Ma’ruzalar matni


- Mavzu: XVIII-XIX asr Rus san’ati, XVIII asr oxiri XIX asr



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

 
11 - Mavzu: XVIII-XIX asr Rus san’ati, XVIII asr oxiri XIX asr 
Jaxon san’ati, XVIII asr oxiri XIX asr o’rtasi Frantsiya san’ati, XVIII asr 
oxiri XIX asr Ispaniya san’ati. 
REJA 
1. XVIII-XIX asr Rus san’ati. 
2. XVIII asr oxiri XIX asr Jaxon san’ati. 
3. XVIII asr oxiri XIX asr o’rtasi Frantsiya san’ati. 
4. XVIII asr oxiri XIX asr Ispaniya san’ati. 
Adabiyotlar: 
1. Pruch I.E. Zapad. Evropeyskoe isskustvo 17 v. M. 1974 g. (Maldaya istoriya 
isskustv) 
2. Abdullayev N. “San’at tarixi 2/1” Toshkent 2001 y.
MAVZUNING MATNI: 
XVIII asr boshlarida rus rangtasvir san’atida portret janri yetakchi o’rinni 
egalladi. Buning boisi bor edi, albatta. Davlat va sanoat korxonalarining o’sishi, 
madaniyatning rivojlanishi aqlli, ziyrak, ishbilarmon odamlarga bo’lgan talabni 
orttirib yubordi. Qobiliyatli shaxslar e’zozlandi. Jamiyatning shaxsga bo’lgan bu 
munosabati portret san’atiga e’tibor qaratilishiga olib keldi. O’z mehnati, aql-
zakovati, davlat oldidagi xizmatlari bilan xurmatga loyiq bo’lgan kishilar qiyofasi 
portret san’atida o’z ifodasini topdi. Rus portretchiligi rivojlanishi “qirollar palatasi 
ustaxonasi” rassomlari faoliyati bilan bog’liq. Bu yerda rus va chet el rassomlari 
ishlagan portretlar o’z ko’rinishi va xarakteri jihatidan ko’proq parsunaga 
yaqinlashib ketadi. Rassomlar parad portret ishlashni ma’qul ko’rishadi. Bunday 
portretlarda fon shartli ishlanib, unda turli tushuntirish yozuvlari uchraydi. 
Portretlanuvchilarning liboslari, bezaklarini aniq ko’rsatishga intilish ham 
portretning dekorativ jihati ortishiga hizmat qiladi. Parsunada fazoviy kenglik va 
xajm masalasi ham to’liq echilmagan. Obraz harakteri to’liq ochilmagan. Rus 
san’atida mavjud bo’lgan parsuna san’ati yo’nalishi asosan 17-asr 80-90-yillarida 
paydo bo’ldi. Rus badiiy hayotiga rasslom-pensionerlarning ko’plab kirib kelishi 
hamda chet el rassomlari safini kengayishi rus san’atida parsuna san’atini siqib 
chiqara boshladi. Rus san’atida to’laqonli portret asarlari yuzaga kela boshladi. 
Endilikda tasvirlanuvchining faqat tashqi qiyofasigina emas, balki uning murakkab 
ichki ruhiy dunyosini ham yoritishga intilish boshlandi. 
18-asr haykaltaroshligi davr san’ati va madaniyatining umumiy ravnaqi 
bilan bog’liqdir. Bu davrda dumaloq haykaltaroshlik realizmga o’ta boshladi. 
Yog’och o’ymakorligi o’zining gullagan davrini boshidan kechirdi. Monumental 
va dekorativ haykaltaroshlik keng yoyila boshladi. Bu san’atning rivojlanishi
avvalo 
Peterburg 
va 
uning 
yaqinidagi 
saroylarni 
qurishda 
dekorativ 


haykaltaroshlik, ayniqsa, bo’rtma tasvir-relefdan foydalanish muhim o’rin tutadi. 
Bu ishlarni rus ustalari chet eldan kelgan san’atkorlar bilan bajardilar.
18-asrning 2-yarmi va 19-asrning boshlarida Rossiyadagi iqtisodiy 
rivojlanish, savdo-sotiqningo’sishi, fan va madaniyatdagi yutuqlar rus badiiy 
san’ati rivojlanishiga ijobiy ta’sir qildi. Xalq amaliy va dekorativ san’ati ham 
ravnaq topdi. Bu davrda rus san’ati dastlab, me’morchilikda shakllangan klassizm 
uslubiga xos fazilat-shakl aniqligi, kompozitsiya soddaligi va simmetriyaga e’tibor 
berdi.
Antik san’atga qiziqish va uning shakllaridan ijodiy foydalanishga intilish 
rus amliy san’atida ko’proq rangli toshlarni o’yish, mebel, chinni va shishalardan 
yasalgan buyumlar yasash san’atida sezildi. 
Xalq amaliy san’ati shu davrga kelib, yangi motiv va shakllar bilan boyidi 
va o’zida davr ruxini ifoda etdi. Yog’och o’ymakorligi, rang naqqoshligi, 
kulolchilik, o’yinchoqlar, tikish-bichish nafis yodgorliklari shu davrning boy rang-
barang badiiy hayotidan dalolat beradi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə