Mahsulotlarni yorliqlash



Yüklə 409,58 Kb.
səhifə2/3
tarix05.05.2023
ölçüsü409,58 Kb.
#108518
1   2   3
portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATIDA TARA REKLAMA VA DIZAYN fanidan taqdimot

Sharbatlarni (qadoqlash). Meva sharbatlari yuqori aktivlikka ega, u faqat isitishga chidamsiz mikroflora – mog’or va drojjadar uchun muhit bo’la oladi.
Buni hisobga olgan holda sharbatlar ba’zan issiq holda taraga quyiladi. Sharbat uzluksiz ishlovchi issiqlik almashinish jihozlarida 30-40 soniya davomida 90-950S gacha isitiladi, issiq holda avvalda sterilizatsiyalangan ikki-uch litrli butillarga qadoqlanadi va tezda germetiklanadi. Sharbat butillarda sekin soviydi, buning evaziga sterillash samarasiga erishiladi.
Ushbu usul istiqbolli emas, chunki uzoq issiq holatda ushlash melanoidin reaktsiyalariga turtki berishi mumkin. Ularning natijasida sharbat noxush (pishirilgan) ta’m oladi va qorayadi. Bu kamchiliklar isitgandan so’ng darhol yuzaga kelmasdan, balki ancha keyinroq saqlash davomida ro’y berishi mumkin.
Aseptik konservalab qadoqlash. Ushbu usulning mohiyati sharbatni 120-1350S gacha 15-20 soniyada isitish va tezda 25-300S gacha sovutishdan va yirik steril tsisternalarga steril sharoitda quyishdan iborat. Sharbatni isitish va sovutish uzluksiz ishlovchi quvurli yoki plastinali issiqlik almashinish jihozlarida amalga oshiriladi. Sharbatga barbotaj qilinuvchi bug’ bilan ishlov berish va vakuumda sovutish (tomat pastasi ishlab chiqarish jarayoni kabi) usulini qo’llash mumkin emas, chunki sharbatning xushbo’y komponentlari kondensatga chiqib ketadi.
Hozirgi vaqtda sharbatni mayda taraga aseptik sharoitda qadoqlash usuli yaxshi o’rganilgan. Rossiyaning konserva sanoati ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqilgan sxemasiga ko’ra (6-rasm) aseptik konservalash quyidagidan iborat. Sharbat yig’uvchi hajm 4-ga keladi, unda 60-700S gacha isitiladi va nasos 9 yordamida issiqlik almashinish apparati 5-dan o’tkaziladi. Bu apparatda sharbat avval isitiladi, so’ngra esa sovutiladi. Sovutilgan sharbat to’latgich 8 yordamida tunuka bankalarga qadoqlanadi, so’ngra berkitish mashinasi 6 –da germetiklanadi. 1 va 7 jihozlarda banka va qopqoqlar bug’ni isitish apparati 2-da isitilgan bug’da 2100S temperaturada sterillanadi. Liniyani yuvish uchun suv yig’gich 3-dan keladi.
Bo’sh shisha tarani sterillash uchun AQSh-da IQ-nurlar bilan 1800S ga isitish qo’llaniladi. Ayni vaqtda taraning ichkari tomonidan bug’ bilan isitiladi. Keyinchalik bankaga sovuq steril havo bilan ishlov beriladi. Ikkinchi usulda tara ichidan havo so’riladi, so’ngra 1,5-2 soniya davomida temperaturasi 1530S bo’lgan bug’ bilan sterillanadi.

Yüklə 409,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə