Mavzu: Masofaviy ta’lim texnologiyasi Masofaviy o‘qitish tizimining metodologik asoslari



Yüklə 37,33 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü37,33 Kb.
#180145
  1   2
Masofaviy ta’lim texnologiyasi Reja


Mavzu:Masofaviy ta’lim texnologiyasi


Masofaviy o‘qitish tizimining metodologik asoslari.
O‘quv jarayonini tashkil etishda ochiqlik va individual yondoshuv.
Yetakchi oliy o‘quv yurtlari va uzoq masofadagi o‘quv-konsultativ punkt bazasidagi markazdan tashkil topgan masofaviy o‘qitish tizimining markazlashgan strukturasi.
Kontakt va nokontakt o‘quv davrlari almashadigan masofaviy o‘qitish jarayonini tashkil etish.
O‘qituvchi, konsultant va menenjer sifatlariga ega bo‘lgan o‘qituvchi-konsultantni (tyutar) o‘quvchiga bog‘lash.
O‘quvchilarning bir-biri va o‘qituvchi bilan o‘zaro zamonaviy tehnik vositalar, axborot texnolgoiyalari va an‘anaviy pochta yordamida masofadan va yuzma-yuz muloqotini tashkil etish.
Masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishning asosiy tspriniplarini ko‘rib chiqamiz.
Ta’limning insonparvarlik printsipi. Bu printsip uzluksiz intensiv o‘qitish tizimida hal etuvchi ahamiyatga ega bo‘lib,masofaviy o‘qitish tizimida uning ahamiyati yanada oshadi.Uning mohiyati shundaki,bilim olish jarayoni o‘quvchi uchun maksimal qulay qilib tashkil etiladi.Bunday o‘qitish insonlarning ta’limga ehtiyojini qondirishga qaratilgan.Masofaning uzoqligi,insonlarning sog‘ligi yoki boshqa sotsial sabablar ham ularning bilim olishga monelik qilmaydigan sharoit yaratadi.
Masofaviy o‘qitish tizimida o‘quv jarayonini tashkil etishda pedagokik yondoshuvlarning ustuvorlik printsipi.Masofaviy ta’limda an‘anaviy ta’limdagi kabi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik yondoshuv ustuvorligi ta‘minlanadi.Tajriba shuni ko‘rsatadiki,tizimning pedagogik tomoni ustuvor bo‘lganda sistemaning samaradorligi oshadi.
Yangi axborot texnologiyalarini qullashning pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muvofiqlik printsipi.Bu printsip masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etish va loyihalashdagi har bir qadamning samaradorligini pedagogik jihatdan baholashni talab etadi. Shuning uchun birinchi o‘ringa tehnikani kiritish emas, balki o‘quv kurslarini tegishli ravishda mazmunan boyitish kerak, uni yangi axborot tehnalogiyalar orqali o‘quvchiga yetkaziy yo‘llarini yetkazish lozim.
Ta’lim mazmunini tanlash printsipi: Masafoviy ta’lim mazmuni davlat ta’lim standartlarining normativ talablariga javob berishi kerak.SHuningdek,ta’lim maz munini tanlash imkoniyatini yaratadigan alternativ dasturlar yaratish lozim.
Axborot havfsizligini tanlash printsipi:
Ta’limning boshlang‘ich darajasi printsipi: Ta’lim samaradorligini oshirish uchun ma‘lim bir boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalar zarur.
O‘qitish tehnalogiyasini moslik printsipi.O‘qitish texnologiyasi masovafiy o‘qitish modeliga adekvat bo‘lishilozim.
Masofaviy o‘qitish tizimi an‘anaviy ta’lim tizimiga zid xususiyatga ega bo‘lmasligi kerak.Masofaviy o‘qitishda ham an‘anaviy ta’lim tizmidagi ta’lim maz muni saqlanadi.Lekin uning farqi ta’lim oluvchilaruchun qulaylikning yaratilishida.



Yüklə 37,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə