Mavu: hujjatlashtirish va inventarizatsiya reja: Kirish



Yüklə 42,16 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü42,16 Kb.
#134022
1   2
HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZATSIYA

Хo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning hammasi har yili kamida bir marta to’la inventarizatsiya qilinadi. Bunday inventarizatsiya qilish yillik hisobot tuzishdan avval o’tkaziladi. Bu bo’lsa balansda ko’rsatilgan xo’jalik mablag’lari to’g’risidagi ma’lumotlarning realligini ta’minlaydi. Тo’la inventarizatsiya qilishni yanvarda o’tkazish yillik hisobot tuzishni bir qancha muddatga kechiktirib yuborishga olib keladi.
Shuning uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektiga tegishli mol-mulkning ayrim qismlarini inventarizatsiya qilish 1 yanvargacha tugatiladi. Shuni aytib o’tmoq kerakki, to’la inventarizatsiya qilish o’tkazilgan vaqtda xo’jalik yurituvchi sub’ektning hamma moddiy qiymatliklari, pul mablag’lari, boshqa ho’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan hisob-kitoblarning holati va balansining hamma moddalari inventarizatsiya qilinadi.
Buxgalteriya balansi va hisobotlari to’g’risidagi me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining haqiqatga to’g’ri kelishini ta’minlash uchun ba’zi bir xo’jalik mablag’lari bir yilda bir necha martda inventarizatsiya qilinadi. Хo’jalik mablag’larining ayrim turlarini inventarizatsiya qilish xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning qismini ro’yxatga olish deb ataladi. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’lari har oyda kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Biror ombor mudiri ishdan bo’shab, boshqa kishiga topshiradigan bo’lganda ham uning javobgarligida bo’lgan moddiy qiymatliklar inventarizatsiya qilinadi.
Mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda hamda yillik moliyaviy hisobot tuzish oldidan, shu yilning 1 oktabrida inventarizatsiya qilingan mol-mulkdan tashqari, inventarizatsiya o’tkazilishi shartdir. Moddiy zaxiralar yiliga eng kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Asosiy vositalar ikki yilda eng kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda eng kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Pul mablag’lari, pul hujjatlari,qiymatliklari va qat’iy hisobotdagi blanklar oyiga bir marta, yoqilg’i-moylash materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari har chorakda, qimmatbaho metallar tegishli tarmoq me’yoriy hujjatlariga ko’ra inventarizatsiya kilinadi. Shuningdek, asosiy vositalar va qiymatliklar qayta baholanganda, moddiy-javobgar shaxslar almashganda, o’g’irlash yoki suiste’mol hamda qiymatliklarning buzilishi aniqlanganda, tabiy ofatlar, yong’in, avariya yoki ekstremal sharoitlar keltirib chiqargan boshqa favqulodda hodisalar sodir bo’lganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganda (qayta tashkil qilinganda) tugatish (bo’lish) balansini tuzish oldidan va qonunda ko’zda tutilgan boshqa holatlarda inventarizatsiya o’tkaziladi. Jamoaviy moddiy javobgarlikda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari almashganda ham inventarizatsiya o’tkaziladi.
Inventarizatsiya qilishning o’tkazilish tartibiga qarab rejali va to’satdan amalga oshirilgan inventarizatsiya qilishlarga bo’linadi.
Yuqorida ko’rsatilgan inventarizatsiya qilish muddatlariga qarab xo’jalik yurituvchi sub’ektda bir yilda o’tkazilgan inventarizatsiya qilishlar rejasi tuziladi. Shu rejaga asosan xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli barcha qiymatliklar inventarizatsiya qilinadiva bu ma’lumotlar buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Ana shu yo’l bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining realligi ta’minlanib briladi. Moddiy javobgar shaxslar almashgan vaqtda almashish kuni inventarizatsiya o’tkazilishi shart. Rejali inventarizatsiya qilishni o’tkazish uchun bir qancha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Rejali inventarizatsiya qilishdan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda to’satdan ham inventarizatsiya qilish o’tkaziladi. Bunday inventarizatsiya qilishlar xo’jalik yurituvchi sub’ekti rahbari ga yoki yuqori tashkilot va idoralarga tegishli ob’ektdagi javobgar shaxsning nojo’ya harakatlari haqida biror xabar kelganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati taftish qilinishi davrida, o’t olish, suv toshishi va boshqa ba’zi sabablarga ko’ra amalga oshiriladi.
Har qanday inventarizatsiya qilish xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Bu buyruqda inventarizatsiya qilish xarakteri, nimalarni inventarizatsiya qilish, inventarizatsiya qilishni o’tkazish muddati va inventarizatsiya qilishni o’tkazadigan komissiya a’zolarining ro’yxati ko’rsatiladi.
Inventarizatsiya qilish O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobining “Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish” degan 9-son milliy standartida ko’rsatilgan muddatlarda; moddiy javobgar shaxslar almashganda; talon-tarojlik, o’g’rilik yoki suiste’mollik aniqlanganda; o’t olganda yoki tabiiy ofatdan keyin; asosiy vosita va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda va boshqa holatlarda o’tkaziladi. Jamoa (brigada) moddiy javobgarligi sharoitida agar uning birgadiri (rahbari) almashsa, jamoa (brigada)dan uning a’zolarining 50 foizdan ko’pi ketib qolsa hamda jamoa a’zolarining biri yoki bir nechtasi talab qilsa ham inventarizatsiya o’tkaziladi.
Qiymatliklarning butligini ta’minlaydigan tadbiriy choralarni amalga oshirish kerak bo’lib qolsa, inventarizatsiya o’tkazishni tashkil qilish, ishchi inventarizatsiya qilish komissiyalarining a’zolariga yo’l-yo’riq berish, inventarizatsiya qilishning to’g’ri o’tkazilishini tekshirish, inventarizatsiya qilish natijalarining to’g’ri chiqarilishini tekshirish, navlar almashuvi natijasida sodir bo’lgan kamomad va ortiqchaliklarni o’zaro berkitish haqida qilingan takliflarning asosliligini tekshirish kerak bo’lib qolgan hollarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining topshirig’i bilan qayta to’la inventarizatsiya o’tkazish, kamomad yoki qiymatliklar buzilishiga yo’l qo’ygan shaxslardan olingan tushuntirish xatlarini ko’rib chiqish va aniqlangan kamomad va qiymatltiliklarning buzilishidan ko’rilgan yo’qotishni tartibga solish haqida takliflar berish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektda doimiy xarakat qiluvchi inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiyani raisi shu xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbari yoki uning o’rinbosari bo’ladi. Komissiya tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bosh buxgalteri, bo’linmalarning rahbarlari va mutaxassislar hamda kasaba uyushmasining vakillari kiritiladi.
Joylarda qiymatlik va pul mablag’larini inventarizatsiya qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya qilish natijalarini aniqlashda qatnashish, navlar almashuvi natijasida sodir bo’lgan kamomad bilan ortiqchaliklarni o’zaro berkitish hamda tabiiy kamayish me’yorlari chegarasida kamomadlarni hisobdan chiqarish masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqish, mol-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va chiqarish, ularning hisobi va butligi ustidan nazoratni yaxshilash masalalari hamda me’yordan ortiq va foydalanilmayotgan moddiy qiymatliklarni sotish haqida takliflar qilish, inventarizatsiya qilishni xo’jalik yurituvchi sub’ekt buyrug’ida ko’rsatilgan muddatda o’tkazish va uni o’tkazish tartibini saqlash, xatlashga yozilgan ma’lumotlarning haqiqatga to’g’ri kelishini ta’minlash va inventarizatsiya qilish materiallarini to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektda qiymatliklarni inventarizatsiya qiluvchi ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiyaning raisi shu xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining vakili bo’ladi. Komissiya tarkibiga mutaxassis, muhandis, texnolog, mexanik, ishni amalga oshiruvchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar kiritiladi. Komissiyaga qiymatliklarni inventarizatsiya qilish, baholarni va boshlang’ich hujjatlarni yaxshi biladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning xizmatchilari qo’shilishi kerak.
Bir moddiy javobgar shaxsni inventarizatsiya qilish uchun bir shaxsni birin-ketin ikki marta ishchi inventarizatsiya qilish kosissiyasiga rais qilib tayinlash mumkin emas.
Yil davomida inventarizatsiya qilishlar o’rtasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda muntazam ravishda tovar-moddiy qiymatliklarni ularni saqlanish joylarida tekshirish turish va saralab inventarizatsiya qilish kerak. Buning uchun xo’jalik brituvchi sub’ektlarda tekshirish va saralab inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiya inventarizatsiya qilish davrlari o’rtasida qiymatliklarning butligi, ularni saqlash qoidalarining bajarilishi va moddiy javobgar shaxslar tomonidan o’rnatilgan boshlang’ich hisob yuritish tartibining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi.
Doimiy harakat qiluvchi inventarizatsiya qilish komissiyasi, ishchi inventarizatsiya qilish komissiyalari, tekshirish va saralab inventarizatsiya qilish komissiyalarining tarkibi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyruhi bilan tasdiqlanadi.
Inventarizatsiya qilish boshlanishi oldidan ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasining a’zolariga inventarizatsiya qilishni o’tkazish haqida chiqarilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i, komissiyalarning raislariga esa nazorat plombasi ham beriladi. Хo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’ida inventarizatsiya qilishni o’tkazish bo’yicha ishlarni boshlash va tamomlash muddatlari ko’rsatiladi. Agar inventarizatsiya qilish komissiyasi a’zolarining hammasi bo’lmasa qiymatliklarni inventarizatsiya qilish mumkin emas. Ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasining ishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada inventarizatsiya qilish natijalari, ombor xo’jaligining holati va tovar-moddiy qiymatliklar butligining ta’minlanishini tekshirish natijalari qayd qilinadi.
Rejali inventarizatsiya qilish o’tkazilganda moddiy qiymatliklar saqlanadigan omborlar inventarizatsiya qilishga tayyorlanadi. Ombordagi har bir moddiy qiymatlik alohida qilib qo’yiladi va ularning oldiga yorliqlar osiladi. Yorliqlarda moddiy qiymatliklarning nomi, nomenklatura raqami, boshqa rekvizit va ko’rsatkichlar ko’rsatilgan bo’ladi.
Inventarizatsiya qilish asosan oyning birinchi kuniga to’g’rilanadi. Agarda biror sabablarga ko’ra inventarizatsiya qilish oyning o’rtalarida boshlab yuborilsa, u holda buxgalteriya hisobining shu oyning boshidagi ma’lumotlari olinadi va inventarizatsiya qilish boshlangunga qadar amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari hisobda aks ettirilib olinadi.
Inventarizatsiya qilish boshlangunga qadar hamma hujjatlar rasmiylashtirilgan va buxgalteriya hisobining daftarlariga o’tkazilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun ham moddiy javobgar shaxslar o’zlarining qo’llaridagi barcha boshlang’ich hujjatlarni buxgalteriyaga topshirishlari zarur. Inventarizatsiya qilish komissiyasi moddiy javobgar shaxsdan “Hamma xujjatlarni buxgalteriyaga topshirdim va menda hech qanday isbotlovchi hujjat qolmadi ” degan tilxat oladi.
Inventarizatsiya qilish davrida moddiy qiymatliklarning har biri o’lchash, sanash, tortish va boshqa usullar bilan hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijasi inventarizatsiya qilish xatlashiga yoziladi. Masalan, biror moddiy javobgar shaxsning hisobidagi moddiy qiymatliklar inventarizatsiya qilinayotgan bo’lsa, inventarizatsiya qilish tugashi bilan inventarizatsiya qilish xatlashi oxiriga komissiya a’zolarining imzosidan so’ng moddiy javobgar shaxs “Ushbu inventarizatsiya qilish xatlashida ko’rsatilgan moddiy qiymatliklar mening ko’z oldimda hisoblab chiqilgan va shu moddiyqiymatliklarni o’z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim hamda inventarizatsiya qilish komissiyasiga mening hech qanday da’vom yo’q” deb imzo chekadi.
Inventarizatsiya qilish xatlashi rasmiylashtirilgandan so’ng u xo’jalik yurituvchi sub’ekti buxgalteriyasiga topshiriladi.
Тaqqoslash (solishtirish) vedomostini tuzish va inventarizatsiya natijalarini aniqlash ishlari boshlangunga qadar xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya inventarizatsiyasi qilish ma’lumotlaridakeltirilgan hamma hisob-kitoblarning to’g’riligini tekshirib chiqadi. Baholarda, summalarni chiqarishda yo’l qo’yilgan xatoliklar topilsa, u holda bu xatoliklar to’g’rilanadi va bu haqda komissiyaning hamma a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi. Inventarizatsiya xatlashning oxirgi betida baholar va summalarning to’g’riligi tekshirib chiqilganligi haqida yozib qo’yiladi va shu tekshirishni o’tkazgan shaxs imzo chekadi. Solishtirish vedomostlari inventarizatsiyada hisob ma’lumotlariga nisbatan farqlar aniqlangan qiymatliklar bo’yicha tuziladi. Solishtirish vedomostlarida inventarizatsiya natijalari, ya’ni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo’yicha ko’rsatkichlar bilan inventarizatsiya xatlashlarining ma’lumotlari o’rtasidagi farqlar qayd qilinadi. Solishtirish vedomostlarida moddiy qiymatliklar ortiqchaliklarining va kamomadlarining qiymati ularning buxgalteriya hisobidagi baholariga ko’ra keltiriladi.
Inventarizatsiyada va boshqa tekshirishlarda aniqlangan qiymatliklarning haqiqatda borini buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga nisbatan farqlari quyidagi tartibda tartibga solinadi.
Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul mablag’lari va boshqa mol-mulk kirim qilinadi va xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga (byudjet tashkilotlarida esa moliyalashtirishni ko’paytirishga) o’tkaziladi, keyin ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi.
Belgilangan me’yorlar doirasida qiymatliklarning kamayishi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining farmoyishi bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning tegishli xarajatlariga qo’shiladi (byudjet tashkilotlarida esa moliyalashtirishni ko’paytirishga). Kamayish me’yorlari haqiqatda kamomad aniqlangan holatlardagina qo’llanishi mumkin xolos.
Belgilangan me’yor doirasida qiymatliklarning kamayishi navlarning aralashuvi bo’yicha kamomadlar ortiqchalik bilan qoplangandan keyingina aniqlanadi. Agar belgilangan tartibda navlar almashuvi bo’yicha qoplash o’tkazilgandan so’ng ham qiymatliklarning kamomadi qolsa, u holda tabiiy kamayish me’yorlari qiymatliklarning faqat kamomad aniqlangan nomi bo’yichagina qo’llaniladi.
Тasdiqlangan me’yorlar bo’lmagan taqdirda, kamayishi me’yordan ortiq kamomad deb qaraladi, qiymatliklarning tabiy kamayishi me’yoridan ortiq kamomad hamda qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan nobudgarchiliklar aybdor shaxslar hisobiga o’tkaziladi.
Kamomadlar va nobudgarchiliklar suiste’mol qilinishi natijasida sodir bo’lgani aniqlanganda, tegishli materiallar kamomadlar va nobudgarchiliklar aniqlangandan so’ng 5 kun ichida tergov organlariga beriladi, aniqlangan kamomadlar va nobudgarchiliklar summasiga fuqarolik da’vosi qilinadi. Kamomadlar va nobudgarchiliklarning aniq ayibdorlari aniqlanilmagan hollarda qiymatliklar tabiiy kamayishining me’yordan ortiqcha kamomadi va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan nobudgarchiliklar mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi to’g’risidagi qoidaga asosan xo’jalik yurituvchi sub’ektning tegishli xarajatlariga qo’shiladi. Bunday qiymatliklar tabiiy kamayishining me’yordan ortiqcha kamomadi va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan nobudgarchiliklarni hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan xujjatlarda shunday kamomadlar va nobudgarchiliklarning oldini olish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Navlar almashuvi natijasidagi ortiqchaliklar va kamomadlarni o’zaro hisobga o’tkazish faqat istisno tariqasida ayni shu tekshirilayotgan davrda, ayni shu tekshirilayotgan shaxsda, ayni shu nomdagi va shu miqdordagi moddiy qiymatliklarga nisbatan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining ruxsati bo’yicha amalga oshiriladi. Moddiy javobgar shaxslar yo’l qo’yilgan navlar almashuvi haqida xo’jalik yurituvchi sub’etning rahbariga batafsil tushuntirish xatini beradi.
Moddiy javobgar shaxslarning aybisiz paydo bo’lgan kamomadlar tomoniga navlar almashuvidagi qiymatlar farqiga inventarizatsiya bayonnomasida bu farq aybdor shaxslar hisobiga o’tkazilmaganligi sabablari haqida batafsil tushuntirish berilishi kerak. Inventarizatsiya natijalari inventarizatsiya tugallangan oyda hisobda va hisobotda, yillik inventarizatsiya bo’yicha natijalar esa y2illik moliyaviy hisobotda qayd qilinishi kerak.
Inventarizatsiya komissiyasi yig’ilishining bayonnomasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan inventarizatsiya tamom bo’lgandan so’ng 10 kun o’tmasdan tasdiqlanishi kerak.
Yillik hisobotning tushuntirish xatiga ilova qilib asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar va pul mablag’larini inventarizatsiya qilish natijalari vedomosti beriladi. Bu vedomostda yil davomida o’tkazilgan hamma amalga oshirilgan inventarizatsiyalarning natijalari aks ettiriladi.
Faraz qilaylik, amalga oshirilgan inventarizatsiyalar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning omboridagi xom ashyo va materiallarning miqdori va summalari buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida quyidagilar aniqlanadi:

  • Ortiq chiqqan ehtiyot qismlar quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: 


D-t - 1040 “Хom ashyo va materiallar” schyoti


K-t - 9590 “Moliyaviy faoliyatdan kelgan boshqa daromadlar ” schyoti

  • Kam chiqqan xom ashyo va materiallar “Kamomad va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan yo’qotishlar” schyotida bu kamomadning sabablari aniqlangunga qadar hisobga olib turiladi. Kamomadning sabablari aniqlangandan so’ng tegishli syayotlar debetlanib, “Kamomad va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan yo’qotishlar” schyoti kreditlanadi. Inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan kamomad summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: 


D-t – 5910 “Kamomadlar va boyliklarga yetkazilgan zarardan yo’qotishlar”


K-t – 1010 “Хom ashyo va materiallar” schyoti

  • Тabiiy kamayish natijasida sodir bo’lgan summasiga quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi: 


1)D-t 4860 “Davolar buyicha olinadigan schyotlar” schyoti


K-t 5910 “Kamomadlar va boyliklarga yetkazilgan zarardan yo’qotishlar”schyoti
2) D-t 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti
K-t 4860 “Davolar bo’yicha olinadigan schyotlar” schyoti

6.1. Hujjatlar haqida tushuncha va ularining rekvizitlari.


Buxgalteriya hisobini tashkil etishda quyidagi qoidalarga rioya qilish asosiy talab hisoblanadi.


BUXGALTER HECH KIMNING OG’ZAKI SO’ZIGA


ISHONMASLIGI KERAK


Amalga oshirilgan har qanday operatsiya yoki hisob kitob buxgalteriya hujjatlarida uz aksini topishi kerak.


Hujjat bu xo’jalik operatsiyalarining haqiqatdan amalga oshirilganligini isbotlovchi yozma dalildir. Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi metodining muxim elementlaridan biridir. Chunki buxgalteriya schyotlariga yoziladigan operatsiyalar faqat hujjatlarga asosan yoziladi. Xo’jalik operatsiyalarini tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish hujjatlashtirish deyiladi.


Hujjatlar xo’jalik operatsiyasi to’q’risida to’liq ma'lumot berish va uz vaqtida to’q’ri to’lg’azilishi lozim. qu7kjatlar vositasida moddiy-javobgar shaxslar hisobidagi tovar-moddiy boyliklariing qoldig’i va harakati (kelib chiqish, berilishi), ularning saqlanishi tekshirilib turiladi. Hujjatlar asosida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi qonuniyligi aniqlanadi. Shuning uchun ham hujjatlar ushbu operatsiyani bajarishga buyruq bergan va amalda bajargan shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanadi. Korxonalar xo’jalik faoliyatini taftish qilganda ham hujjatlarga asoslanadi. Hujjatlar sud-buxgalteriya ekspertizasi, ya'ni zarur bo’lgan paytlarda tergov organlari, prokuratura, sud yoki arbitiraj ishlarini olib borishda dalil bo’lib xizmat qiladi.


Har bir hujjat ma'lum bir ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Hujjatlarda qayd qilingan (aks ettirilgan) xo’jalik operatsiyalarini harakterlovchi ko’rsatkichlar shu hujjatning rekvizitlari deb ataladi.


Rekvizit lotincha suz bo’lib «talab qilinadigan»,kerakli degan ma'noni anglatadi.


O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’q’risida»gi Qonunning 9-moddasida hujjatlarda quyidagi majburiy rekvizitlar bo’lishi talab qilinadi:


-korxonaning (muassasaning) nomi;


-hujjatlarning nomi va raqami;


-hujjatlar to’zilgan sana ( yil,oy,kun) va joy;


-xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishda va ularni to’q’ri


rasmiylashtirishga ma'sul shaxslar shaxsiy imzolari.


Operatsiyalarning mazmuni va harakteriga qarab, hujjatlarda yuqoridagi majburiy rekvizitlardan tashqari qo’shimcha rekvizitlar ham bo’ladi. Hujjatlarning hammasi uz vaqtida aniq tushunarli holda talab qilinishiga qarab bir nusxada,ikkita,uchta va undan ortiq (oddiy kalamda to’lg’azish mumkin emas) sharikli ruchka pastasida.yozuv mashinkasida yoki hisoblash mashinalari vositasida yozilishi kerak. Kassa kirim va chiqim orderlari va bank cheklari bir nusxada xatosiz tuldirilishi kerak. Xukumatimizning hisob ishlarini soddalashtirish va arzonlashtirish to’q’risidagi qarorlariga asosan, xozirgi paytda ko’pgina operatsiyalar bo’yicha hujjatlarning unifikatsiyalashgan va standartlashgan namunali shakllari qabul qilingan. Masalan kassa kirim va chiqim orderlari hamma korxona va tashkilotlar uchun bir xil shaklda. Unifikatsiya deb bir turdagi operatsiyalarni yagona shakldagi hujjat bilan rasmiilashtirishga aytiladi.


6.2. Hujjatlarning turkumlanishi va ularning ahamiyati.
Korxona, tashkilot buxgalteriyasida hujjatlar juda ko’p ishlatiladi. Ularning mazmuni va xususiyatlarini bilish uchun turkumlarga ajratish kerak. Buxgalteriya hujjatlarini bajaridigan vazifalariga, to’zilish joyiga va tartibiga hamda kanchalik operatsiyani aks ettirishiga qarab turkumlash mumkin.

Buxgalteriya hisobida bajaradigan vazifalariga kura ular quyidagi guruhlarga bo’linadi.


1. Farmoyish hujjatlari.


2. Tasdiqlovchi hujjatlar.


3. Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar.


4. Buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari.


5. Axborot hujjatlari.


1.Farmoyish hujjatlari yordamida biron xo’jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun buyruq yoki ko’rsatma beriladi. Masalan.korxona xodimini ishga qabul qilish yoki bushatish haqidagi buyruqvakolatnoma,bankdan naqd pul olishga yozilgan chek va hokazo. Bu hujjatlar operatsiya bo’lishdan avval yoziladi va shuning uchun ham hisobda operatsiyani aks ettirishga asoso bula olmaydi. Faqat operatsiya sodir bo’lgandan keyin farmoyish hujjat asosida tegishli buxgalteriya yozuvini tasdiqlashda foydalaniladi.


2.Tasdiqlovchi hujjatlar ma'lum bir xo’jalik operatsiyasining bo’lib utganligini isbotlaydi. Masalan,materiallarni omborga qabul qilishda rasmiylashtirilgan kirim orderi,ishchi va xizmatchilarga ish haqi to’lash vedomosti va shu kabi hujjatlar.


3. Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar bir necha xil hujjatlarning belgilarini o’zida mujassamlashtiradi. Ularning afzalligi shundaki,kator hujjatlar belgilarini umumlashtirish bilan hujjatlar sonini kamaytirish. Buxgalteriya apparati ishini ixchamlashtirish imkonini beradi. Masalan,kassa chiqim orderi bu hujjat bir vaqtning o’zida farmoyish.tasdiqdovchi va buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatidir.


4.Buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari hisob-apparati xodimlari tomonidan hisob ishlarini tezlashtirish va ixchamlashtirish uchun to’ziladi. Bu hujjatlar to’q’ridan-to’q’ri biron bir xo’jalik operatsilarini rasmiylashtirish uchun emas,balki usha xo’jalik operatsiyasi sodir bo’lgan vaqtda rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar asosida to’ziladi.


5. Axborot hujjatlar korxona buxgalteriyasiga faoliyatiga tegishli iqtisodiy ko’rsatkichlarni normativ ma'lumotlar beruvchi hujjatlardir. Hujjatlar mazmuniga kura material, pul,hisob kitob.bank va boshqa turlarga bo’linadi. Buxgalteriya hisobining hujjatlari to’zilish tartibiga kura dastlabki va yigma hujjatlarga bo’linadi.


6. Dastlabki hujjatlar deb, bir xo’jalik operatsiyasi sodir bo’lgan vaqtda rasmiylashtiriladigan hujjatlarga aytiladi.Masalan,naryadlar,har xil aktlar, marshrut varaqalari,kassaning kirim va chiqim orderlari va boshqalar.


Yigma hujjatlar deb, bir necha dastlabki hujjatlar ma'lumoti asosida yigilib to’zilgan hujjatlarga aytiladi.


Masalan moddiy javobgar shaxs hisoboti, hisobdor shaxslarning bunak hisoboti va boshqalar.Korxonalarda amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari aks ettirilgan buxgalteriya hujjatlari ramiylashtirilgan davrdan boshlab ularni arxivga topshirishga kadar ko’pgina boskichlarni bosib utadi. Ushbu boskichlarning yig’indisi hujjatlar aylanishi deb ataladi.


hamma buxgalteriya ishlovidan utgan hujjatlar saqlash uchun tayyorlanadi. Ular operatsiyalarning mazmuni,to’zilgan vaqti va shu kabi tavsiflarga qarab taxlanadi va papkalarga tiqiladi.


Papkadagi barcha hujjatlar nomerlanadi va papka jildiga tashkilot nomi kanaka hujjatlar qaysi vaqt (yil,oy) hujjatlar nechta ekanligi ko’rsatiladi. Buxgalteriya hujjatlari ma'lum muddatgacha tashkilot arxivida maxsus jixozlangan shkaf,stellajlarda saqlanadi.


Hujjatlarda aks ettirilgan operatsiyalarning mohiyatiga qarabularni saqlash muddati har xil. Masalan,schyot-faktura nakladnoylar bir yil; kassa hujjatlari uch yil; kassa kitobi doimiy saqlanadi. 6.3. Inventarizatsiya va uning turlari.


Tashkilot buxgalteriyasida moddiy boyliklarda bo’ladigan hama o’zgarishlar hujjatlar asosida analitik va sintetik schyotlarda qayd etib boriladi va ma'lum vaqtlarda analitik hisob ma'lumotlarining sintetik hisob ma'lumotlariga tengligi tekshirib boriladi. Lekin omborlarda mahsulot qoldiqlari hamma vaqt ham buxgalteriya ma'lumotlari bilan to’q’ri kelavermasligi mumkin. Bunga oziq-ovqat mahsulotlarining tabiiy kamayish xususiyati (issik kunlarda maxsuloglar ko’rib, og’irligi kamayadi, sepiluvchi tovarlar tashib keltirish,saqlash va sotish mobaynida tuqiladi va shu kabilar), moddiy javobgar shaxslarning boyliklarni qabul qilish yoki sotishda xatoliklarga yo’l kuyishi, o’lchov asboblarining to’q’ri emasligi.ugirlik sodir bo’lganligi,moddiy javobgar shaxs xiyonat qilganligi va shu kabilar boshqa sabablar bo’lishi mumkin.


Xo’jalik mablag’larining haqiqiy miqdorini va ularning buxgalteriya hisobi ma'lumotlaridan farqini inventarizatsiya o’tkazish bilan aniqlanadi.


Inventarizatsiya (lotincha suz bo’lib-ro’yxat qilish demakdir) bu moddiy javobgar shaxslardagi boyliklarning haqiqiy qoldig’ini aniqlab (ulchab,tortib va hokazo), ro’yxat kilib buxgalteriya ma'lumotlari bilan taqqoslashga aytiladi. Invetarizatsiya uz vaqtida va sifatli o’tkazilishi katta ahamiyatga ega.


Invetarizatsiya mutaxassislardan iborat komissiya to’zilib o’tkaziladi.


Komissiya tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:


Korxona rahbari yoki rahbarning o’rinbosari;


Bosh buxgalter


Yurist;

Moddiy bo’lim buxgalteri;

Iqtisodiy bo’limlar xodimlari va boshqalar.


Komissiya a'zolari tarkibi korxona rahbarining buyruti bilan tasdiqdanadi.


Komissiya moddiy javobgar shaxsda turgan barcha boyliklar turlarini (xom-ashyo, pul mablag’lari,inventarlar va hokazo), ularning saqlanish sharoitini.mahsulotlarning sifatini, o’lchov asboblarining to’q’riligini tekshiradi.


Invetarizatsiya moddiy boyliklarning qanday qismini kamrab olishiga qarab to’liq va qisman o’tkazilishi mumkin. Xo’jalik mablag’larining hammasi inventarizatsiyadan o’tkazilsa tuliq inventarizatsiya deyiladi. Ayrim tovarlarning inventarizatsiya qilinishi qisman inventarizatsiya deyiladi.


Buxgalteriya hisobi ma'lumotlari to’q’ri bo’lishini ta'minlash va oddiy boyliklar qanday axvoldaligini tekshirish uchun inventarizatsiya yoki ashyoviy ro’yxat o’tkaziladi.


Inventarizatsiya yoki ashyoviy ro’yxat deb korxonada mavjud bo’lgan tovar moddiy boyliklarni natura va qiymat jixatdan asrab avaylashdir.


O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to’q’risidagi Nizomga kura,barcha tashkiliy-huquqiy shakl va faoliyat turlariga mansub korxonalar yillik hisobot to’zish moddiy resurslarni inventarizatsiyadan o’tkazishlari shart.


Inventarizatsiya o’tkazish vaqti korxonaning o’zi tomonidan beliglanadi.lekin u quyidagi xollarda majburiy o’tkaziladi:


-ijaraga berish va mulkni davlat tasarufidan chiqarish paytida;


-yillik buxgalteriya hisobotini to’zish oldidan, bunda hisobot yilining 1-oktyabridan keyin inventarizatsiya o’tkazilgan mol-mulk ro’yxat qilinmaydi.


Binolar inshootlar va asosiy vositalarning boshqa kuchmas ob'ektlarini ikki uch yilda bir marta inventarizatsiyadan o’tkazish mumkin. Pul mablag’lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blankalar oyda bir marta, yoq’ilg’i-moylash materiallari,oziq-ovqat mahsulotlari-har chorakda inventarizatsiya qilinadi;


-moddiy javobgar shaxs o’zgarganda (ishlarni qabul qilish topshirish kunida);


-o’g’irlash va suiste'mol qilish, shuningdek boyliklarni ishdan chqarish faktlari aniqlanganda-ana shu faktlar aniqlanagandan so’ng shoshilinch tarzda;


-yongin yoki tabiiy ofatlar yuz berganda-yongin yoki tabiiy ofatlar tugagandan so’ng shoshilinch tarzda;


-asosiy vositalar va tovar moddiy boyliklar qayta baholanganda; -korxona tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan paytda.


Shu tariqa,har bir tekshirish korxona moddiy va moliyaviy bazasining haqiqiy holati va kamomad sabablarini yaqqol ko’rsatadi.


6.4. Invetarizatsiyani o’tkazish tartibi va uning natijalarini rasmiylashtirish.

Inventarizatsiya o’tkazish uchun tashkilot (korxona) buyruq (farmoyish) chiqaradi va unda kaerda kachon, nimani, inventarizatsiya qilish kerakligi,hamda komissiya raisi va a'zolari ko’rsatiladi. Komissiya tarkibiga ma'muriyat, jamoa tashkilotlari vakillari, mutaxassislar hamda moddiy javobgar shaxslar kiritiladi. Komissiya moddiy javobgar shaxslardan barcha kirim va chiqim hujjatlariga asosan to’zilgan hisobotni oladi va boshqa hujjat qolmaganligi yoki hujjatlashtirilmagan operatsiyalar yukligi to’q’risida tilxat oladi. Boshqa xonalar berkitiladi, muxrlanadi va bir boshdan (ko’pincha chap tomondan) bor boyliklar moddiy javobgar shaxslar ishtirokida taroziga tortilib, ulchanib, hisoblab qoldig’i aniqlanib ro’yxatga yoziladi. Ro’yxatning har bir saxifasiga va ro’yxat oxiriga komissiya a'zolari kul kuyadilar.


Inventarizatsiya tugagandan keyin moddiy javobgar shaxsda hama boyliklar ro’yxatga kiritilganligi, komissiya a'zolariga da'vosi yukligi hamda ro’yxatdagi barcha moddiy boyliklarni uz javobgarligiga olishi to’q’risida tilxat olinadi. Inventarizatsiya ro’yxati tashkilot (korxona) buxgalteriyasiga topshiriladi.


Buxgalteriyada ro’yxat va buxgalteriya ma'lumotlari, asosida solishtirma qaydnomalari to’zilib inventarizatsiya natijalari, ya'ni boyliklarning buxgalteriya ma'lumotlari va haqiqiy inventarizatsiyadagi qoldig’i o’rtasidagi farqlar aniqlanadi.


Moddiy boyliklarning haqiqiy qoldig’i va buxgalteriya ma'lumotlari o’rtasidagi farqlar inventarizatsiya komissiyasi va korxona rahbari tomonidan urganiladi. Ortiqcha chiqqan moddiy boyliklar kirim qilinib daromadga olinadi. Agarda moddiy boyliklarning haqiqiy qoldig’i buxgalteriya ma'lumotlaridan kam bulsa,kam chiqish sabablari aniqlanadi. Agarda yuqorida yozilganidek moddiy boyliklarning kam chiqishiga mahsulotlarning tabiiy kamayishi sabab bulsa.bu summa tashkilot (korxona) muomala xarajatlarining ko’payishiga olib boriladi. Kamomadning kolgan summalari javobgar shaxslardan undirib olinadi.


Agarda kamomad tabiiy ofat yoki ugirlik natijasida bulsa,tashkilot (korxona) buxgalteriyasi hujjatlar tayyorlab tegishli organlarga topshirishlari zarur. Inventarizatsiya natijalari to’q’risida tashkilot (korxona) rahbarlari qaror qabul qiladi. Inventarizatsiya o’tkazilganda quyidagicha hujjatlashtiriladi.


Masalan tovar-moddiy boyliklarni invetarizatsiya qilganda.


TOVAR-MODDIY BOYLIKLARNING _______SON INVENTARLASh RO’YXATI

Korxona______________________________________________________ Korxonaning tarkibiy birligi______________________________________


Inventarlashni o’tkazish uchun asos________________________________


Buyruq qaror, farmoyish_________________________________________


Inveitarlash boshlangan sana _____________________________________


Inventarlash tugagan sana________________________________________


Buxgalteriya hisobi hisobvarag’i raqami_____________________________


TILXAT

Invetarlashni o’tkazish boshlanishiga tovar-momiy boyliklarga doir garcha kirim va chiqim hujjatlari buxgalteriyaga topshirildi va mening (bizning) javobgarligimga kelib tushgan barcha tovar-moddiy boyliklar kirim qilindi, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan o’chirildi.

Moddiy javobgar shaxs (shaxslar)


______________________ ___________________ __________________


(lavozimi) (imzo) (imzo rasshifrovkasi)





Tovar-moddiy boyliklar
O’lchov birligi
Narx, Sum
Haqiqatda mavjud
Buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bo’yicha

Nomi turi, navi, huruhi


Nomenk latura raqami


nomi
kod


Son
Summa Sum


son
Summa Sum

Ro’yxat bo’yicha jami: tartib raqamlari soni_____________________


(so’z bilan)


Birliklarning haqiqatdagi umumiy soni__________________________


(so’z bilan)


haqiqatda____________________________so’mlik summaga


(so’z bilan)


Komissiya raisi:


_____________________ ___________________ __________________


(lavozimi) (imzo) (imzo rasshifrovkasi)


Komissiya a'zolari:


______________________ ___________________ __________________


(lavozimi) (imzo) (imzo rasshifrovkasi)


______________________ ___________________ __________________


(lavozimi) (imzo) (imzo rasshifrovkasi)


______________________ ___________________ __________________


(lavozimi) (imzo) (imzo rasshifrovkasi)




Mazkur inventarlash ro’yxatida-raqamdan raqamgacha sanalgan va ulchangan barcha tovar-moddiy boyliklar komissiya tomonidan mening ishtirokimda tekshirildi va ro’yxatga kiritildi.shu munosabat bilan komissiyaga da'voim yuk. Ro’yxatda sanalgan va ulchangan tovar-moddiy boyliklar qat’iy mening mas'uliyatli saqlashimda turibdi.
Yüklə 42,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə