|
Matn va uning turlari
|
səhifə | 2/2 | tarix | 23.12.2023 | ölçüsü | 106,5 Kb. | | #155074 |
| asadbek(ózbek til)Fonetik tahlil Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga alohida e'tibor qaratmog` lozim. She'riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she'rda o`ziga xos jozibador ohang bo`ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo`llash natijasida erishiladi.She'dariyat, asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho`zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so`zlarni noto`g`ri talaffuz qilish, tovush ortttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta'minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo`llash bilan bog`liq qonuniyatlarni yozuvda aynan ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga fonografik vositalar yordamida erishish mumkin.
Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash o`ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo`lish, xafa bo`lish, rozilik, taajjub yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish so`roq, ta'kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo`llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli fonografik vositalardan foydalaniladilar.
1. Unlilarni birdan ortiq yozish. Bunda unlini cho`zib talaffuz qilinganligi tushuniladi.Unlini cho`zib talaffuz qilish orqali qahramonning voqelikka munosabati oydinlashtiriladi.Ilmiy adabiyotlarda mazkur usul orqali belgining me'yordan kuchsiz yoki ortiq ekanligini ifodalashda foydalanilishi ta'kidlanadi. Masalan, belgining kuchsizligi: Ortiq jizzaki ko`rinmaslik uchun bos-i-iq tovush bilan dedi... (P.Q.) Belgining ortiqligi: Uzo-oq yo`l, ahyo-onda bir keladi, qato-or imoratlar, o`yla-ab tursam, o`g`lim, dunyoni ishi qiziq (A.M.).
Shuningdek, badiiy matnda unlilarni birdan ortiq yozish usulidan qahramonning biror nimadan hayratlanishi, taajjubga tushishi kabi holatlarini ifodalashda foydalaniladi. Masalan, -Marhamat... O`-o`, kaklikning sayrashini dedingizmi? Uning manglayi tirishib va g`ijinib davom etdi:- Biz ham sizga qo`shilib eshitar ekanmiz-da? (Sh.H.) - O`-o`o` , okaxon, tuda-suda to`laysiz-da. (Sh.H.)
- A-a-a, o`sha sizmidingiz, buni qarang-a, tanimapman. Uyimizga Yana bir kelgan ekansiz. Yo`qligimni qarang-a. (S.A.)
2. Undoshlarni birdan ortiq yozish. Aslida orfoepik me'yor bo`yicha bir undosh talaffuz qilinishi kerak bo`lgan so`zlar muayyan vaziyatlarda ekspressiya va estetik maqsad talabi bilan atayin qavatlab talaffuz qilinadi. So`zlovchining ichki ruhiyati (siqilish, hursandlik kabilar) va maqsadini kitobxonga aynan etkazish uchun yozuvchilar badiiy matnda bu holatni undoshlarni birdan ortiq yozish orqali ifodalashga harakat qiladilar. Bunda belgining me'yordan ortiqligi, harakatning davomiyligi yoki bir onda ro`y berganligi, takroriyligi, tovush kuchining balandligi yoki pastligi kabi ma'nolar ifodalangan bo`ladi. Masalan, belgining ortiqligi: Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg`on emas.(O.)
Harakatning davomiyligi: Yarim soatlik qonli g`ov-v-v-v, g`u-v-v-v, ov-v-v-v-v, ov-v-v-vdan so`ng Mallaxonning davangisi mag`lub bo`lib, faje' bir suratda yaralandi. ( A.Qod.)
Harakatning oniyligi: Mashina Chuqursoyga qayrilish o`rniga yo`lning o`rtasida taqqa to`xtadi.
Ovoz kuchining balandligi: Bummm» degan tovush eshitildiyu, ko`kni chang-to`zon qopladi.
Ovoz kuchining pastligi: Ammo shunchalik davru davronlar o`tquzilg`an va o`tquzilmoqda bo`lg`an bo`lsa bunchalik ochub - ... tis-s-s! Yopig`liq qozon-yopig`liq... tuya ko`rdingmi yo`q... (A.Qod.) Mashina bir-ikki pig`-g`-g` degan ovoz chiqardi-da, butunlay o`chib qoldi.
So`zlarni noto`g`ri qilish. Og`zaki nutqda turli sabablarga ko`ra ayrim so`zlar, asosan, o`zlashma so`zlarni buzib talaffuz qilish holati mavjud. Bunday xato so`zlovchining o`zlashgan so`z imlosini to`g`ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi, paronimlarni farqlamaslik natijasida yuzaga keladi, deb izohlash mumkin. Badiiy asarda bu usuldan qahramon nutqini individuallashtirish hamda ifodani og`zaki jonli nutqqa yaqinlashtirish maqsadida ham so`zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va o`sha tarzda yoziladi. Masalan: - Kotibadan, kirsam mumkinmi, deb so`rash kerak.
- Jinni bo`ldingmi, Ne'mat?
- Men sizga Ne'mat emasman, o`rtoq Babbaev bo`laman, o`rtoq Xajjayip. (S.A.)
- Xo`p, bo`pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi... aytaveraymi, deb unga qaradi.(S.A.)Alliteratsiya grekcha so`z bo`lib, nutqda tovushlarning mos kelishidir. U takrorning bir ko`rinishi bo`lib, badiiy nutqni yanada ohangli, ifodali bayon etish uchun qo`llanadiyu U ko`pincha she'riy asarlarda uchrab, o`zaro qofiyalash, ohangdosh, bir xil so`zlarning yoki bir xildagi tovush va qo`shimchalarning takrori asosida vujudga keladi. Mumtoz adabiyotda alliteratsiyatavzi' san'ati deb ham yuritiladi.
Bo`z to`rg`ay, bo`zlashaylik.
Turumtoy, so`zlashaylik.
Qaldirg`och, quvlashaylik.
Betilmoch, quvnashaylik.
Sa'vavoy, sayrashaylik.
Soyma-soy sayrashaylik.(Mir.)
Bu she'rda alliteratsiya qofiyadosh so`zlar va S tovushi takroridan yuzaga chiqmoqda.
Bolalar folklorida alliteratsiyaga asoslangan tez aytish va aytishmachoq qyinlar mavjud. Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi?
Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional-ekspressivlik bag`ishlash maqsadida qo`llaniladigan fonetik ususllardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bo`ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning takrorlanishi maqollarda ko`p kuzatiladi:
2.2. Matnning leksik-semantik tahlili
Tilda har bir unsurning o`z vazifasi, ma'no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog`lanish qonuniyatlari bor. Ana shu qonunityalardan mukammal boxabar bo`lgan, so`z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar paydo qila oladi. Shunda kitobxon asarning nafaqat g`oyasi, balki go`zal tilining asiriga aylanadi. Bunda umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik ma'nolar hal qiluvchi rol o`ynaydi.
Agar soz bu til birligi bolsa, u holda matn kommunikatsiya (aloqa,fikr almashinuvi) birligidir.Sozlar muayyan manoga, matnlar esa muayyan mazmunga ega. Oquvchi soz manolarini bila turib, ularni kontekstdan anglab oladi, tushunib yetadi yani tasavvurida muayyan mazmunlar hosil qiladi. Mano va mazmunlarni anglash matnni tushunish demakdir.1
Yozuvchining so`z qo`llash mahoratini baholash uchun, avvalo, so`z va uning ma'nosi, bu ma'noning tuzilishini aniq tasavvur etish lozim. So`zning qo`llanishi bilan bog`liq holda yuzaga chiqadigan qo`shimcha ma'no nozikliklari turli tasvir usullari va vositalari orqali reallashishi mumkin. Ammo bunday qo`shimcha ma'no nozikliklari ko`pincha so`z ma'nosining o`zida imkoniyat tarzida mavjud bo`ladi, ular so`zning ma'no qurilishida ilgaridan qayd etilgan bo`ladi.
Tildagi nominativ birliklarning ma'no tuzilishini o`rganishda tilshunoslikda semantikaning konnotativ jihati tushunchasiga alohida e'tibor beriladi. V.N.Teliya ta'rificha, konnotatatsiya-til birliklari semantikasiga uzual va akkazional ravishda kiradigan, nutq sebyektining borliqni jumlada ifodalashda uning ayni shu borliqqa bo`lgan hissiy-baholash va stilistik munosabatini ifodalaydigan hamda shu axborotga ko`ra ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyatdir.
Til mohiyati, ichki qurilishi jihatdan denotativ (atash, nomlash, nominativ) va konnotativ (emotsional-ekspressiv) ma'no bildirib shu asosda informatsiya (aloqa) vazifasini bajara oladigan vosita ekanligi uning ichki dualizmi, bir tomondan, obyektiv borliqni aks ettiruvchi tafakkurning shakli; ikkinchi tomondan, har bir elementning mohiyati shu elementning boshqa elementlar bilan bo`lgan ichki munosabatidan kelib chiqadigan mustaqil tizim ekanligi bilan chambarchas bog`liq. Agar tilning atash vazifasi uning tafakkur shakli, tushunchalarni qolipga soluvchi bir vosita ekanligi bilan bog`liq bo`lsa, uning ekspressiv vazifasi tilning mustaqil sistema ekanligi, elementlarning mohiyati ularning ichki munosabatlari asosida ochilishi mumkinligi bilan bog`liq.
So`z semantikasida denonativ ma'no bilan birga konnotativ ma'no ham mavjud. Konnotativ ma'no so`z semantikasidan denotativ ma'no ajralgandan keyin hosil bo`lgan ayirmaga teng: KqS-D.
O.S.Axmanovaning ta'kidlashicha, so`z semantikasida 2 xil konnotatsiya mavjud: ingerent konnotatsiya-so`z matndan tashqari holatida unga xos bo`lgan konnotativ ma'no va adgerent konnotatsiya-so`zda ma'lum kontekstda paydo bo`ladigan konnotativ ma'no.
Nutqdan tashqarida, ma'lum bir matnsiz ham so`zning semantik tarkibiga kiruvchi va paradigmatik munosabatlar bilan belgilanadigan konnotativ ma'no ottenkalari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
1)so`zlovshining ijobiy-neytral-salbiy munosabati ifodalanadigan so`zlardagni ma'no attenkalari: chehra-yuz-bashara;
2)munosabat darajasi, miqdoriga ko`ra farqlanadigan attenkalar: chiroyli-go`zal-suluv;
3)so`zning qo`llanish doirasiga ko`ra: ajab-ajib, do`ppi-kallapo`sh.
Adgerent konnotativ ma'no til elementining sintagmatik munosabatini o`zgartirish asosida hosil bo`ladi. (birikish potentsialini). Neytral konnotativ ma'noli so`zlar kontekst ta'sirida u yoki bu konnotativ ma'nolarga ega bo`lishi mumkin. Jumladan, ko`chma ma'no so`z semantik strukturasini buzish, undagi biror semani tushirish, ikkinchi semaning bo`rttirilishi asosida va hok. M-n, «po`lat» so`zining denototiv ma'nosi metall qotishmasining bir turi ekanligi». Har bir predmet o`zining ma'lum belgilari bilan xarakterlangani kabi «po`lat» bizning ongimizda «mustahkamlik», «qattiqlik belgilari bilan xarakterlanadi. Bu «po`lat» so`zining ichki konnotativ ma'nosini mana shu «qattiqlik», «mustahkamlik» konnotativ semalarni «metall qotishmasi» semasidan ajratib boshqa bir predmetga nisbatan berilsa, kuchli konnotativ ko`chma ma'no hosil boladi: po`lat iroda.Yuqoridagi «po`lat iroda» birikmasida «po`lat» so`zining tildagi sintagmatik munosabati buzilgan. Til bosqichida birikuv yo`li bilan metall nomlarini ifodalovchi otlar faqat shu metalldan yasalishi mumkin bo`lgan predmetlar nomini anglatuvchi otlar bilan birika oladi: po`lat pichoq, po`lat sandiq kabi. «Po`lat iroda» birikmasida esa bu so`z abstrakt tushunchani ifodalovchi so`z bilan birikkan.
XX asrning songgi choragida mano kochishining usullaridan biri bolgan bu hodisaning inson kognitiv faoliyatiga ham xos ekanligi haqidagi qarashlar ilgari surila boshladi. Matn semantikasida mavjud bolgan kognitiv metaforalarni ularning til sathiga kora tasnifi asosida tahlil qilish lozim.2Yani: a) soz shaklidagi metaforalar; b) soz birikmasi shaklidagi metaforalar; s) gap shaklidagi metaforalar; d) mikromatn shaklidagi metaforalar.
Soz shaklidagi metaforalarning xususiyatlari tilshunosligimizda yetarli darajada o;rganilgan deyish mumkin. Ularning psixologik va kognitiv jihatlari oz tadqiqini kutmoqda. Soz birikmasi shaklidagi metaforalar
Ma'lumki, til elementlarining mohiyati bu elementlarning nafaqat paradigmatik, shuningdek, sintagmatik munosabatlari, ya'ni qanday elementlarga matn tarkibida nisbatan kam qollansa-da, uning semantik tuzilishida muhim orin tutadi. Soz birikmasi shaklidagi metaforalar matn referentlari va lisoniy belgi ortasida mazmuniy shartlanganlik vaziyatini yuzaga keltiradi: Shohlar bilan bizning oramizda chuqur jarlar bor.Men bu jarga bir marta qulab, olishimga sal qoldi ( P.Qodirov Humoyun va Akbar ); Adhamxonga mening qilcha ham kudratim yoq. Faqat uning ozi amalparastlik kochasidan chiqmogi kerak. Bu kocha ne-ne odamlarni adashtirib, mahv qilib yuborganini ozingiz bilursiz( P. Qodirov Humoyun va Akbar) Bunda matn boshlanmasida kochma manoda qollangan soz birikmasi matnning keyingi jumlalari semantikasiga ham oz tasirini otkazadi, yani semantik mazmunni matn boylab yoyilishini, obrazli ifodani bir maromda saqlanib turishini taminlashga xizmat qiladi.
Gap shaklidagi metaforalar, yani ozida boshqa bir nutqiy vaziyat ifodasini implitsit tarzda namoyon etuvchi gaplar ham badiiy matnga xos xuxusiyatlardan biridir. Masalan: Bosh omon bolsa, doppi topiladi; Sanamay sakkiz dema; Osmon yiroq, yer qattiq kabi kabi gap tipidagi maqollar metaforik mazmunli gaplarning yorqin namunasidir.Matn-metaforalar- ozbek tili kommunikatsiyasida metaforik mazmunli matnlar ( yoki matn-metaforalar) oziga xos orin tutadi. Bunday matnlarda ifodalangan mazmun global xarakterga ega bolib, ozaro aloqadorlikda bolgan voqea-hodisalarning okkilamchi nominatsiyasi sifatida amal qiladi. Matn-metaforalarga xos bolgan xarakterli xususiyat shundaki, unda matn subyektning metaforik manoda qabul qilinishi matndan anglashilgan makropropositsiyaning ham oquvchi ongida metaforik xarakter kasb etishiga olib keladi.
Ma'nodosh so`zlar tilning lug`aviy jihatdan boylik darajasini ko`rsatib beruvchi o`ziga xos vositadir. Tilda ma'nodosh so`zlarning ko`p bo`lishi tilning estetik vazifasini to`liq bajara olishini osonlashtiradi. Badiiy matnda ma'nodosh so`zlarni tahlilida asosan, ikki jihatdan e'tibor qaratish kerak. 1-muallifning ikki yoki undan ortiq ma'nodosh so`zdan ifodalanayotgan mazmun uchun maqbul birini tanlashi, 2-bir matn tarkibida 2 yoki undan ortiq ma'nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga muvofiq tarzda qo`llash masalasidir.Tilshunoslikda ma'nodoshlikning 3 turi farqlanadi: leksik, frazeologik, leksik-frazeologik.
Leksik ma'nodoshlikdan quyidagicha foydalaniladi:1.Til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda rangsizligidan qochish uchun: Ikkala o`rtoqning sharaq-sharaq gaplashgan, bir biriga sevinch bildirishgan quvnoq va baland ovozlari boshqa hamma unlarni bosib ketdi.
2.Tasvir ob'ektiga e'tiborni jalb etish uchun:Holbuki, musulmonlik kiyimda emas, qalbda, dilda.
3.Ijobiy belgining darajama-daraja ortib borishini aniq ifodalash uchun: Zebixon bilan kelgan boshqa qizlar ham bir-biridan quvnoq.
4.Salbiy belgining kuchayib borishini aniq ifodalash uchun: Xo`sh, ming-boshining o`zi odamlar aytganday juda xunuk va badbashara odammi?
Kontekstual ma'nodoshlik. Mahoratli yozuvchilar tildagi tayyor sinonimlardangina foydalanib qolmay, badiiy tasvir ehtiyojiga ko`ra ma'nodosh bo`lmagan so`zlarni ham shunday qo`llaydilarki, bu so`zlar matnda xuddi ma'nodosh so`zlar kabi idrok etiladi: Kechagina, qarg`ab, so`kib, «o`ldirsam» deb yurgan kundoshini o`pib, quchoqlab, silab-siypab birpasda qalin do`st bo`lgan emish.
Frazeologik ma'nodoshlik. Voqealikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko`z o`ngida aniq va to`la gavdalantirishda iboralarning ma'nodoshligidan keng foydalaniladi: Uenggan, yutgan. Oshig`i olchi kelgan, deganini bo`ldirgan kundosh emasmidi?
Jumla tarkibida kelgan ma'nodosh iboralar qahramon bilan aloqador biror sifatni, xususiyatni ikir-chikirigacha tasvirlashgaqaratilgan boladi..
Leksik-frazeologik ma'nodoshlik. Lug`aviy birlik sifatida so`zlar iboralar bilan sinaktik munosabatda bo`lishi mumkin.
Matnda bunday holatni bo`rttirib, atroflicha tasvirlashda foydalaniladi: Qurvonbibi so`zga qancha epchil bo`lsa, Razzoq so`fi shu qadar kamgap indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam edi.
3. Tovush tomoni bir xil bo`lib, turli ma'nolarni ifodalovchi so`zlar omonimlar deyiladi.
Omoleksemalar-shakliy, ham talaffuz jihatidan bir xil so`zlar: qovoq-qovoq
Omograflar-shakli bir xil, talaffuzi har xil so`zlar-tom-tom, atlas-atlas.
Omofonlar-talaffuzi bir xil: yod-yot, sutxor-sudxo`r.
Shakldoshlik iboralarda ham uchraydi: boshiga ko`tarmoq (e'zozlamoq)-boshga ko`tarmoq (to`polon qilmoq) qo`l ko`tarmoq.
1.Zid ma'noli so`zlar badiiy nutqda ta'sirchanlikni ta'minlashda qulay vositadir. Sharq adabiyotida qadimdan bu ifoda imkoniyatidan keng foydalaniladi. Uning asosida tazod, antiteza va zid ma'noli so`zlarni yonma-yon qo`llash orqali tushunchalar, belgilar, holatlar, obrazlar zidlanadi.
Lisoniy va kontekstual antonimlar farqlanadi.
Zid ma'nolilik iboralarda ham uchraydi: ko`kka ko`tardi-erga urdi, ko`ngli oq-ichi qora, yuzi yorug`-yuzi qora.
2.Yozuvchining mahoratini belgilashda ko`p ma'noli so`zlarni o`r o`rnida, muayyan estetik maqsad bilan qo`llay olishi ham muhim omildir. Ko`p ma'noli so`zlar nutqning ifoda imkoniyatlarini keng-shga ko`maklashuvchi vosita hisoblanadi.
Masalan, «yuk» so`zi O`TIL da 4 ta ma'nosi ko`rsatiladi: og`irlik, tashvish, homila, diniy e't. Ko`ra yuz bergan kasallik.
Iboralarda ham ko`pma'nolilik kuzatiladi: yuragi qinidan chiqdi: Shunaqa paytda odamning yuragi qinidan chiqib ketadi.
6.Ikki yoki undan ortiq so`zlarning o`zaro munosabatidan tG`t, nutq jarayonisha tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat tarzida mavjud bo`luvchi til birliklari barqaror birliklar deyiladi.
Ularga iboralar, maqol-matallar, hikmatli so`zlar kiradi.
.
2.3.Matnning sintaktik tahlili
Badiiy matnning morfologik xususiyatlari haqida gap ketganda, morfologik birliklarning ishlatilishi bilan bog`liq holatlar nazarda tutiladi. Morfologik birliklarning estetik vazifasi deyilganda mahsus so`z shakllari vositasida, shuningdek, ma'lum bir grammatik ma'no va funktsiyaga ega bo`lgan so`z shakllarini mahsus qo`llash orqali ekspressivlik emotsionallik ifodalanishi tushiniladi.
Ekspressivlik ijobiy va salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlarda aniq ko`rinib turadi. Badiiy matn lisoniy tahlil qilinganda ana shunday birliklarni ajratish, qaysi turkumga oidligi, kimning nutqida, nima maqsadda qo`llanilganligi, kimga nisbatan, qanday vaziyatda ishlatilganligi e'tiborga olinishi zarur.
Odatda, erkalash, suyish, hurmat, ulug`lash kabi ma'nolar ijobiy, jirkanish, mensimaslik, kibr, masxara, nafrat, g`azab, kinoya kabi munosabatlarni bildiruvchi so`zlar salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlar kiradi. Tahlil jarayonida matnda qo`llanilgan barcha morfologik birliklar emas, estetik maqsad aniq ko`rinib turgan, yozuvchining badiiy niyati ifodalangan morfologik o`zgachaliklar haqida so`z yuritiladi. Masalan: takror, morfologik parallelizm.
Atoqli otlar: G`oyibnazar Pinxonov, Oldi Sottiev, Tijoratxon, Dehqonqul.
Badiiy matnning ta'sirchanligini ta'minlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi.
Badiiy adabiyotda ifodali nutq vositasi sifatida muhim rol o`ynaydigan, mazmunan stabillashgan nutq oborotlari sintaktik-stilistik figuralar deyiladi.
Sintaktik figuralar nutq ta'sirchanligini oshirish, tasviriylikni kuchaytirishga yordam beruvchi maxsus sintaktik qurilish, nutq ko`rinishlaridir. Troplar so`zlar bilan ish ko`rsa, figuralar gap tuzilishi va gapdan anglashilgan umumiy ma'noga asoslanadi.
Figuralar nutqni ohangdor, ta'sirchan va jozibador qilishi va shu yo`l bilan tinglovchi tomonidan osonlik bilan qabul qilinishida muhim uslubiy vositadir. Shuning uchun ham ularni ma'lum darajada nutq muzikasi deyish mumkin.
Matnni sintaktik jihatdan tahlil etishda sohaga oid barcha adabiyotlarda quyidagi uslubiy vositalarga etibor berish qayd etiladi:31.Sintaktik parallelizm. 2. Emotsional gaplar. 3. Ritorik soroq gap. 4. Inversiya. 5. Ellipsis. 6. Sukut. 7. Gradatsiya. 8.Antiteza. 9. Farqlash.10. Oxshatish.
Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar kop qollaniladi. Tilshunoslikda bunday atamalar parellelizm (yun. parallelos-yonma-yon boruvchi)atamasi ostida organiladi.
Parallelizm ikki hodisani yonma-yon qo`yib tasvirlash orqali ularni bir-biriga qiyoslash usuli bo`lib, undan tasvir etilayotgan ob'ektga tinglovchini diqqatini qayta tortish maqsadida foydalaniladi. Parallelizmning asosiy vazifasi fikrga izoh berish, unga tinglovchini to`la ishontira olishdan iborat.Parallelizm usuli his-hayajon, ko`tarinki ruh bilan aytilgan nutq ko`rinishlari uchun xarakterli bo`lib, tinglovchida turli emotsiyalarni uyg`otuvchi ifoda shakli hisoblanadi. Parallelizm natijasida davomiylik, ko`tarinkilik, qat'iylik kabi ifodalanishiga erishiladi.Ular til uslubiy vositalarining boyish manbalaridan biri bolib, poetik nutqda kop qollanadigan, eng mahsuldor va tasirchan sintaktik birlik hisoblanadi. Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq tasirchanligini oshirish bilan birga manoni kuchaytirishga va fikrningbatafsil atroflicha ifodalanishiga, tasvir obyekti bilan bogliq malumotlar fondining kengayib borishiga xizmat qiladi.
Quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.Nutqninggo`zal va jozibador bo`lishini ta'minlaydi. Tinglovchining diqqati asosiy ob'ektga jalb etiladi, u orqali fikr tez anglashiladi.
2.U orqali fikrni lo`nda, aniq, o`tkir, jonli va kuchli ifodalash imkoniyati tug`iladi.
3.Parallelizm vositasida fikrning tub mohiyati ochib beriladi, fikr predmetining asosiy sifatlari yoritiladi.
4.Mantiqiy jihatdan ajratib ko`rsatish orqali fikr ob'ekti haqida keng ma'lumot beradi.
Umr degan bir keladi, yoshlik ham bir keladi.
Emotsional gaplar.Sozlovchining ota xursandlik yoki ota xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini,voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi.Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy boyoqdor sozlar ( chehra, oktam, tabassum , turq,qopol, tirjaymoq kabi ) mavjud boladi. Osha sozlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinch, qorquv, gazab kabi psixologik jarayonlarni hamda yozuvchining tasvir obyektiga nisbatan subyektiv munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida ijobiy yoki salbiy boyoqdor soz va iboralar,his-tuygu ifodalovchi undovlar ( oh, voy, eh attang, voy shorim, bay-bay-bay kabi), munosabat ifodalovchi undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini taminlashga xizmat qiladi.
Inversiya-gap bo`laklarining o`rin almashinishi yoki gap bo`laklarining joylashish tartibini ma'lum maqsad bilan o`zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og`zaki nutqqa xos xususiyat. Badiiy asarda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirish, qahramon nutqini individuallashtirish uchun inversiyadan foydalaniladi. She'riyatda ifodalilik ohangdorlik, ta'sirdorlikni oshirishga xizmat qiladi. Masaln:Bozprga oxshaydi asli bu dunyo,
Bozorga oxshaydi bunda ham mani.
Ikkisi ichra ham kormadim aslo,
Molim yomon degan biror kimsani.( A. Oripov )
Antiteza( antithesis qarama-qarshi qoyish, zidlash) deb mantiqiy jihatdan qiyoslanuvchi fikr, tushuncha, sezgi va timsollarni qarama-qarshi qo`yish, zidlash hodisasiga aytiladi.
Voqea-hodisalar mohiyatidagi ziddiyatni ochish uchun zid ma'noli qo`shimchalar, so`zlar, iboralar, zidlovchi bog`lovchilardan foydalaniladi. Zidlashda voqea-hodisa, belgilarni o`zaro zid qo`yilib, shulardan birining ma'nosi alohida ta'kidlanadi. Zidlanishda ikki qism mavjud: zidlovchi qism va zidlash asosi ta'kidlangan qism. Masalan:
1.Noningni yo`qotsang yo`qot, nomingni yo`qotma!( O.Hoshimov)
2.Ilmu she'rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul.
O`z elida chekdi g`urbat,
Zoru nolon o`zbegim.( E.Vohidov)
Gradatsiya( lot. Gradation zinapoya, bosqichma-bosqichkuchaytirish).Nutq parchalaridan biri ikkinchisining manosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon.Badiiy adabiyotdaholatlarni, tuygu va kechinmalarni qiyoslash, obraz, epitet, metafora va boshqa tasviriy vositalarning ketma-ket kuchayib yoki pasayib borishidan yuzaga chiquvchi uslubiy vositaga aytiladi. Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga kora turlicha tasnif etiladi:
1. Klimaks (ko`tarilish)2. Antiklimaks (pasayish)
Ifoda usuliga ko`ra:1. Mantiqiy mantiqiy gradatsiya tarkibiy qismlari o`rtasidagi ifodalangan tushunchalar va fikrlar nuqtai nazaridan qaralganda ko`zga tashlanuvchi nisbiy belgilar orqali yuzaga chiqadi.
2.Emotsional gradatsiyada his-tuyg`u ifodalovchi tushunchalar bosqichma-bosqich joylashib, kuchayib boradi.
3.Miqdoriy gradatsiyada o`zaro mos tushunchalar hajmi, miqdorining o`sib yoki kamayib borishi:Bir yil o`tdi, uch yil, besh yil.
Ifoda materialiga ko`ra:1. Leksik gradatsiyada uni tashkil qilgan komponentlarning sintaktik jixati emas, leksik-semantik jixati ahamiyatliroq bo`ladi. Shunday holda ham gradatsiya komponentlari sintaktik aloqaga kirishgan bo`ladi.
2 .Sintaktik gradatsiyada bir konteks doirasidagi bir necha gap ifodalagan mazmun asos bo`ladi. Bir qo`shma gap doirasida sodda gaplar va bir yoyiq kontekstda yonma-yon holda joylashgan nisbiy mustaqil gaplar ifodalagan fikrlarning bosqichma-bosqich kuchayib yoki pasayib boruvchi nutqiy hodisa sintaktik gradatsiya deyiladi.
Yana bir ko`rinishi yonma-yon joylashgan, bir-biriga tobe bo`lmagan nisbiy mustaqillikka ega gaplardir.Ritorik so`roq ko`tarinki, kuchli emotsiya bilan aytiluvchi, ekspressiv vazifa bajarish uchun xizmat qiluvchi uslubiy vosita.
Vazifasiga ko`ra:1.Tinglovchiga qandaydir ta'sir ko`rsatishga mo`ljallanadi.
2.Faqat ekspressivlik ifodalaydi, sof emotsional ta'sir ko`rsatadi.
Ellipsis(yun.tushish,tushirilish) deb nutqiy aloqa jarayonida gap bo`laklarining ma'lum maqsad bilan tushib qolish hodisasiga aytiladi. Bunday tushirilish tildagi lingvistik iqtisod lisoniy tejamkorlik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Bu jonli nutq uchun tabiiy hol bolib, badiiy matnga ham xuddi shu jonli nutqqa xos tabiiylikni taminlash maqsadi biln olib kirilgan. Badiiy matndagi ellipsis tekshrilganda, qaysi gap bolagi ellipsisga uchraganligi va bundan qanday maqsad kuzatilganligi izohlanadi. Ellipsisni maqollarda kop uchratamiz.Sozlarni tushirish orqali maqollarning tabiatiga xos ixchamlik va ifodalilik yuzaga keladi. Masalan: Ayrilganni ayiq er, bo`linganni bo`ri er.
Sukut ( yoki jim qolish ) deb, soz yoki sozlar guruhining gap oxirida tushirib qoldirishga aytiladi. Bu hodisa adabiyotlarda ellipsisning bir ko`rinishi sifatida talqin qilinadi. Odatda, qahramonning sukuti (jim qolishi) kop nuqta bilan belgilanadi. Lekin shuni unitmaslik kerakki, kop nuqta bilan tugallangan hamma gaplar ham sukutga misol bolavermaydi.So`zlovchi nutq jarayonida nutqning tinglovchi uchun ma'lum qismini ataylab aytmaydi. Shunga qaramay, so`zlovchining maqsadi aniq bo`ladi.
Ritorik soroq gaplarham badiiy matnning emotsional-ekspressivligini taminlovchi uslubiy vositalardan biri hisoblanadi.Tasdiq va inkor mazmuniga ega bolgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplar ritorik soroq gap deyiladi. Kopincha ritorik soroq gaplar tarkibida nahotki, axir kabi takidni kuchaytiruvchi sozlar qollanadi. Ular nutqqa kotarinki ruh bagishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan takidlanishi uchun xizmat qiladi.Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishi, quvonchi, ajablanishi, shubha va gumonsirashini, gazab va nafratini ifodalashida juda qol keladi.Bunday gaplar ichki va tashqi nutqda, monoligik va dialogik nutqlarda keng qollaniladi.
Shuningdek, undalmalar ham gap tarkibida sozlovchi va tinglovchining ozaro munosabatini ifodalaydi. Undalma gap bolaklaridan farqli ravishda maxsus intonatsiya bilan aytiladi. Undalmalar ijobiy yoki salbiy baho munosabatini ifodalab keladi.Salbiy baho munosabati ifodalovchi undalmalar badiiy asarlarda qahramonlar tasvirida, ruhiy holatni korsatib berishda, qahramon nutqini individuallashtirishda kuchli uslubiy vosita bolib xizmat qiladi.Masalan: 1.- Ov! - dedi boynini xorozdek chozib. Raisman, deb ozingdan ketma! Hasan Dumani endi koryapsanmi, ahmoq! ( O.Hoshimov). 2. Shuni ayting, oyimposhsha! Birov bilan qochib ketmabdi.( O.Hoshimov).4
Farqlashdeb ikki narsa buyum, voqea hodisa yoki holatlardagi differensial belgini aniqlashga aytiladi.Farqlash ham qiyos va chogishtirishga asoslanadi.Ifoda usuliga kora antitezaga yaqin, lekin antitezada mantiqiy jihatdan qarama-qarshi bolgan ikki qutb qiyoslanadi.Bunda biri ikkinchisini rad etadi yoki inkor qiladi. Tasviriy vosita sifatidagi farqlashda belgilar qaysi xususiyatiga kora farq qilayotganligi aniqlanadi. Oxshatish ham qiyosga asoslanadi, boroq oxshatishda integral belgilar idrok qilinadi. Farqlashda qiyos asosida ortaga chiqadigan fundamemtal tafovutni aniqlash nazarda tutiladi. Oxshatishda bolgani kabi farqlashning ham ifoda usullarini quyidagicha tartiblash mumkin: 1. Farqlash subyekti. 2. Farqlash nisbati. 3. Farqlash asosi. 4. Farqlashni yuzaga keltiruvchi shakily belgilar. 5. Farqlash natijasi.Farqlashnatijasi yozuvchining badiiy niyatini aniqlashga olib keladi. Xosh, yozuvchi nima maqsadda bunday taqqosni keltiradi? Bu kabisavollar asosida farqlashning beshinchi unsuriga javib izlanadi.Badiiy asardagi bunday holatlarni tahlil qilish orqali yozuvchining murakkabkonstruksiyali farqlash, qiyoslash, chogishtirish mantigini tasavvur etishimiz mumkin boladi.
Oxshatish bu ikki narsa yoki voqea-hodisa ortasidagi oxshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini tolaroq, konkretroq, borttitibroq ifodalsh dir.Oxshatishlar eng qadimiy tasviriy vositalardan biri sifatida nutqimizni, ayniqsa, badiiy adabiyot tilini bezashda, tasvirning aniqligi va obrazliligini taminlashda foydalaniladi. Adabiyotlarda har qanday oxshatish munosabati tilde ifodalanar ekan, albatta, tor unsur nazarda tutiladi, yani : 1) oxshatish subyekti; 2) oxshatish etaloni; 3) oxshatish asosi; 4) oxshatishning shakily korsatkichlari.
Oxshatish etaloni oxshatish konstruksiyasining poetic qimmatini, estetik salmogini belgilaydi. Oxshatish etaloni qanchalik original bolsa, oxshatishli qurilma ham shu darajada ohorli boladi. Bunday matndagi oxshatishli qurilmalar tekshirilgandaularni ananaviy va xususiy-muallif oxshatishlari sifatida tasniflash mumkin. Ananaviy oxshatishlar ogzaki nutqda kop ishlatiladigan, shu sababdan tasirchanligini yoqotgan oxshatishlardir. Aslida kop takrorlanishi tufayli siyqasi chiqqan deb baholanadigan bunday qurilmalarni tasviriylik, obrazlilik maqsadiga xizmat qildirish yozuvchining mahoraiga bogliq. Xususiy-muallif oxshatishlari yozuvchining oz nigohi, kuzatuvchanligi, badiiy taxayyuli, anologiya quvvati asosida xalq tilidan foydalangan holda yaratgan oxshatishlardir. Bunday oxshatishlarda originallik, obrazlilik va ekspressivlik hamisha yorqin ifodalangan boladi. Har qanday oxshatishdan maqsad tasavvur qilinishi qiyin bolgan tushunchalarni konkretlashtirish, mabhum tushunchalarni aniqlashtirsh, narsa-hodisa, harakat-holatlarning eng nozik jihatlarini kitobxon kozi ongida gozal boyoqlarda gavdalantirishdan iborat bolmogI lozim.
Matn tarkibida murakkab sintaktik tuzilma bolgan matn tarkibiy qismlari ortasidagi ozaro boglanish deyktik birliklarsiz tasavvur qilib bolmaydi.Deyktik birliklar ishora birliklar bolib, matn semantic qurisishida oziga xos orin tutadi. Bu birliklar har qanday matnning obyektiv mazmunida voqelik yuz bergan makon, zamon va voqelik ishtirokchilariga ishora mavjud boladi. Mazkur deyktik birliklar matn tarkibiy qismlarini mazmunan boglash bilan birga, matn tuzilishidagi izchillikni taminlash, matnda aks etgan axborotga tinglovchi diqqatini jalb qilish maqsadlarini yuzaga chiqaradi.5
Takidlash joizki, yozuvchi tasviridagi holat, qahramon ruhiyati uchun favqulodda muvofiq oxshatish etaloni tanlagan, yani qahramon ruhoniy, sham masjidniki, qahramon garib, dardmand, sham jaydari, arzonbaho, qahramon tuganmas dard bilan adoyi tamom bolib bormoqda, sham yonib tugashning ham ramziy ifodachisi. Sap-sariq sifati bilan ifodalangan oxshatish asosidagi belgi benihoya quyuqlashib kata bir dard shaklini olgan.Masalan: Otgan yigirmanchi astda biz uchun ikkita tarihiy voqea roy berdi. Biri inson qadamining Oyga yetishi, biri Ozbekistonning Mustaqillikka erishishi. Ikkalasi ham qanchadan-qancha avlodlarning armoni edi. ( O. Hoshimov).
QOLLANILGAN ADABIYOT:
1.Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. - T.: 1989.
Matyoqubova D. Undalmalarning badiiy nutqdagi o’rni. // Nutq madaniyati va ozbek tilshunosligining dolzarb muammolari. Respub. Ilmiy-amaliy anjumani mater. Andijon, 2016.
Muhamedоva D. Matn va uning turlari / Istiqlоl va til. 3-qism. -Tоshkent, 2007.
Qurbonova M. Yo’ldoshev M. Matn tilshunosligi. –T.: Universitet, 2014.
Rasulov I. Murakkab sintaktik butunlik. //O’zbek tili va adabiyoti, 1983, 1-son.
Shahоbiddinоva Sh., Isоqоv Z. Matn va uni bоg’lоvchi vоsitalardan biri // O’zbek tili va adabiyoti, 2004, N6.
To’xsonov M. Mikromatn va uning kommunikativ yahlitligi // O’zbek tili va adabiyoti, 1990, 5 – son.
Turniyazоva Sh. Hоzirgi o’zbek tilida matn shakllanishining derivatsiоn хususiyatlari. Filоl.fan.nоmz...dis.-Tоshkent, 2010.
Turniyozоv N. Matn lingvistikasi (ma’ruzalar matni). -Samarqand, 2004.
www.ziyouz.com kutubxonasi
1Холбеков М. Матн, интерматн ва интерматнлик. // Ўзбек тили ва адабиёти. 2013, № 6, Б.32-38.
2Xудойберганова Д. Матннинг мазмуний таркибида метафоралар. // Ўзбек тили ва адабиёти.2012, №1, Б.35-38.
3Qurbonova M. Yo’ldoshev M. Matn tilshunosligi. –T.: Universitet,2014. 76-77-b.
4Matyoqubova D. Undalmalarning badiiy nutqdagi o’rni. // Nutq madaniyati va ozbek tilshunosligining dolzarb muammolari. Respub. Ilmiy-amaliy anjumani mater. Andijon, 2016,116-118-b.
5Давлатова Р. Матн таркибида ишора бирликларию // Ўзбек тили ва адабиёти. 2015. № 2, Б.100-104.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |
|
|