Malakaviy amaliyot hujjatlari



Yüklə 5,27 Mb.
səhifə23/31
tarix19.02.2022
ölçüsü5,27 Mb.
#83911
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Amaliyot Hujjatlari Geografiya amaliyot

AHOLISI


Aholi - mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va iste'mol qiluvchidir . Taraqqiyot aholi soniga , mehnatga yaroqli kishilar miqdoriga va ularning hudud bo'ylab qanday joylashganligiga bog'liqdir .

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 25 mln.dan ortiq kishi yashaydi . O'zbekiston aholi soni bo'yicha Osiyoda 14 , jahonda esa 38- o'rinda turadi . Aholi soni o'zgarib turadi . Aholi , asosan , o'lganlar soniga nisbatan , tug'ilganlar soniga ortiqligi hisobiga doimo ko'payib turadi . Bunday ko'payish aholining mutlaq tabiiy ko'payishi deyiladi . O'zbekistonda mutlaq tabiiy ko'payish yiliga taxminan yarim mln. kishini tashkil etadi .

Aholining soni odamlarning doimiy yashash joyidan boshqa joylarga ko'chib borishi natijasida ham o'zgaradi . Aholi sonining bunday o'zgarishi mexanik o'zgarish , aholining bir joydan ikkinchi bir joyga ko'chib borishi esa migratsiya deyiladi .

O'zbekiston aholisining yuqori sur'atlarda ko'payishi qator omillar bilan belgilanadi . Tug'ilishning yuqoriligi , o'limning nisbatan pasaygani , nikohning ko'p ajralishning kamligi , respublikalararo migratsiya va boshqalar shu omillar jumlasiga kiradi .

Jumladan , O’zbekistonda yashayotgan ukrain , rus , nemis , yahudiy ,qrim tatar , mesxeti turklari millatiga mansub xalqlar o’z vatanlariga qaytayotgan bo’lsalar , xorijda yashayotgan o’zbeklar , tojiklar , qoraqalpoqlar O’zbekistonda yashashni ixtiyor qilmoqdalar .

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoning obikor erlari qadimdan aholi zich yashab kelgan vohalardandir . Uning asosiy aholisi o’zbeklar va qoraqalpoqlardir . Shu bilan birga unda ruslar , koreyslar , tatarlar , qozoqlar va turkmanlar yashaydi .

O’zbeklar Xorazm vohasida qadim zamonlardan buyon dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan . Qoraqalpoqlar asosan Qoraqalpog’iston Respublikasida yashaydi . Ilgari Amudaryoning har ikki sohilidagi qoraqalpoq;lar xalqi bir-biridan ajragan holda ikki ma’muriy hududda yashar edi . Qoraqalpoq xalqi birlashib , o’z respublikasini barpo qildi . Bu hol qoraqalpo xalqining xo’jaligi va madaniyatining har tomonlama o’sishiga yordam bermoqda .

Aholi iqtisodiy rayon hududida notekis joylashgan . Xorazm viloyatida aholining o’rtacha zichligi har kv. km. ga 165 kishi to’g’ri kelgani holda Qoraqalpog’iston Respublikasida 8,5 kishi to’g’ri keladi .

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQIL TARAQQIYOT

YO’LIDA .

1991-yil 1-sentabr kuni dunyo siyosiy xaritasida yangi mustaqil davlat - O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi . 1992-yil 2-martda O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga teng huquqli a'zo sifatida qabul qilindi . O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan 1992-yil 8-dekabr kuni ham tarixiy sanaga aylandi . Bugungi kunda respublikamiz Davlat mustaqilligining ramzi hisoblangan bayrog'i , tamg'asi va madhiyasiga ega .

U mustaqillikka erishgan kunidan boshlab iqtisodiy , ijtimoiy , madaniy va ma'rifiy sohalarda o'ziga xos yo'lni tanladi va bu yo'ldan dadil bormoqda . Milliy iqtisodiyotning o'sishi bilan birga , uning tarmoq tarkibi xilma-xilligi yaxshilandi . Mustamlaka O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sanoatga qaraganda ancha ustivor edi . Yengil va oziq-ovqat sanoati esa og'ir sanoatga nisbatan ancha oldinda edi . Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq qishloq xo'jaligida paxta yakkahokimligini bartaraf etishga e'tibor kuchydi .

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoninning iqtisodiyoti ilgari qoloq edi . O’tmishda iqtisodiy rayonni boshqa yerlar bilan bog’laydigan yo’llar yo’qligidan qishloq xo’jaligi asosan mahalliy aholining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirishgagina xizmat qilib kelar edi . Jo’xori , bug’doy , sholi , kunjut , zig’ir ,qisman paxta , beda , sabzavot va poliz ekinlari ekilgan . Quruq meva bilan mayiz shirinlik o’rnida iste’mol qilingan . Chorvachilikda go’sht , yog’ , jun va teri olingan .

Qishloq xo’jaligi moddiy- texnika bazasining mustahkamlanishi , temir va avtomobil transportining barpo etilishi , havo yo’llarining ishga tushirilishi , gaz quvurlarining iqtisodiy rayon hududidan o’tishi natijasida Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni xo’jaligining rivojlanishi jadallashdi .



Yüklə 5,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə