Maktabda gimnastika mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazish shamda ularning mazmuni


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA GIMNASTIKA MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH USULLARI



Yüklə 34,33 Kb.
səhifə4/5
tarix10.11.2023
ölçüsü34,33 Kb.
#132666
1   2   3   4   5
GIMNASTIKA DARSLARINI TASHKIL QILISH VA O’TKAZISH.

3.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA GIMNASTIKA MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH USULLARI.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni gimnastika bilan shug’ullanishlariga, ularning qiziqishlarini oshirish maqsadida yurtimiz bayrog’ini baland tutib turuvchi ko’plab gimnastikandlarimizdan: O.Chusovitina, Sabina Turobova, Aleksandra Serdyukova, Sabina Tashkenbayeva, Nurinisa Usmonova,
Dildora Rahmatova va ko’plab yosh sportchi yoshlarimizni o’rnak qilib ko’rsatishimiz mumkin. Gimnastika mashg’ulotlarini tashkil etishdayosh bosqichlari, shug’ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi inobatga olinishi lozim.
Gimnastika mashqlarini o’rgatish jaroyanida quydagi asosiy vazifalar hal etiladi: bolalarning umumiy harakatva jismoniy tayyorgarligi uchun ahamiyatli bo’lgan harakat ko’nikmalarini shakllantirish, kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, epchillik, chidamlilik kabi sifatlari. Maktabgacha yoshdagi bolalarda gimnastika mashqlarini muntazam o’tkazilishi bola organizmining hayot faoliyatini yaxshilaydi, xushchaqchaqlik kayfiyatini uyg’otadi.
Maktabgacha tayyorlov yoshida bolalar bilan mashg’ulotlarni tashkil etishda pedagog uchun muhim bo’lgan holatlar bo’lib, bu guruh yosh bosqichlarida ko’nikmalarni shakllantirish bilan bog’liq.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida badiiy gimnastika mashqlari sakrash, muvazanat saqlash,buyumlarsiz, buyumlar bilan, yo’nalish va bo’shashtirish mashqlarini navbatlantirish, shu bilan birga tayanch organlari: qo’l, oyoq gavda, mushaklarni mustahkamlaydi.
Mashhur fransuz olimi J.Dimsning fikriga ko’ra: “Gimnsatika mashqlari statik emas balki dinamik bo’lishi, to’la amplitudada bajarilishi, shaklan nafis bo’lishi kerak”. Olim J.Dims salomatlikni mustahkamlash, gavda tuzulishi va harakatlarning nafisligiga erishishni kishining chaqqaonligi va irodaviy hislatlarni rivojlantirish eng muhum vazifa deb bilgan. Gimnastikachilarni jismoniy tayyorlash gimnastika mashg’ulotlarining eng muhum tarkibiy qismlaridan hisoblanib u organizmni har tomonlama rivojlantiradi.
Gimnastika mashg’ulotlarining ayrim xususiyatlari mavjud:
-Tanlangan gimnastika turi bo’yicha, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, eng yuqori natijaga erishishga qaratilgan;
-Mashg’ulotlarning qat’iy chegaralangan muddadi va muntazamligi;
-Ma’lum qonuniyatlarga muvofiq ko’p yillik rejalashtirish;
-Mashg’ulot yuklamalarining izchil ravishda oshirilib borilishi;
-Gimnastikachining yetarlicha mustaqilligi hamda mashg’ulot jaroyoniga ijodiy yondoshuv sharoitida murabbiy va o’qituvchining rahbarlik roli;
Maktabgacha yoshdagi bolalarni gimnastika mashg’ulotlarini o’tkazishda tarbiyachilar va ota-onalar o’rtasida sport bo’yicha targ’ibot va tashviqot ishlarnini olib borish ya’ni faxriy xalqaro musobaqa g’oliblari yetakchi sportchilar bilan suhbatlar tashkil etish kerak.
Gimnastika o’z navbatida, ertalabki gimnastika, badiiy gimnastika, sog`lomlashtiruvchi gimnastika kabi bir qator yo’nalishlarni qamrab oladi. Ertalabki gimnastika mashqlarini bajarish bolani qomatini to’g’ri rivojlanishi, nafas olishi,qon aylanishiga yordam beradi. Bolalarda diqqatini, maqsadgaintiluvchanlikni tarbiyalaydi, aqliy faoliyatining oshishiga yordam beradi, emotsiya va quvonch tuyg’ularini uyg’otadi. Gimnastikava badiiy gimnastika maktabgacha yoshdagi bolalarni sog’lomlashtirish irodalilik,sabrlilik muvafaqqiyatli hal qilish uchun harakatli o’yin uslubiga ega bo’lib, bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning uyg’un rivojlanishi uchun muhim sohalardan biri sanaladi.Gimnastika mashg’ulotlarini tashkil etish, o’rganish uslubulario’rgatishning harakat malakalari va maxsus bilimlarni egallashgga qaratilgan. O’rganish jarayonibolalarning jismoniy rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Mashg’ulotlarni tashkil etishdayo’riqchi bolalar bilan birgalikda ijodiy faoliyatda bo’lishi yetakchirol o’ynaydi.
Gimnastika mashg’ulotlarini tashkil etish 3 qismga bo’linadi:
1.Daslabki o’rgatish
2.Mukammal o’rgatish
3.Mustahkamlash va takomillashtirish.
Sog`lomlashtiruvchi gimnastika maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yassioyoqlikni oldini olish, skolioz, tayanch harakat tizimini to`g`ri shakllanishida universal vosita hisoblanadi.Mashg`ulotni faqat kunning birinchi yarmida emas, balki ikkinchi yarmida ham o’tkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, kechki vaqtlarda ham oila bilanolib borilishi organizmning mehnat jarayonida asosiy yuklama tushadigan organlari va tizimlari faolligini oshirishga yordam beradi.
Sog`lomlashtiruvchi gimnastika majmualarida quyidagi jismoniy mashq guruhlari qo’llanadi: kerishish (cho’zilish), yon tomonga egilishlar, o’tirib turishlar, cho`zilishlar, sakrashlar, sport yurishi, yugurish, oldinga egilish, bo’shashish elementlari ishtirok etgansiltanish harakatlari, orqaga egilishlar, qo’l va yelka kamari mushaklarini bo’shashtirish, koordinatsiyaga, aniqlikka va diqqat-e’tiborga yo’naltirilgan mashqlar.
Gimnastika kishi organizmiga har tomonlama ta’sir etadigan, uning asosiy fiziologik jarayonlarini kuchaytiradigan, garmonik rivojlanishiga yordam beradigan maxsus tanlangan mashqlar tizimidir.Gimnastika mashqlari tufayli hayotiy zarur harakat ko‘nikmalari, harakatlarning go‘zalligi va aniqligi shakllanadi, asosiy jismoniy sifatlar – chaqqonlik, tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik rivojlanadi.Gimnastika ilk bolalik chog‘idan qo‘llaniladi va kishi hayotining barcha yosh davrida davom ettiriladi.
Gimnastikaning vazifasi kishi sog‘lig‘ini mustahkamlash jismoniy kamolotini takomillashtirish va uning rang-barang faoliyati uchun har tomonlama jismoniy tayyorgarlik ko‘rishni ta’minlashdir.Bundan tashqari gimnastika to‘g‘ri qad-qomatni shakllantirish, gavdadagi turli nuqsonlarni to‘g‘rilash va oldini olish, jarohatlardan so‘ng harakat apparatining ish qobiliyatini tiklash, o‘z xarakatlarini boshqara olish malakasini tarbiyalashni ham nazarda tutadi.
Oddiy va murakkab mashqlarning g‘oyat xilma-xilligi, tabiiy va sun’iy harakatlarning qo‘shilib ketishi buyumlarsiz, buyumlar bilan bajariladigan, asboblarda (snaryadlarda) bajarilidigan mashqlarning mushtarakligi; shug‘ullanayotgan organizmga umumiy, har tomonlama ta’sir o‘tkazish bilan uyoki bu mushak gruhlarining ayrim joylariga ko‘proq ta’sir ko‘rsata olishimkoniyati; fiziologik yuklamani shug‘ullanuvchilar organizmiga nisbatan aniq
muvofiqlashtirish imkoniyatining mavjudligi gimnastikaning boshqa jismoniy mashqlardan farq qiladigan xususiyatlaridir.
Gimnastikada har tomonlama jismoniy tarbiyalash vazifalarini hal etishga yordam beradigan xilma-xil jismoniy mashqlardan foydalanish mumkin.Unda pedagogik vazifalar va organizmning psixologik xususiyatlariga mos keluvchi istalgan harakat va harakat faoliyati qo‘llanilishi mumkin.Gimnastikaga xos metodik usullar jismoniy mashqlar yordamida ayrim organlar va ayrim mushak gruhlariga, shuningdek turli jismoniy sifatlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi.
Gimnastikada jismoniy yuklamani nisbatan aniq dozalash mumkin: xilma-xil mashqlar shug‘ullanuvchilarning tayyorgarligi va bu mashqlarning organizmga ta’sirini qat’iy hisobga olgan holda belgilanadi va foydalaniladi.
Mashg‘ulotlarning emotsionalligini oshirish, estetik hisni tarbiyalash, harakatlarni ritmliligini, aniqligi va ifodaliligiga erishish maqsadida gimnastika vaqtida musiqadan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Ta’lim jarayonida o‘z harakat imkoniyatlarini baholash, harakat faoliyatining umumiy qonuniyatlarini tushuna olish malakasi tarbiyalanadi.
Gimnastika tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishning maxsus vositalariga ega: u harakatlarni oldindan shartlashilgancha aniq bajarilishini talab kiladi; mashg‘ulotlarning kun tartibiga, harakatlarning ongliligi va mustaqilligini, ijodiy tashabbusni ko‘zda tutadigan ta’lim jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos uslubiga ega.Bularning hammasi intizomni, diqqatni tarbiyalashga xizmat qiladi, iroda va xarakterni mustahkamlashga yordam beradi.

Xulosa
Xulosa qilib gimnastika mashqlari bilan shug’illanishda nafaqat ta’lim tashkilotlari, balki biz katta yoshli kishilar ham o’z faolligimizni oshirgan holda jismoniy mashqlarni muntazam bajarib turmog’imiz shart va zarurdir.
Gigienik gimnastikada mehnat jarayonida bajariladigan harakatlar xususiyatiga mos jismoniy mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuning uchun mashqlarni tanlashda mehnat jarayoni harakatlarini yaxshi o’rganish va jismoniy tarbiya mashqlari majmuasiga shunday mashqlarni kiritish kerakki, ular organizmning aniq mehnat turi jarayonida yetakchi rol o’ynaydigan fiziologik funksiyalarini tezlashtirishga yordam beradi.



Yüklə 34,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə