|
Matnli masalalarni yechish metodlariBirinchi vaziyat. Biror ish hajmi faqat qo'l kuchi yordamida ma'lum unumdorlik bilan bajariladi. Bir miqdorning qiymati ma'lum, u ham bo'lsa, ish vaqti 10 kun. Boshqa miqdorlarning qiymati noma'lum
|
səhifə | 3/4 | tarix | 13.12.2023 | ölçüsü | 1,24 Mb. | | #149541 |
| Matnli masalalar yechish va ularning metodlariBirinchi vaziyat. Biror ish hajmi faqat qo'l kuchi yordamida ma'lum unumdorlik bilan bajariladi. Bir miqdorning qiymati ma'lum, u ham bo'lsa, ish vaqti 10 kun. Boshqa miqdorlarning qiymati noma'lum. - Ikkinchi vaziyat. Aynan o'sha ish hajmi faqat «O'zbekiston» traktorida ma'lum unumdorlik bilan bajariladi. Ish vaqti ma'lum, 1 kun. Boshqa miqdorlarning qiymatlari noma'lum.
- Uchinchi vaziyat. Aynan o'sha ish hajmi har birining mos unumdorligi bilan bajariladi. Uchala miqdorning qiymatlari noma'lum.
- Masalaning talabi: «Bu maydon necha kunda haydab bo'linadi?». Unda noma'lum miqdorlardan birining qiymatini, u ham bo'lsa, ikkalasi birgalikda ishlagan vaqtini topish kerakligi ko'rsatiladi. Shu talabning o'zini buyruq shaklida ham ifodalash mumkin: «Ikkalasi birgalikda ishlaganda, maydonni haydash uchun ularga necha kun talab etilishini toping».
- Mazkur masalada miqdorlarning beshta noma'lum qiymatlari bor, ulardan biri masalaning talabiga kiradi. Miqdorning bu qiymati izlanuvchi miqdor deb ataladi.
MASALALAR YECHISH - Matnli masalalarni arifmetik usulda yechish murakkab fao-liyat bo'lib, uning mazmuni berilgan masalaga ham, masala yechuvchining malakasiga ham bog'liq. Shunday bo'lsa-da, unda bir necha bosqichni ajratish mumkin.
- Masalaning mazmunini tushuntirib yechish va tahlil qilish.
- Masalani yechish rejasini izlash va tuzish.
- Yechish rejasini bajarish. Masalaning talabini bajarish haqidagi xulosani ifodalash (masalaning savoliga javob berish).
- Yechimni tekshirish va agar xato bo'lsa, uni tuzatish. Masalaning talabini bajarish yoki masalaning savoliga javob berish haqidagi uzil-kesil xulosani ifodalash.
- Shuni ta'kidlash kerakki, masala yechish jarayonida aytib o'tilgan bosqichlar qat'iy chegaraga ega emas va har doim ham birday to'la bajarilmaydi.
4- shart. - Test sinovi. Guruhlarga test savollari yozilgan kartochkalar beriladi.
- Unda 2, 3, 5-mashqlar berilgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|