Mavzu: Atama va atamashunoslik. Iboralar uslubiyati. O’qituvchi: Ruzikulova G. F



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix01.02.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#99889
018 Onatili 1 kurs 18 mavzu



Mavzu: 
Atama va atamashunoslik.
Iboralar uslubiyati.
O’qituvchi: Ruzikulova G. F.


Tayanch so’z va iboralar:
ta’rifi, atama va termin, tarixiylik, 
atamalar shakllanishining xalq tarixi bilan
bog’liqligi, “Devonu lug’otit-turk”, 
sohaviylik, tor doira, jamiyat taraqqiyoti, 
atamalar va dunyo tillari, boyish yo’llari, 
o’zlashtirish, milliylashtirish


Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, 
ma’lum fan, ishlab chiqarish
sohasidagina qo’llaniladigan va asosan
o’sha soha kishilari tushunadigan
maxsus so’zlar terminlar – atamalar
sifatida qaraladi.


“Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda
– deb qayd etishadi. “O’zbek tili leksikologiyasi” asarining mualliflari. –
Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so’z va iboralarnigina
emas, barcha uy-ro’zg’or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi
darajasidagi qurollarnigina emas, balki o’tmishdagi ibtidoiy qurollarning
barcha nomlarini, shuningdek, kustarchilik kasb-hunarga oid so’zlarni
ham kiritadilar.


Demak, “atama” so’zini “termin” tushunchasi
ma’nosida qo’llaganimizda, uni umuman narsa-
predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida
emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani
ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli
bo’lgan birliklarni anglashimiz lozim.


Atamalarning
o’rganilishi
1. O’zbek tilshunosligida atamalarni o’rganishga doir ko’pgina
ishlar amalgam oshirilgan. Ko’plab ilmiy kitoblar, risolalar, 
lug’atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop
maqolalar yozilgan

dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq
lug’atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug’I
hisoblanadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, “Lotin
yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tish to’g’risida”gi
Qonunning qabul qilinishi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo’mitasi olib borayotgan yirik
hajmdagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori
bosqichga ko’tarilishiga sabab bo’ldi.


Atamalarning dastlab ikki katta guruhga
ajratish to’g’ri bo’ladi:
Umumiylik
xususiyatiga ega
bo’lgan atamalar
Xususiylik
hususiyatiga ega
bo’lgan atamalar.


Umumiy atamalar
sirasiga bir terminologik tizimning
barcha yo’nalishlari uchun tushunarli bo’lgan atamalar
kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, 
yutuq, g’alaba, birinchilik, chempionat, ko’rik, trener, 
hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol
qo’llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperature, jism, 
elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari
atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.


Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh
doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan
fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo’llanilishi
mumkin bo’lgani holda, gravitatsiya, diod, 
termoster,
kondensatsiya
, kapillyar hodisalar singari
atamalar yoki kimyoga oid gidroksid, oksid, sulfat
kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos
doirasida qo’llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha
yo’nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin.


Terminologiya (termin va ... logiya) —
tilshunoslikning terminlarni oʻrganuvchi
sohasi.
Bugungi kunda oʻzbek atamashunosligining boyishi, 
asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz
yasash hisobiga roʻy bermoqda.


Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə