Mavzu: Bolalarni noananaviy ashyolar va texnik usullar yordamida rasm chizishga òrgatish metodlari



Yüklə 99,07 Kb.
səhifə3/8
tarix25.12.2023
ölçüsü99,07 Kb.
#161493
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalarni noananaviy ashyolar va texnik usullar yordamida rasm chizishga òrgatish metodlari

Kleksografiya
Bunga quyidagilar kiradi: suyuq bo'yoq (akvarel yoki gouache), cho'tka, oq qog'oz.
Rasm chizish usuli: bolani cho'tka ustiga bo'yoq yozib, ma'lum bir balandlikdan qatlamning o'rtasiga tushadi, so'ngra qog'oz turli yo'nalishlarda yutib yuboriladi va hosil bo'lgan tomchiga zarba beradi. Keyin sizni blobning kimga o'xshaganligi haqida hikoya qiladi.

Bolalar bog'chasiga an'anaviy bo'lmagan rasm chizishdan foydalanish shunchaki bolalarning ijobiy his-tuyg'ularini keltirib chiqarmoqda, chunki bolalar xato qilishdan qo'rqmaydi, o'zlarining qobiliyatlariga ko'proq ishonadilar va bo'yoq istashadi.








Barmoqlar bilan rasm chizish, turli xil tasvirlarni hosil qilish uchun qo‘l barmoqlarini qog‘oz varag‘i ustiga har xil usullar (barmoq uchlari, yon tomoni, to‘liq kaft) bilan surtib yoki silliqlab yurgizib chiqish lozim. Barmoqlar bilan chizish texnikasi bolalarga tasviriy san’at materiallarini, ularning xususiyatlari – yopishqoqlik, egiluvchanlik, mayinlik va ranglar qatlami yorqinligini his qilishga, shuningdek, tasviriy ifoda vositasi sifatida ritm hissini anglab yetishiga imkon yaratadi.

Bu usulda “Mevalar”, “Oltin kuz”, “Lolazor”, “Go‘zal bahor”, “Gullagan daraxt”, “Bandli gilos” va boshqa mavzularda rasm chizish mumkin.


Barmoqlar bilan rasm chizishda, albatta, tabiiy ranglar – sabzavot va mevalar suvidan olingan yoki pishiriq uchun ishlatiladigan bo‘yoqlar to‘plamidan foydalanish shart. Akvarel, guash kabi bo‘yoqlardan foydalanish mumkin emas, chunki ularda bola organizmi uchun zararli moddalar bo‘lib, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik: mashg‘ulotdan oldin tarbiyachi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasi bog‘iga sayrga olib chiqadi. Tarbiyachi sayr davomida mavzu bo‘yicha, masalan: bahor faslida gullagan daraxtlar, kuz faslida g‘arq pishgan mevalarga e’tiborni qaratadi. Ushbu mavzularni rassom qanday tasvirlashi mumkinligini so‘raydi.
Mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad:
– ritmni tasviriy ifoda vositasi sifatida anglab yetishida bolalarga ko‘maklashish;
– kichkintoylarga natura (rassom uchun namuna bo‘lgan buyum, manzara, tabiiy sharoit va h.k.)ni tahlil qilish, uning belgi va xususiyatlarini ajratib olishni o‘rgatish;
– bir rangni ikkinchisi bilan hamohang ishlatishni mustahkamlash;
– barmoq bilan chizish usulini o‘rgatish, qo‘lning mayda motorikasini rivojlantirish.
Mashg‘ulot uchun kerakli materiallar:
– rangli tush bilan pardoz berilgan oval shakldagi albom varag‘i;
– 1/2 o‘lchamli А4 formatdagi qo‘shimcha qog‘oz;
– tabiiy ranglar – qizil lavlagi, o‘sma va turp suvi (yoki pishiriq uchun ishlatiladigan bo‘yoqlar to‘plami);
– porolon bo‘lagi;
– mo‘yqalam;
– ichiga suv solingan stakan;
– nam sochiqcha;
– fartuk;
– natura.
Mashg‘ulotning borishi:
Mevalarning yorqin rangi va barglar yaqqol ko‘rinishi uchun tarbiyachi oldindan tayyorlangan tabiiy rang bilan pardoz berilgan oval shakldagi albom varag‘ini tanlab oladi. Uzum rasmini chizish uchun, avvalo, porolon bo‘lagiga lavlagi suvidan tayyorlangan bo‘yoqdan quyiladi. Ko‘rsatkich yoki bosh barmoq porolon bo‘lagiga, so‘ngra bo‘yalgan barmoq qog‘oz ustiga bosiladi. Barmoq yordamida teng va bir xil aylana nusxalari qo‘yiladi. Uzum shingilini tasvirlash uchun rangli barmoq izlari yonma-yon, bir-biriga yaqin qilib bosib chiqiladi (bolalar bu usulni qo‘shimcha qog‘ozda mashq qilishadi, so‘ng nam sochiqcha yordamida barmoqlar artib tozalanadi).
Uzum bargchalarini chizish uchun jimjiloqning yon tomonidan foydalaniladi. Bunda xohlagan bir yorqin rang tanlab olinadi va cho‘tka yordamida porolon bo‘lagiga tomiziladi hamda jimjiloq barmoqning yon tomoni bosiladi. So‘ng bo‘yalgan jimjiloq qog‘oz ustiga sekingina bosiladi (barglar rangi turli-tuman bo‘lishi uchun porolonga 2 yoki 3 turdagi rang quyib, turli ranglardagi barglarni chizish mumkin).
“Uzum”

Gullagan daraxt rasmini chizish uchun yarmi ko‘k, yarmi yashil rang bilan fon berilgan qog‘oz qulay. Dastlab, mo‘yqalam yoki paxtali tayoqcha yordamida ushbu qog‘ozga daraxtning novdasi chiziladi. Ushbu novda barmoqlar yordamida gullar bilan bezatiladi. Buning uchun porolonga och pushti rang quyiladi va barmoqlar unga botirilib, so‘ngra qog‘ozga bosiladi. Daraxt atrofiga har xil rangdagi kapalaklarni ham chizish mumkin.


Bo‘yoqlarni tarash usuli
Bunday rasm chizish usulida taroqsimon buyum – plastmassa sanchqi, tishli qilib kesilgan plastinka, kichik taroq kabi vositalar qurimagan ho‘l bo‘yoq ustidan yurgiziladi. Natijada qisqa va uzun shakldagi, to‘g‘ri yoki to‘lqinsimon chiziqlar chizish orqali rassom o‘zi chizayotgan buyum yoki manzaraning noodatiy ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bu texnika yordamida cho‘l, ekin ekilgan yoki haydalgan dala, dengiz yoki to‘lqin manzarasini ifodalash mumkin.
Mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad:
– bolalarda tabiatning turli xil iqlim yoki manzaralariga nisbatan qiziqish uyg‘otish;
– cho‘l, dala yoki dengiz haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;
– rasmda o‘z taassurotlarini ifodalash ko‘nikmasini rivojlantirish;
– qo‘lning to‘xtovsiz, bir tekis va to‘lqinli harakati kabi yangi ko‘nikmalarni o‘rgatish;
– manzara yoki iqlimga xos bo‘lgan kerakli ranglar uyg‘unligini tanlash va ifodalash ko‘nikmalarini mustahkamlash.
Mashg‘ulot uchun kerakli materiallar:
– А4 o‘lchamdagi albom varag‘i;
– mavzuga doir rasm nusxasi;
– tabiiy ranglar (pishiriq uchun ishlatiladigan bo‘yoqlar to‘plami);
– mo‘yqalam;
– suv solingan stakan;
– tishli buyum (plastmassa sanchqi yoki tishli qilib kesilgan plastinka);
– sochiq.
Dastlab, chizish uchun mavzu tanlanadi. Masalan, cho‘l manzarasi yoki kuzgi haydalgan dala. Varaqning yuqori qismiga mo‘yqalam bilan moviy rangda osmon chiziladi, so‘ng ho‘l bo‘yoq ustidan tishli buyum (qo‘lni uzmasdan, tekis harakatlar bilan chapdan o‘ngga qarab, bo‘yoqni taraganday) yurgizib chiqiladi.
Shuningdek, osmon va cho‘lning orqa foni, ufq chizig‘ini birlashtirish uchun jigarrang bo‘yoq beriladi hamda bo‘yoq qurib ulgurmasdan tishli asbob yordamida o‘ngdan chapga va chapdan o‘ngga qarab to‘lqinsimon harakatlar bilan qum barxanlari chiziladi.
Keyingi bosqichda esa varaq cho‘lga xos turli xil ranglar bilan to‘ldiriladi. Oldingi manzara och rangda (sariq, och-sariq) bo‘lishi lozim. Bu holatda ham tishli buyum bilan ho‘l bo‘yoq qatlami ustidan to‘g‘ri yoki to‘lqinli chiziqlar tortiladi.
Cho‘ldagi biror hayvon yoki o‘simliklar (masalan, tuya va kaktuslar) ham shu yo‘sinda, tishli buyumni qisqa, ingichka, to‘g‘ri yoki to‘lqinli harakatlantirib, tepadan pastga tortish orqali tasvirlanadi.
Jarayon so‘ngida esa ingichka mo‘yqalam yordamida detallar: tuyaning burni, ko‘zi, dum yollari, kaktus tikanlari chizib tugatiladi.


Yüklə 99,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə