Ma’ruza-1 «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari» fainiga kirish, uning maqsadi va vazifasi. Reja


Ko’p mashinali xisoblash kompleksi



Yüklə 28 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü28 Kb.
#162484
1   2   3   4   5
Ma’ruza-1 «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari» fainiga kirish, un

Ko’p mashinali xisoblash kompleksi.
Ko’p mashinali xisoblash kompleksi - qator o’rnatilgan xisoblash-mashinalari guruxi bo’lib, maxsus tutashtiruvchi vosita yordamida birlashtirilgan. Ular birgalikda yagona axborot jarayonini bajaradi.
Ko’p mashinali xisoblash kompleksi quyidagicha bo’lishi mumkin:
lokal-kompyuterlar bitta binoda o’rnatilgan sharoitda o’zaro aloqa uchun maxsus asbob-uskuna va aloxida aloqa kanali talab qilmaydi;
masofali (distantsiey) - kompleksning ayrim kompyuterlari markaziy kompyuterdan ma’lum masofada o’rnatilgan bo’ladi va bu ma’lumotlarni uzatish uchun telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi.


Internе́t (ingl. Internet) — axborotni saqlash va uzatish uchun mo’ljallangan Butunjaxon umumlashtirilgan kompyuter to’ridir. Ko’pincha Umumjaxon to’ri yoki Global to’r deb nomlanadi. Uning asosida Butunjaxon o’rgimchak to’ri (World Wide Web, WWW) va boshqa aloqa sistemalari faoliyat yuritadi. 2012 yilning 30 iyuniga kelib Er shari aholisining Internetdan foydalanuvchilari soni 2,4 mlrd. dan oshib ketdi. Internet so’zini ham kichik ham katta xarfdan yozish mumkin.
1957 yilda Sovet Ittifoqi tomonidan Erning birinchi sun’iy yo’ldoshi fazoga chiqarilganidan so’ng AQSh mudofaa Vazirligi axborot uzatishning ishonchli sistemasiga muhtojligini sezdi. Mudofaa yo’nalishida ilmiy-tekshirish istiqbolli ishlanmalar ustida ish olib boruvchi agentligiga (DARPA) AQSh xukumati tomonidan kompyuterlar tarmog’ini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Shuningdek bunday vazifa Kaliforniya universitetiga (Los-Andjeles), Stenford ilmiy tekshirish markaziga, Yuta Universitetiga, Kaliforniya shtatidagi Universitetga (Santa-Barbara) yuklatildi. Kompyuter to’ri ARPANET (ingl. Advanced Research Projects Agency Network) deb nomlandi va 1969 yilda mazkur tarmoq orqali dastur doirasiga kiruvchi yuqorida sanab o’tilgan 4 ta ilmiy maskan birlashtirildi. Barcha ishlar AQSh Mudofaa Vazirligi tomonidan moliyalashtirildi. Keyinchalik ARPANET tarmog’i rivojlanib kengayib bordi. Bora-bora undan fanning turli sohalarida faoliyat yurituvchi olimlar foydalanishni boshladilar.
Birinchi server ARPANET 1969 yilning 2 sentyabrida Kaliforniya universitetida (Los-Andjeles) o’rnatildi.
1969 yilning 29 oktyabrida soat 21:00 ARPANET tarmog’ining ikki bo’g’ini - bir biridan 640 km masofada joylashgan Los-Andjeledagi Kaliforniya universiteti (UCLA) va Stenford ilmiy tekshirish instituti (SRI) o’rtasida aloqa seansi o’tkazildi. Charli Klayn (Charley Kline) Los-Andjelesdan turib uzoq masofadagi, ya’ni Stenforddagi kompyuterga ulanmoqchi bo’ldi. Uning xamkasbi Bill Dyuvall (Bill Duvall) Stenforddan telefon orqali har bir kiritilgan belgini tasdiqlab bordi.

Birinchi urinishda faqatgina uchta belgi (simvol) «LOG» jo’natildi. Shundan keyin aloqa tarmog’i ishlamay qoldi. LOG so’zi aslida LOGIN bo’lishi kerak edi (sistemaga kirishga ruxsat beruvchi buyruq). Soat 22:30 sistema qaytadan ishga tushirildi va keyingi urinish muvaffaqiyatli yakunlandi. Mana shu kun Internetning tug’ilgan kuni hisoblanadi.


1971 yilga kelib elektron pochta jo’natishga mo’ljallangan birinchi dastur ishlab chiqildi. Bu dastur tez orada mashhur bo’lib ketdi.
1973 yilda aloqa tarmog’iga transatlantika telefon kabeli orqali Velikobritaniya va Norvegiya tashkilotlari ham qo’shildi va u xalqaro tarmoq maqomini oldi.
1970-yillarda tarmoq orqali asosan elektron pochta jo’natilar edi. Turli texnik tuzilishga ega bo’lgan boshqa tarmoqlar bilan aloqa o’rnatishning imkoniyati yo’q edi. 1970 yillarning ohiriga kelib axborot uzatishning yangi protokollari rivojlana boshladi. Bu masalada Djon Postelning xizmati katta bo’ldi. 1983 yilning 1 yanvarida ARPANET aloqa tarmog’i NCP protokolidan TCP/IP protokoliga o’tkazildi va shu kungacha muvaffaqiyatli ishlatib kelinyapti. Aynan 1983 yildan boshlab «Internet» atamasi ARPANET aloqa tarmog’igiga aloqador bo’lib qoldi.
1984 yilda domen nomlarini o’z ichiga olgan sistema ishlab chiqildi (ingl. Domain Name System, DNS).
1984 yilda ARPANET tarmog’ining jiddiy raqibi paydo bo’ldi: AQSh Milliy ilmiy fondi (NSF) yangi keng universitetlararo tarmoq- NSFNetni (angl. National Science Foundation Network) tashkil etdi . Bu tarmoq kattaroq o’tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo’lib, bir nechta mayda tarmoqlarni birlashtirar edi (Usenet va Bitnet). Bir yil davomida yangi tarmoqqa 10 mingdan ortiq kompyuterlar ulandi va "internet” so’zi asta-sekin NSFNet deb atala boshladi.
1988 yilda Internet Relay Chat (IRC) protokoli ishlab chiqildi va uning yordamida internetda bir vaqtda bir necha nuqtadan muloqot o’rnatish ishlari ancha osonlashdi.
1989yilda Evropada yadroviy izlanish Evropa ittifoqi (TsERN) tomonidan ajoyib g’oya – Butunjaxon o’rgimchak to’rini tashkil etish g’oyasi taklif etildi. Uni Britaniyalik mashxur olim Tim Berners-Li taklif etdi va o’zi ikki yil davomida HTTP protokolini, HTML tilini va URL identifikatorini ishlab chiqdi.
Tim Berners-Lining yordamchisi va kasbdoshi, World Wide Web loyihasining maqsad va vazifalarini tushuntirib shunday degan:
Barcha buyuk kashfiyotlarning tarihi ulardan oldin shu sohada olib borilgan tadqiqotlarga asoslanadi. Butunjaxon o’rgimchak to’ri misolida (WWW) muvaffaqiyatga erishish omili bo’lgan ikki narsaga to’xtalib o’tish joizdir
1) gipermatnlarga o’xshash sistemalarning rivojlanish tarihi.
2) butun jaxon kompyuterlari tarmog’ini xaqiqatga aylantirgan Internet-protokol.
1990 yilda ARPANET aloqa tarmog’i NSFNetga yo’l berib o’z faoliyaini butunlay to’xtatdi. Xuddi shu yili telefon liniyasi orqali internetga ulanishning birinchi xolati qayd etildi.
1991 yilda Butunjaxon o’rgimchak to’riga Internet orqali chiqish xamma uchun mumkin bo’lib qoldi. 1993 yilga kelib mashxur NCSA Mosaic deb nomlangan veb- brauzer paydo bo’ldi. Butunjaxon o’rgimchak to’ri ommalashib ketdi. Umuman aytganda, Web tarihida ikkita davrni ko’rsatish mumkin: birinchisi Mark Andrissenning Mosaic brauzeridan oldingi davr va u paydo bo’lgandan keyingi davr.



Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə