Мактабгача тарбия ёшидаги болалар нутқининг ривожланиш хусусиятлари



Yüklə 32,03 Kb.
səhifə2/2
tarix23.12.2023
ölçüsü32,03 Kb.
#157414
1   2
MAKTABGACHA TARBIYA TASHKILOTLARIDA NUTQNI RIVIJLANTIRISH

To’g’ri nafas olish va nafas chiqarish ustida ishlash. Tarbiyachi so’zlashganda to’g’ri nafas olib, uni to’g’ri chiqarishi nutqning jarangdor, ohangdor bo’lishiga yordam beradi. U normal holdagi ovoz va tovushning hosil bo’lishini ta’minlaydi, nutqning bir xilligi va musiqaviyligini saqlaydi, nutqning mazmundorligiga qarab ovoz kuchi va balandligini o’zgartirish imkonini beradi. Nutq jarayonida to’g’ri nafas chiqarishda kamchiligi bo’lgan tarbiyachi doimiy ravishda to’g’ri nafas chiqarishga yordam beruvchi quyidagi mashqlarni bajarib borishi zarur:

  1. Tarbiyachi o’ziga qulay bo’lgan holatni (turgan holda, chalqancha yotgan holda, o’tirgan holda) tanlaydi. Bir qo’lini qorniga, ikkinchi qo’lini esa yondan ko’krak qafasining pastki qismiga qo’yib, burni orqali chuqur nafas oladi (bunda qorin yuqoriga ko’tariladi, oldinga chiqadi, ko’krakning pastki qismi kengayadi). Bu qorin va ko’krak qafasiga qo’yilgan qo’l yordamida his etiladi — shu vaqtning o’zida havo erkin, bir tekisda chiqariladi (qorin va ko’krak qafasining pastki qismi awalgi hola- tiga qaytadi).

  2. Burun orqali qisqa havo olib, uni 2 — 3 soniya davomida o’pkada ushlab turib, so’ngra og’iz orqali bir tekisda cho’zib chiqarish.

  3. Og’izni ochgan holda qisqa nafas olish va cho’zib, ashula qilib unli tovushlardan (a, o, i, u) birontasini talaffuz etish.

  4. Bir nafas chiqarishda bir nechta unli (a—>u) tovushlarni talaffuz etish.

  5. Bir nafas chiqarishda 3 dan 5 gacha sanash (bir, ikki, uch...), sekin-astalik bilan sanashni 10— 15 tagacha yetkazish. Bir nafas chiqarishda teskari (o’n to’rt, o’n uch, o’n ikki) sanash.

  6. Bir nafas chiqarishda (awal qisqa, so’ngra cho’zib) tez aytish aytib, bir jumla bilan ikkinchi jumla o’rtasidagi to’xtam vaqtida havoni yutish (nafas olish):

  1. Oq choynakka oq qopqoq, ko’k choynakka ko’k qopqoq.

  2. Chovli simdan, chovgun misdan.

  1. Lola arralaydi, Sora allalaydi.

  2. G’uj chumchuqlar g’ujum ustida chug’urlashib, g’uj

chumchuqqa g’ujum cho’qilatmaydi.
7. Bir nafas chiqarishda yonib turgan shamni puflab o’chi- rish, shoxdagi barglarni, qoqigulni, yupqa qog’ozdan qirqilib, ipga osilgan kapalak shakllarini puflash va hokazolar.
Diksiya ustida ishlash. Diksiya deganda — sof, aniq, ravshan nutqni, tovush talaffuzini tushunamiz. Yaxshi diksiyani hosil qilish uchun artikulatsiya apparati a’zolarining harakatlarini takomillashtirish va mustahkamlash kerak (lablarni sust hara- katlanishini, tilning kam harakatchanligini va hokazolarni bartaraf etish), to’g’ri nafas olish va chiqarishga ahamiyat berish lozim. Buning uchun pastki jag’, til, lablar harakatini rivojlan- tiruvchi maxsus mashqlarni bajarish kerak. Tarbiyachi bu mashqlarni oyna oldida o’tirib bajaradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1 Rozengrad-Pupko G.A. «Rech i razvitiye vospitaniya v rannem vozraste» M 1963 y.


2.Fomicheva T.B» Vospitaniye u detey pravilnogo proiznosheniya» Moskva 1987 yil.
3. P.M. Po‘latova “Oligofrenopedagogika” Toshkent 2005 yil.
4. V.S. Raxmanova “Maxsus pedagogika” Toshkent 2004 yil.
5. Vigotskiy.L.S. «Problema u otstalosti» Moskva 1956 yil.
6. Pod red. Dulneva. G.M.»Korreksionnaya rol obucheniya v shkole»M.1971 y. 7. M. Ayupova “Logopediya” Toshkent, 2007 yil.
Yüklə 32,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə