Malakasini rivojlantirish markazi kurs ishi mavzu



Yüklə 16,32 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü16,32 Kb.
#181469
dildora



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH
VAZIRLIGI
TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY
MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI


KURS ISHI
Mavzu : Atmosfera havosining sanoat chiqindilari bilan ifloslanishini taxlil qish va ularning axoli salomatligiga tasiri .
Qabul qildi : Kodirov D.A.


Topshirdi : Mamatqulova D.I.
TOSHKENT-2024
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgan dastlabki kunlardanoq, tabiatni muhofaza qilish sohasiga e'tiborni qaratdi. Shu nuqtai nazardan, 1992-yil 9-dekabrda Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun qabul qilinganligini yuqorida aytib o'tgan edik. Ana shu qonunda tabiatni muhofaza qilishda xalqaro aloqalar va birgalikda faoliyat yuritish masalalari ham kiritilgan, jumladan qonunining 53-moddasiga asosan, O'zbekiston Respublikasi tuzgan Xalqaro shartnomada ushbu qonundagidek yoki Ozbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa qonun hujjatidagidan o'zga qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. O'zbekiston Respublikasining qonunlarida birmuncha qattiqroq talablar belgilangan hollar bundan mustasno. Ifloslangan atmosfera havosi, suv havzalari, ko'chib yuruvchi mikroblar va hayvonlar davlat chegarasini bilmaydi. Bu hol birgina davlatni emas, balki barcha davlatlarning o'zaro va xalqaro hamkorlikda bo'lishini talab etadi. Shundagina tabiatni muhofaza qilish ishi dunyo xalqlari manfaatlariga qaratilgan bo'ladi. Dunyodagi barcha mamlakatlarning hamkorlikda faoliyat yuritishi talab etiladi, bu o'rinda O'zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (OI.Yo.K)ning tabiatni muhofaza qilish bo'yicha tuzgan dasturi muhimdir. Unga ko'ra tabiatni muhofaza qilishda mamlakatlar birgalikda quyidagi muammolarga e'tibor berishlari talab etiladi:
־ Atrof-muhitni muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy,
tashkiliy-huquqiy va pedagogik tomoni.
־ Tabiatni muhofaza qilishning gigiyenik tomoni.
־Atmosferani zararli moddalar bilan ifloslanishdan saqlash.
־ Suvni ifloslanishdan saqlash.
־Maishiy- kommunal, transport, qishloq xo'jaligi chiqindilarini
va boshqalarni zararsizlantirish va tashlab yuborish masalasi.
־Yer osti boyliklaridan oqilona foydalangan holda atrof-muhitning musaffoligini buzmaslik.
־Ekosistema va landshaftlarni muhofaza qilish masalasi.
־Shahar va shahar atrofi zonasini rejalashtirish va aholini joylashtirishda tabiat muhofazasi hamda yon- atrof muhitini sog'lomlashtirish masalasi.
־ Shovqin va turli tebranishlarning oldini olish masalasi. Dasturda yana bir qancha muammolar o'z aksini topgan. Endi gap ana shu muammolarni izchillik bilan hal qilishga bog'liq bo'lib qolmoqda. Tabiatni muhofaza qilishda hamma mamlakatlar birdek ma'sul bo'lib, birgalikda hamjihatlikda faoliyat yuritsa, ekologik barqarorlikning shu bugungi holatini saqlab qolishga erishish mumkin bo'ladi.
XX asrning ikkinchi yarmida atmosferaning ifloslanishi to‘g’risidagi masala dolzarb global masalalardan biriga aylandi. “Atmosferaning ifloslanishi” tushunchasiga berilgan ko‘plab ta’riflarni umumlashtirgan holda unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: atmosferaning ifloslanishi- atmosferaning quyi qatlamlarida kishilarning salomatligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi uchun xavfli bo‘lgan , tabiiy muhitning inson hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati uchunnomaqbo‘l yo‘nalishlarda o‘zgarishiga olib keladigan miqdordagi zararli moddalarningto‘planishidir. Atmosferaning tarkibi tabiiy va inson faoliyati bilan bog’liq bo‘lgan (antropogen) omillarta’sirida o‘zgaradi.Tabiiy o‘zgarishlar litosfera, gidrosfera va biosferadagi o‘zgarishlar bilanbog’liq. Masalan, vulqonlarning faoliyati, cho‘llarda qumlarning to‘zishi va uchirilishi,o‘simliklarning gulchanglari, okeanlarning har xil tuz zarrachalari va boshqa changzarrachalariatmosferada mavjud bo‘lgan changlarning tabiiy manbalaridir. Yerda odamning paydo bo‘lishi bilan bog’liq holda atmosferada antropogeno‘zgarishlarva havoning ifloslanishi sodir bo‘la boshladi. Atmosferaning mahalliy miqyoslarda ifloslanishi anchadan buyon ma’lum bo‘lsada, XX asrda umumbashariy miqyosdagi dolzarb muammoga aylandi. Kosmik tadqiqotlar atmosferaning 20 km va undan ham balandroq qismlari, ya’ni butun troposfera va stratosferaning quyi qismlari ifloslanganligini ko‘rsatdi. Troposferaning quyiqatlamlari ayniqsa sezilarli ifloslangan. Atmosferaning ifloslanishi antropogen manbalardan chiqarilayotgan gazlar (90% gacha ) va aerozollar (10%) tufayli sodir bo‘lmoqda.Gazdan va undagi muallaq erkin zarrachalardan, qattiq jismlarning zarrachalaridan va suyuqlik tomchlaridan tashkiltopgan birikmaga aerosol (yunoncha air- havo;nemischa sol- erituvchi)deyiladi. Atmosferagachiqariladigan gazlar va aerozollar tarkibida 160 ga yaqin zararli moddalar borligianiqlangan.Sanoatda va aholiga xizmat ko‘rsatish doirasida foydalaniladigan ko‘pgina moddalar zaharli bo‘lganligi tufayli ularni atmosferaga chiqarish jahon mamlakatlarining kata qismida ta’qiqlangan. O”zbekistonda ham havoda zaharli moddalarning miqdori maxsus sanitariya me’yorlari bilan tartibga solib turiladi. Transport (lot. transportara eltish, tashish, harakatlanish) –atmosfera ifloslanishining asosiy antropogen manbasidir. Jahon avtomobil parkida hozirgi paytda 400mln. gayaqin avtomobillar bor.Temir yo‘l, dengiz, daryo va aviatsiya transporti ham atmosferani ifloslovchi manbalardir. Masalan, 1 ta reaktiv motorli uchg’ich 1000km masofaga uchishda bir odam bir yilda iste’mol qiladigan kislorodni sarflagan holda atmosferani hamifloslaydi. Sanoat korxonalari ham atmosferani ifloslovchi ulkan manbalardir. Ayniqsa qora va rangli metallurgiya, sement sanoati , koks ishlab chiqarish va tog’-kon sanoati, neft va kimyo sanoatining ulushi atmosferani ifloslashda juda katta. Sanoat korxonalari atmosferaga chiqindilar bilan birgalikda turli kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan changlarni ,tutun, oltingugurt angidridi, uglerod birikmasi, ftor, azot,xlor va boshqa zararli moddalarni chiqaradi. Issiqlik elektr markazlari ham atmosferani ifloslaydigan katta miqdordagi zararli moddalarni ajratadi. Yoqilg’ining to‘liq yonmasligi sababli atmosferaga chala yongan yonilg’ining juda katta miqdordagi qattiq zarrachalari, kul, zararli gazlar(uglerod, oltingugurt azot birikmalari, qorakuya,tutun,chang va b.) chiqariladi. Is gazi (CO)vaoltingugurt ( SO2) gazi atmosferani ifloslovchi asosiy gazlardir. Is gazi atmosferaga tushadigangazlarning 1/3 qismini, oltingugurt gazi esa 1/8 qismini tashkil etadi.
Mavzuning dolzarbligi : Atmosfera havosining ifloslanganlik darajasini aniqlash uning insonlar salomatligiga tasirini o’rganish hozirgi kundagi o’ta dolzarb muammolardan biri hisoblanadi . Sanoat korxonalari ham atmosferani ifloslovchi ulkan manbalardir. Ayniqsa qora va rangli metallurgiya, sement sanoati , koks ishlab chiqarish va tog’-kon sanoati, neft va kimyo sanoatining ulushi atmosferani ifloslashda juda kata shu boisdan ulardan ajralib chiqayotgan zaxarli moddalarni atmosferaga chiqarmaslik choralarini aniqlash lozim.
Yüklə 16,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə