Makroiqtisodiyot


Mehnat resurslari tarkibi (ming kishi)



Yüklə 247,84 Kb.
səhifə7/8
tarix01.05.2023
ölçüsü247,84 Kb.
#107894
1   2   3   4   5   6   7   8
Makroiqtisodiyot ” fanidan kurs ishi mavzu Resurslarni optimal

Mehnat resurslari tarkibi (ming kishi)




2016-yil

2017-yil

Mehnat resurslari

18488,9

18666,3

Doimiy aholiga nisbatan foizda

58,1

57,6

Shu jumladan:







Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi

18371,7

18549,0

Doimiy aholiga nisbatan foizda

57,7

57,3

Mehnat resurslariga nisbatan foizda

99,4

99,4

Iqtisodiyotda band bo’lgan o’smirlar va katta yoshdagi aholi

117,2

117,3

Doimiy aholiga nisbatan foizda

0,4

0,4

Mehnat resurslariga nisbatan foizda

0,6

0,6

Qayd etilgan mulohazalar mamlakatimizda iqtisodiy faol aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish lozimligini ko‘rsatadi. Buning uchun esa, «Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish metodikasi»ni yanada takomillashtirgan holda «Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va istiqbol balansini ishlab chiqish metodikasi»ni ishlab chiqish hamda respublika hududlarida uni amaliyotda qo‘llanilishini joriy etish lozim.


Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va prognoz balanslari quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqiladi:
• aholi bandligini, birinchi navbatda, yoshlarni va mehnatga layoqat yoshiga yetgan va birinchi marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotganlar bandligini ta'minlash uchun ish o‘rinlari tashkil etish parametrlarini aniqlash;
• mehnat bozori talab va taklifi balansi va tuzilmasidagi nomutanosiblikni baholash;
• hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda mehnat bozori istiqbolini aniqlash;
• ta'lim muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlash miqdorini aniqlash.
Ushbu metodikada quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansining namunaviy tuzilmasi. Istiqbolni belgilashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun mazkur namunaviy tuzilmada ko‘rsatkichlar nomi, ularni hisoblash algoritmi, hisobot balansi, bahoda (joriy yil) va prognoz balansi (kelgusi yil) o‘z aksini topishi kerak.
Shuningdek, namunaviy tuzilma satrlarida: mehnat resurslari soni, ya'ni iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol aholi soni turlari bo‘yicha; ishchi kuchi taklifi va unga bo‘lgan talab hamda ular o‘rtasidagi farq (balans «+» yoki «-» ) turlari bo‘yicha; toifalar kesimida aholining ishga joylashtirish darajasi bo‘lishi lozim.
Ikkinchidan, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish uchun ma'lumotlar taqdim etish sxemasi. Ushbu sxemada ma'lumotlar mazmuni (nomi)ni, ma'lumotlarni taqdim etuvchi vazirlik va idora nomini, ma'lumotni taqdim etish muddatini hamda qayerga taqdim etilayotganini aniq ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq.
Uchinchidan, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqishning tashkiliy sxemasi. Sxema chora-tadbirlar nomi, amalga oshirish bosqichlari va muddatlari hamda ijro uchun mas'ul tashkilotlarni qamrab olgan holda quyidagi to‘rtta yo‘nalishda bo‘lishi lozim:
• ma'lumot bazasini shakllantirish;
• hisobot balansini ishlab chiqish;
• prognoz balansini ishlab chiqish;
• ularning amaliyotda qo‘llanilishi.
Yuqorida qayd etilgan namunaviy tuzilma va sxemalar ishlab chiqilib, tasdiqlangandan keyin respublikaning mutasaddi vazirlik va idoralari ushbu tuzilma va sxemalar asosida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami va hududlarning mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot balansini ishlab chiqish lozim.
Shuningdek, hisobot balansidan tashqari mutasaddi vazirlik va idoralar bo‘yicha jami va hududlarning mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning kelgusi yil uchun prognoz balansi ishlab chiqilishi zarur:
• aholi sonining prognoz ko‘rsatkichlari (demografik prognozi);
• mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot balansi;
• respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy, iqtisodiyot tarmog‘ini rivojlantirish prognoz parametrlari;
• mehnat bozoriga kirayotgan ta'lim muassasalari bitiruvchilari prognoz ko‘rsatkichlari;
• davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarmoqlarida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni baholash to‘g‘ri¬sidagi ma'lumotlardan foydalaniladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, yuqorida qayd etib o‘tilgan metodikani ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish orqali mehnat resurslari, bandlik va aholini, ilk marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni ishga joylashtirishni har tomonlama, sifatli va ob'yektiv tahlil qilish, ish bilan bandlik darajasini oshirish uchun zamin yaratiladi. Bu esa, an'anaga ko‘ra har yil ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi loyihalarini ishlab chiqishda foydalanish va amaliyotdagi samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash iqtisodiy o’sishni, aholi turmush darajasini yaxshilagani tufayli bu to’grisida qonunlar ham chiqarilgan. Yangi tahrirda 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi qonun bunga yorqin misol bo’la oladi. Bu qonunda aholini ish bilan ta’minlashni tartibga solishdan tortib, ishdan mahrum bo’lgandagi ijtimoiy kafolatlar qat’iyan belgilab qo’yilgan.

Yüklə 247,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə