Mavzu: Axborot makonida diniy taxdidlar va ularning oldini olish masalalari



Yüklə 38,72 Kb.
səhifə1/2
tarix22.06.2023
ölçüsü38,72 Kb.
#118548
  1   2
Axborot makoni


Mavzu:Axborot makonida diniy taxdidlar va ularning oldini olish masalalari
Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davlatimiz ravnaqi uchun tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday jarayon, tabiiyki, xalqimizning ong-u tafakkurining shakllanishiga, dunyoqarashimizning o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 2021-yil 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning navbatdagi qadami, desak adashmaymiz. Mazkur qaror negizida ilgari surilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan faoliyatning uzviy davomi sanaladi.
Buyuk mutafakkir ajdodimiz Mahmud Az-Zamaxshariyning: “Bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek, ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi” degan purma’no iboralarini har bir inson aql muroqabasidan o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Shu bois har birimiz havoi nafsga berilmasdan, aql kuchi bilan o‘z farzandlarimiz, o‘z kelajagimiz yo‘lida birlashishimiz, kurashishimiz zarur.
Shu bilan birga, siyosiy islohotlar xalqaro munosabatlar tizimida yangi jahon tartibotini shakllantirish uchun olib borilayotgan bir davrda kechmoqda. Globallashuv jarayonining shiddat bilan kechishi natijasida jahon xalqaro munosabatlar tizimida keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Uchinchi Rennesans” davri nafaqat yoshlarda, balki har bir shaxs, har bir fuqaroda mas’uliyat hissini yuzaga keltirmay qolmaydi.
Bu esa, o‘z navbatida, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tizimini takomillashtirishni, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratishni taqozo etadi.
Bizningcha, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda yuzaga kelgan siyosiy voqelikni atroflicha ilmiy tahlil etish, milliy, iqtisodiy, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash bilan bir qatorda axborot-mafkuraviy xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratish zarur bo‘ladi.
Bu borada, Yevrosiyo makonida vaziyat va kuchlar nisbatining o‘zgarib borishi, milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalasi yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar negizida muntazam ravishda kuzatib borish, bu borada yangicha yondashuvlarni izlab topishni taqozo etmoqda. Shu bilan birga, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik tizimining shakllanish jarayoni yakuniga yetmaganligi, mintaqada turli ekstremistik guruhlarning bosh ko‘tarib chiqishlari ehtimolining mavjudligi, jahondagi yetakchi davlatlarning Markaziy Osiyo mintaqasini o‘z “ta’sir doiralari”ga tortishga intilishlari milliy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik masalalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.
Bugungi kunda o‘z geosiyosiy va geoiqtisodiy manfaatlariga erishish, xalqaro maydonda yetakchilik uchun raqobat olib borayotgan kuchlar tarafidan yurtimizga nisbatan “axborot hujumi” uyushtirilayotganligini kuzatish mumkin. Bunday chiqishlar nafaqat xorijiy ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda, balki yurtimiz radio va teledasturlarida, reklama roliklarida ham bo‘lib turibdi.
Siyosatshunoslik fanidan ma’lumki, siyosat bu – kurash, manfaatlar kurashi. Qadimgi davrda davlatlararo nizolar jangga olib kelgan va ular o‘rtasidagi muammolar yechimi jang natijasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Biroq, davrlar o‘tib, “harbiy yechim” S.Xantingtonning “madaniy raqobat”iga aylangan bo‘lsa, bugungi kunda esa bu muammo F.Fukuyamaning “g‘oyaviy-mafkuraviy qobiq”qa o‘ralgan “axborot urushi” doirasida olib borilmoqda. Miloddan avvalgi II asrda xitoylik sarkarda Sun Szi tomonidan aytilgan: “Yuz marotaba jang qilib, yuz marotaba g‘alaba qozonish g‘alabaning a’losi emas, g‘alabaning a’losi jangga kirmasdan turib dushmanni mahv etishdir” g‘oyasi davrning dolzarb masalasiga aylanib bormoqda.
Axborot urushi globallashuv jarayonining mahsuli bo‘lib, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, turfa xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini aytish o‘rinli. Albatta, bugungi kun uchun bu holat yangi emas. Insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan qudratli shaxslar harbiy aslahalardan ming chandon ustun turgan “axborot quroli”dan samarali foydalanib kelganlar. Ta’kidlash joizki, mazkur yo‘nalishdagi izlanishlar xorijiy mamlakatlarning qator aqliy markazlarida XX asrning 60-yillaridayoq boshlangan. Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Uinston Cherchillning: “Haqiqat o‘z shippagini kiyguniga qadar, yolg‘on butun dunyoni kezib chiqishga ulguradi” iborasi aynan axborot urushining mazmunini belgilab beradi.
Bugungi kunda mintaqa va yurtimizga qarshi qaratilgan “axborot quroli”dan foydalanish ko‘lami tobora ortib bormoqda. Ma’lumki, “Axborot urushi” harbiy xatti-harakatlarga nisbatan juda arzon bo‘lib, u yadro qurolidan ham qudratliroq kuchga ega. Ya’ni, axborotga ega shaxs har qanday jarayonni nazorat qila olishi va undan o‘z maqsad va manfaati yo‘lida samarali foydalana olishi imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bu kurashning ob’yekti ham, sub’yekti ham Inson sanaladi. Ayrim davlatlar tomonidan ilgari surilayotgan konsepsiya va doktrinalarda “insonlardagi ijtimoiylashuv g‘oyalarini yo‘qotish zarur”ligi ochiqdan-ochiq aytiladi.
Siyosatshunoslarining fikrlariga ko‘ra axborot urushining vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Sof mafkuraviy ta’sir o‘tkazish; 2. Mamlakat aholisiga noto‘g‘ri ma’lumot berish (davlat va hukumat rahbarlariga ishonchsizlik uyg‘otish, davlat siyosatining ayrim yo‘nalishlariga norozilik kayfiyatlarini tug‘dirish, rasmiy targ‘ibot va axborot manbalari va kanallariga ishonchni yo‘qotish); 3. Fuqarolarga psixologik bosim o‘tkazishga urinish (mish-mishlarni tarqatish, nosog‘lom kayfiyat tug‘dirish, turli ijtimoiy guruhlar orasida dushmanona kayfiyatlarni – millatchilik, ratsizm, diniy ekstremizm va fanatizmni yuzaga keltirish).
Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan farmonda ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizimning mavjud emasligi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilmayotganligi, ushbu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi ta’kidlab o‘tiladi.
Bugun atrofimizda madaniyat sohasida kechayotgan voqealarni tahlil qilib ko‘rsak, individualizm – shaxsiyatparastlik g‘oyalarining targ‘ibotini ko‘ramiz. Aksariyat badiiy film, reklama, jumladan ko‘chalardagi bannerlarda, musiqa va kliplarda faqat pul, boylik va ma’naviyatsizlik targ‘ibotiga ko‘zimiz tushadi. Ayrim hollarda mutlaqo milliy ma’naviyatimizga zid ko‘rinishlar, sahnalar namoyish etiladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarida bunday “badiiy asarlar” yaratilishida faqat ayrim “sarmoyadorlar” homiylik qilishi ham hech kimga sir emas.
Abu Rayxon Beruniy “Inson zoti barcha hayvonlardan ustun yaratilgan, zero unga yuksak sharaf – aql kuch berilgan” degan fikrni bildiradi. O‘z fikrini davom ettirar ekan “Inson o‘z ehtiyojlarining ko‘pligi va himoya vositalaridan cheklanganligi hamda dushmanlarning ko‘pligi oqibatida o‘z yaqinlari bilan o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va muayyan vazifalarni bajarish orqali mavjudligini ta’minlash maqsadida jamoalarga birlashishlariga zaruriyat sezdi”, deb aytadi.
Milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga xuruj kecha yoki yaqin o‘n yilliklar oldin emas, balki bir necha asr avval boshlangan. “Demokratik nur” olib kelishga intilgan qator yozuvchi-shoirlar, kinorejissyorlar, san’at arboblari ajdodlarimiz naqadar qoloq, madaniyatsiz bo‘lganliklarini ifoda etuvchi asarlar ijod etganlar. Afsuski ular orasida xalqimizning manqurtlashgan “farzandlari” ham bo‘lib, ularning bu boradagi jonbozliklarini hali-xanuz ko‘rish mumkin.
Tabiiyki, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egosentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi. Yurtimizda shaxsiyatparastlikni kuchaytirish, jamiyatni parokanda qilish, madaniyatimizni yo‘qotishga qaratilgan axborot xuruji tizimli asosda olib borilmoqda. Mazkur jarayonlar xorijiy aqliy va tahliliy markazlar doirasida ishlab chiqilishi bilan birga, ushbu jarayonga yurtdoshlarimizning ham jalb etilishi, afsuski kuzatilmoqda.
To‘g‘ri, insonlarda bir xil qadriyat va bir xil ehtiyojlar bo‘lmaydi. Forobiy fikriga quloq tutsak, “insonda majburiyat va mas’uliyat bo‘lishi fozil shahar”ga, aksi bo‘lsa johil shaharga olib kelishini aytadi. Insonlar esa qaysi jamiyatda yashashni afzal ko‘rishlarini tanlashi zarur bo‘ladi.
Aynan shu sababli ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy Osiyo mintaqasidagi voqealarni shishirib ko‘rsatishga urinishlar orqali muntazam axborot xuruji olib borilishi kuzatiladi.

Yüklə 38,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə