Mavzu: Axborot makonida diniy taxdidlar va ularning oldini olish masalalari



Yüklə 38,72 Kb.
səhifə2/2
tarix22.06.2023
ölçüsü38,72 Kb.
#118548
1   2
Axborot makoni

Bugungi voqelikni ilmiy tahlil qilish asosida quyidagi yo‘nalishlarda “axborot xuruji” olib borilayotganini ko‘rish mumkin:
Birinchi yo‘nalish, davlat rahbari, deputatlar, hukumat a’zolari sha’ni va faoliyatiga nisbatan xuruj;
Ikkinchi yo‘nalish, olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar mohiyatini tushirish, xalqning ishonchini yo‘qotishga qaratilgan intilish;
Uchinchi yo‘nalish, jamiyatni turli guruhlarga ajratish orqali defragmentatsiyalash, ularni bir-birlariga qarshi qo‘yish;
To‘rtinchi yo‘nalish, milliy va ma’naviy qadriyatlarni barbod qilish, “ommaviy madaniyat”ga asoslangan soxta qadriyatlarni singdirish.
Beshinchi yo‘nalish, huquqni muxofaza etuvchi organlar – ichki ishlar, mudofaa, xavfsizlik idoralari faoliyatiga nisbatan salbiy kayfiyatni tug‘dirish;
Oltinchi yo‘nalish, kelgusida muayyan maqsadlarni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan shaxslarni ommalashtirish, ularni “xalq qahramonlari”ga aylantirish.
Demak, axborot xurujini bartaraf etish maqsadida axborot xavfsizligini ta’minlash borasida huquqiy, tuzilmaviy va g‘oyaviy asoslarni o‘zida mujassam etgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqishga ehtiyoj tug‘ilgan. Bu borada, axborot xavfsizligini ta’minlash, tashqi xurujlar manbalarini aniqlash, baholash va bashorat qilish, davlat hokimiyati organlari va axborot-matbuot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, mamlakat milliy manfaatlarining axborot sohasidagi milliy manfaatlarini kafolatli ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, davlat siyosati milliy manfaatlar hamda tashqi siyosatga javob tariqasida olib borilishi bilan birga, “aqliy markazlar”ning ilmiy konsepsiya va nazariyalariga tayangan tavsiyalari asosiga ham tayaniladi. Mamlakatimizda ham shunday tahliliy ilmiy-amaliy markazlar bo‘lishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Globallashuv jarayonida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishlardagi ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rni va roli tobora ortib bormoqda. Shuningdek, tegishli muassasalar mazkur yo‘nalishlarda doimo izlanishda bo‘lishni, ustuvor yo‘nalishlarni muntazam ravishda korreksiyalash, ularni amalga oshirishda keng o‘lchamli va chuqur o‘ylangan faoliyat olib borishni, geosiyosiy va geostrategik tendensiyalarni (“geostrategik ishtirokchilar” yondashuvini) kuzatib borishni talab etadi.
Turk yozuvchisi, shoir va publisist Nihal Atsizning “Millat va Vatan xoini bo‘lish uchun dushmanlarga harbiy sirlarni o‘g‘irlab, sotishi shart emas. Dushmanlarni alqash, ularning maqsadlarini hayotga tatbiq etish, o‘z madaniyati va tarixini inkor etish – bu ham xiyonat sanaladi”, degan fikrini eslash o‘rinli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ushbu qarori fuqarolarning, qolaversa yoshlarning fikrlash tarzi, dunyoqarashi, odamlar bilan munosabatida yangi qarashlarni paydo qilishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Zero, ma’naviyatli jamiyat hech qachon tanazzulga yuz tutmaydi.
Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni bartaraf etishda, birinchidan, targ‘ibot-tashviqot tizimini shakllantirish, ikkinchidan, tashqi va ichki siyosiy holatni milliy mafkura bilan bog‘lagan holda milliy manfaatlar negizida ko‘rib chiqish va baho berish, uchinchidan, milliy mafkura negizlarini aniqlash va aniq siyosiy maqsadlarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish kerak bo‘ladi.
Yüklə 38,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə