rnini bosolmaydi. Shu bois san’atning bir turini boshqasiga qarshi qo’yish yoki ular o’rtasiga baland - past zinapoyalar tashlash maqbul emas: san’at turlari teng asosda harakat qilib, voqelikni aks ettirishda bir tur boshqa turlarga nisbatan ustivor darajada namoyon bo’ladi. Masalan, san’atning bilish vazifasi badiiy adabiyotda va u bilan bog’liq boshqa turlarda alohida bo’rtib ko’rinadi: musiqa inson his - tuyg’u madaniyati, tasviriy san’at sinchkov kuzatish madaniyati: ochiq sahna (estrada) va cirk san’ati esa ko’ngil ochish, tamosha madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. San’at amaliyoti davomida uning ikki xususiyati - ajralish va jamlanishga moyillik yaqqol ko’zga tashlanadi. Ajralish san’ati yangi turlarining vujudga kelishi, ularning mustaqillikka intilishi bilan bog’liq bo’lsa, jamlanish san’at turlarining biror qorishmaga (sintezga) intilishida ko’rinadi. Bu ikki moyillik insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotining barcha davrlariga xosdir. Ammo u yoki bu davrda ulardan biri ustivor bo’lgan va har hil mazmun kasb etgan. San’atni hozir fazoli, vaqtli, fazoli - vaqtli ko’rinishlarga bo’lib o’rganish taomilga kirgan. Fazoli ko’rinishga tasviriy san’at, haykaltaroshlik, chiziqli rasm (grafika), amaliy san’at va me’morchilik; vaqtli ko’rinishiga badiiy adabiyot va musiqa, fazoli - vaqtli ko’rinishga esa teatr, kino «oynai jahon» kiradi.
Hodisalarning aniq - tuyg’uli qiyofasini aks ettirishi yoki aks ettirmasligiga qarab tasvirli va tasvirli bo’lmagan ko’rinishlarga ham egadir. Tasviriy san’at va haykaltaroshlikda hayot manzaralari voqelikning his - tuyg’uli qiyofasini yaratish orqali namoyon bo’lsa, adabiyot va musiqada hayot manzaralari fikrlar va tuyg’ular oqimini umumlashtirish asosida aks ettiriladi. Masalan, adabiyot va musiqa moddiy jism (narsa) ning his - tuyg’uli qiyofasi idrokini xosil qilmaydi, balki voqelikni kechinmalar, his - tuyg’ular orqali aks ettirib, yuksak tasvir darajasiga erishadi. Adabiyot va musiqa «tili»ga boshqa san’at turlari qiyofalarini «ko’chirib» ifodalash mumkin. Tasviriy san’at esa rango - rang tuyg’uli - idrokli jismiy olamni bevosita aks ettirishda faqat ifoda ramzidan foydalanadi. Rang, yorug’lik, nur - soya kabi tasviriy - ifodaviy vositalar orqali voqelikdagi sezgi va tuyg’ularni umumlashtirgan holda namoyon qiladi.
San’at turlari idrok etish jihatdan ham har xil ko’rinishlarga bo’linadi; ular ko’z bilan ko’riladigan asarlar bo’lib, tamoshali san’at turlari deb ataladi. Bularga tasviriy san’at, haykaltaroshlik, me’morchilik, badiiy foto asarlari kiradi. Musiqani eshitiladigan san’at turi deymiz. Teatr san’ati esa ham tamoshali, ham eshitiladigan san’at turidir.
San’at ijtimoiy hayotning mustaqil sohasi bo’lishi bilan birga inson faoliyatining badiiy bo’lmagan sohalari bilan ham chambarchas bog’liq. San’at turlari xususiy - badiiy burch - vazifalari bilan birga foydali - amaliy burch - vazifalarni ham bajaradi. Bu jihatdan san’at turlarining foydali - amaliy burch - vazifalarini ikki burchli, bir burchli, tadbiqiy va «toza» burch - vazifa ko’rinishlariga bo’lish mumkin. Me’morchilik, amaliy san’at, xalq hunarmandchiligi, tadbiqiy burch ko’rinishiga ega. Bu san’at turlarida badiiylik foydali - amaliy idrok bilan uzviy birlikda namoyon bo’ladi. Masalan, harbiy musiqa davlat madhiyasi yoki adabiyot, tasviriy san’at sohalarining (bayroq, tamg’a) axborot - hujjat tomonlari shunday xususiyatga egadir.
Badiiy adabiyotning epik turida voqelik keng va ko’p tomonli holda qamrab olinadi, inson xulq - atvorini shakllantiradigan va uni harakat qilishga undaydigan shart - sharoitlar bilan uzviy bog’liq tarzda bayon qilinadi. Unda tashqi olam qonuni hukmronlik qiladi, tasvirlanayotgan voqelikka, narsalarga muallif munosabati, odatda, bayon qilish uslubi asar tartibi ichiga yashiringan bo’ladi. Epik asar hamma vaqt erkin yozma bayon (insho) usulida ifodalanadi, unda ko’proq tasvirlash ustunlik qiladi. Epik asar mazmuni tasviriy qismlar, qahramonlarning fikr - mulohazalari va kechinmalari tasviri orqali namoyon bo’ladi.
Epik adabiyotda voqelik tasvirining kengligi, mufassalligi, hayot manzaralarini yaxlit yaratishga intilish, voqealar tasvirini bayon qilish tarzi bu turning ba’zi shakliy belgilarini ham izohlaydi. Tasvirning bayon tarzi, uning batafsilligi qismlarining nisbiy mustaqilligi, harakat sodir bo’lishining sekin - astaligi, asar badiiy tizimining erkin tarkib topishi, harakatning tugal emasligi kabi belgilar shular jumlasidandir. Epik asarlar o’z mazmuni va shakliy belgilari jihatidan nasriy ifodaga moyil bo’lib, unda to’la va jozibali bo’y ko’rsatadi. Epik adabiyot ko’proq nasriy bayonga mo’ljallangan holda, lirik adabiyot asosan nazm orqali bayon etiladi. Agar epik asarlarda voqelikning keng manzarasi - tashqi olam ruhi hukmron bo’lsa, lirik adabiyotda ko’proq inson ichki holati ifodalanadi. Arastu ta’kidlaganidek, lirik adabiyot muallifi o’zi yaratgan asari bilan yaxlit birlikni tashkil qiladi va bunda o’zligini ham saqlab qoladi. Ba’zan lirikada tasvir tomonlar zaif holda aks etib, ko’proq muallif fikr va tuyg’ulari ifodalanadi. Bu uning voqelikni aks ettirishning muhim shakli bo’lib qolishiga halal bermaydi. Lirik adabiyotda tashqi dunyo bevosita emas, bilvosita, ya’ni fikr va tuyg’ular orqali aks ettiriladi. Shoirning shaxsiy fikr va tuyg’ulari o’zi yashab turgan davrning ilg’or fikr va tuyg’ulariga hamohang tarzda umumxalq, umuminsoniy ahamiyat kasb etadi. Bunga Yassaviy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Mahtumquli, Muqimiy, Furqat, Cho’lpon, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov lirikasi yorqin misol bo’ladi. Lirikada fikr bilan tuyg’u chirmashib, tutashib ketadi. Unda sezgi bilan bezangan, his - tuyg’ular bilan to’lib toshgan fikr bevosita kechinmalar shaklida namoyon bo’ladi. Lirika olam va inson haqida eng murakkab, eng teran fikrlarni ifodalash qudratiga ega. Lirika bevosita tasvir uslubidan foydalanmasligi jihatidan musiqa va raqsga yaqin bo’lsada, o’zining so’z bilan qat’iy birligi tufayli u inson ma’naviy hayotining hamma qirralarini ifodalash imkoniyatiga egadir. Badiiy adabiyotning ko’pgina asarlari bir vaqtning o’zida hamepik, ham lirik tur belgilariga ega bo’ladi. Masalan, o’zbek adabiyotida Cho’lpon va Usmon Nosir, Abdulla Oripov va Erkin Vohidov lirikasida badiiy uslub hilma - hilligidan qatiy nazar, ular ijodida lirik va epik tomonlar qorishmasimavjudligini ko’ramiz. ularning ham lirik, ham epik asarlar yaratishga moyilliklari mantiqiy tarzda bu shoirlar ijodida dramaturgik turni paydo qildi.

Yüklə 38,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə