Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


ob’ekti bo‘lib bilish usuli sifatidagi inson tafakkuri hisoblanadi.  Uning  predmeti



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

ob’ekti
bo‘lib bilish usuli sifatidagi inson tafakkuri hisoblanadi. 
Uning 
predmeti
ni
 
esa insonni o‘rab turgan tashqi olamni bilib olishga yordam beradigan tafakkur 
qonunlari, qoidalari, shakllari, usullari tashkil etadi. Mantiq Falsafa fani bilish nazariyasining 
tarkibiy qismi sifatida bilish jarayonining mantiqiy tarkibida tafakkurning o‘rni va rolini tadqiq 
qilar ekan, to‘g‘ri tafakkurlash madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal 
obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot 
tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog‘liq 
bo‘lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan narsalarni tushunib yetishga 
bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar o‘z oldilariga ma’lum bir 
maqsadni qo‘yadilar. Ular o‘rganilishi lozim bo‘lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yo‘nalishi, 
shakllari va metodlarini belgilab beradi. Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va 
shakllarda amalga oshadigan jarayondir. 
Bilish 
deb ob’ektiv olamning inson ongida aks etish 
jarayoniga aytiladi. Inson bilishi 
ikki shaklda
sodir bo‘ladi: Uning dastlabki bosqichini 
hissiy 
bilish
– insonning sezgi organlari yordamida bilishi tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va 
hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita 
namoyon bo‘ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida 
ma’lumotlar olinadi.
 
Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur 
bilishning yuqori - ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bosqichi bo‘lib, unda predmet va 


hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar
ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə