Mavzu : Valeybol o’yinining kelib chiqishi, qoidalari va rivojlanish tarixi Reja



Yüklə 148,95 Kb.
səhifə4/4
tarix08.05.2023
ölçüsü148,95 Kb.
#109196
1   2   3   4
valeybol

VOLEYBOL UCHUN KIYIM VA JIHOZLAR Voleybolning eng muhim atributi bu voleyboldir. Boshqa har qanday to'p singari, voleybol ham tabiiy yoki sintetik teri ostiga yashiringan ichki kauchuk kameradan tashkil topgan sharsimon strukturadir. To'plar maqsadiga (rasmiy musobaqalar, o'quv o'yinlari), ishtirokchilarning yoshiga (kattalar, o'smirlar) va sayt turiga (ochiq, yopiq) qarab farqlanadi.
Voleybol to'plarining diametri 20,4 dan 21,3 santimetrgacha, aylanasi 65 dan 67 santimetrgacha, ichki bosimi 0,300 dan 0,325 kg / sm 2 gacha, og'irligi 250 dan 270 grammgacha. Uch rangli to'plarni tanlash tavsiya etiladi, chunki bunday to'pni o'yinchilarning yorqin liboslari fonida ajratish osonroq. Voleybol sakrash va yugurish elementlarini birlashtiradi, shuning uchun qulay poyabzal muhim atribut hisoblanadi. O'yin uchun eng mos, yumshoq taglikli poyabzal. Ba'zida maxsus amortizatorli tagliklar qo'shimcha ravishda qo'llaniladi, ular jarohatlarning oldini olishda juda samarali. Qo'shimchalarni qo'shimcha himoya qilish uchun sportchilar tizza va tirsak yostiqlaridan foydalanadilar.
O‘zbekistonda voleybolning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi
Voleybol o‘ zbekistonda qachon, qayerda va qanday vaziyatda vujudga kelgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Lekin ayrim taxminlarga qaraganda 1921–24-yillarda voleybol o‘yini q o‘qon, Toshkent va Farg‘onada vujudga kela boshlagan. o‘ sha davrning sport veterani K.Lebedevning hikoyasiga binoan 1924–25-yillarda ko‘pgina yoshlarni doira shaklida joylashib bir-birlariga to‘p uzatish o‘yinlari tarqala boshladi. Qiziq, mazkur davrda voleybol bo‘yicha qabul qilingan halqaro musobaqa qoidalari ancha takomillashgan bo‘lib, maydoncha 9x18 m, to‘p bilan faqat uch marta o‘ynash mumkinligi, o‘yinchilar tarkibi bir jamoada 6 kishidan iborat bo‘lishi, to‘rni balandligi 243 sm (erkaklar uchun), hisob 15 ochkoga yetganda o‘yinning bir bo‘limi yakunlanishi, to‘pni o‘yinga kiritish – xullas, barcha o‘yin qoidalari zamonaviy voleybol o‘yini qoidalariga o‘xshash edi.
Shunga qaramay O‘zbekistonda voleybol qoidalari 1924–25-yillarda hali ancha sodda bo‘lgan. O‘sha davrning V.I.Perevoznikov degan sport ixlosmandining aytishicha, 1926-yilda Toshkent shahridagi Chernishevskiy nomli maktab o‘qituvchisi Moskvadan musobaqa qoidalari, voleybol to‘ri va to‘pini birinchi bor keltirgan. 1927-yilning 26-aprelida esa aynan shu maktabning voleybol to‘garagi jamoasi birinchi rasmiy musobaqa tashkil etib, unda u yuksak mahorat ko‘rsatdi va musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Mazkur musobaqa voleybolni ommaviylashishi va shakllanishida katta burilish kashf etdi. 1927-yilning yoz oylaridan birida voleybol bo‘yicha Toshkent shahar birinchiligi o‘tkazilib, unda 9 ta voleybol jamoasi ishtirok etdi. Chernishevskiy nomli maktab voleybol jamoasi bu musobaqada ham g‘oliblikni qo‘ldan bermadi.
Voleybolni keng ommaviylasha borishiga KIM stadionida o‘tkazilib kelingan musobaqalar katta ta’sir ko‘rsatdi.
1927-yilda Toshkentda 6 ta voleybol maydonchasi mavjud bo‘lib, ular Chernishevskiy va KIM nomli maktablarda, Mexanika texnikumida (2 ta), «Metallist» sport to‘garagi qoshida va Profintern yozgi sport klubida joylashgan edi.
1928-yilda Toshkentda kuzgi voleybol musobaqalari bo‘lib o‘tdi, unda 10 ta erkaklar va 4 ta ayollar jamoalari qatnashgan edi. 1929-yildan boshlab voleybol bo‘yicha Toshkent shahar birinchiligi muntazam o‘tkazila boshladi.
1930-yillarda «Dinamo» ko‘ngilli sport jamiyatida voleybol jamoalari tuzildi. Ilk bor tuzilgan «Dinamo» voleybol jamoasining birinchi murabbiysi B.A.Voronsov O‘zbekistonda voleybolning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi. Shu bilan bir qatorda malakali mutaxassislarni yetishmasligi, ayniqsa mahalliy millatga mansub yo‘riqchi, murabbiy va tashkilotchilarni sanoqli bo‘lganligi voleybolning uzoq viloyat va qishloqlarda quloch yozishiga xalaqit berib keldi
O‘zbekiston voleybolini yangicha yo‘nalishda taraqqiy ettirishda uni viloyatlarda «harakatga» keltirish, xorijiy davlatlarni voleybol jamoalari bilan aloqa bog‘lashda, ular bilan rasmiy musobaqalarni tashkil qilishda O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining Prezidenti E.M. g‘ aniyev hamda Federatsiyaning barcha a’zolari ibratli faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.
Istiqloldan so‘ng o‘tkazilgan O‘zbekiston milliy chempionatlari va «Universiada» natijalari keltirilgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, O‘zbekiston voleyboliga oid tarixiy lavhalar mazkur o‘yinni qanday yo‘nalishlarda shakllantirishga, uning ommaviyligini yanada oshirishga hamda istiqbolini ta’minlashga katta yordam beradi.
Yüklə 148,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə