Mahsulot sifatini boshqarish. Xorij tajribasi Reja



Yüklə 47,29 Kb.
səhifə7/9
tarix22.03.2024
ölçüsü47,29 Kb.
#181045
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mahsulot sifatini boshqarish. Xorij tajribasi Reja-fayllar.org

Ilmiy bilish usullari

Iqtisodiyotga bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va o‘zaro aloqada bo‘lgan turli bo‘g‘inlardan iborat yaxlit bir tizim sifatida qarab, unda ro‘y beradigan jarayonlar doimiy o‘zgarishda (oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga) va rivojlanishda deb hisoblaydi.



Dialektik usul


Mantiqiy tahlil paytida hodisa va jarayonlarning ikkinchi darajali belgilari fikridan chetlashtirib hamda eng asosiy belgilarni ajratib olish orqali ularning mohiyatini ochib berishga harakat qilish.



Ilmiy abstraksiya

Tahlil – bu o‘rganilayotgan voqea-hodisalarni alohida qismlarga ajratib, sintez esa ularni yaxlit bir butun qilib birlashtirish orqali mohiyatini ochib berish.


Tahlil va sintez usuli


Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan iqtisodiy chora-tadbirlarni sinov tariqasida iqtisodiyotning alohida bo‘g‘inlarida qo‘llash. Bu usul islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyot inqiroz va turg‘unliklarga uchragan davrlarda alohida muhim ahamiyatga ega.



Eksperiment

Pozitiv usul voqea-hodisalarni real hayotda qanday bo‘lsa, shu holicha aks ettirish, normativ usul esa ularning haqiqatda qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi kishilarning fikr-mulohazalari.



Pozitiv va normativ usul

Iqtisodiy tahlilda «boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda» yoki «boshqa omillar ta’sir qilmaganda», degan farazdan foydalanib, yagona omil ta’sirida iqtisodiy hodisaning mohiyatini ochishga harakat qilinadi.



Farazlash usuli
2. Sifatni boshqarish modellari tasnifi va xususiyatlari. Sifatni boshqarishda tizimli yondashuvni joriy etish tajribasi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro tashkilotlar (ISO, ILAK, EOK va boshq.) bilan xamkorligi mamlakatda bozor munosabatlari shakllanish davrida, ayniqsa, zarur bo‘lib qoladi. Evropa hamjamiyatining yagona bozor "ichki chegaralarsiz fazo" yaratish niyati bu tashkilotlar oxirgi yillardagi strategiyasini aniqlab berdi. Uning bosh yunalishi bo‘lib EK komissiyasi bilan hamkorlikda xalqaro savdodagi texnikaviy to‘siklarni bartaraf qilishdir.
O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish me’yoriy negizini O‘zRST5.0-98, O‘zRST 5.1-95, O‘zRST 5.2.-93, O‘zRST 5.3-92, O‘zRST 5.4-93, O‘zRST 5.5-93 va Milliy sertifikatlashtirish tizimining (O‘zRMST) rahbarlik xujjatlari majmui tashkil qiladi.
O‘zRMSTda quyidagi faoliyat turlari nazarda tutilgan:
— mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish;
— sifat tizimlari va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish;
— sinov laboratoriyalari (markazlari)ni akkreditlash;
— bir jinsli mahsulotni sertifikatlashtiruvchi organlarni akkreditlash;
— sifat tizimlari va ishlab chiqarishni sertifikatlashtiruvchi organlarni akkreditlash;
— nazorat organlarini akkreditlash;
— sertifikatlashtirilgan mahsulot, sifat tizimlari va ishlab chiqarshilar, akkreditlangan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) ustidan inspeksiya nazorati;
— majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat;
— aytib o‘tilgan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert-auditorlarni tayyorlash va attestatsiyalash.
Sertifikatlashtirish mahsulot, jarayonlar va xizmatlar:
— davlatlararo standartlar (MDXmamlakatlari);
— O‘zbekiston Respublika standartlari va boshqa mahsulotga bo‘lgan talablarni joriy qilgan chizmaiy nashr etilgan hujjatlar;
— O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish organi (O‘zdavstandart) nomida qo‘shilgan sertifikatlashtirish xalqaro va xorijiy milliy standartlari talablariga muvofiqligi tasdiqni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida sifat tizimlarini sertifikatlashtirish me’yoriy negizini ISOning 9000-seriyali xalqaro standartlari va O‘zRMSTning raxbarlik xujjatlari majmui tashkil qiladi. ISOning 9000-seriyali standartlar nomi:
ISO-9000. Sifat umumiy boshqaruvi va sifatni ta’minlovchi standartlar. Tanlash va qo‘llash bo‘yicha raxbarlik ko‘rsatmalari.
ISO-9001. Sifat tizimi. Loyixalash yoki ishlab chiqish, ishlab chiqarish, montaj va xizmat qilishda sifatni ta’minlash modeli.
ISO-9002. Sifat tizimi. Ishlab chiqarish va montaj paytida sifatni ta’minlash modeli.
ISO-9003. Sifat tizimi. YAkuniy nazorat va sinovlarda sifatni ta’minlash modeli.
ISO-9004. Sifatning umumiy boshqaruvi va sifat tizimi elementlari. Raxbarlik ko‘rsatmalari.
9000-seriyali ISO xalqaro standartlari tashilot (korxona)ga sifat sohasida quyidagi masalalarni echishga yordam beradi:
— mahsulot yoki xizmat sifatini iste’molchilar aniqlangan yoki taxmin qilingan extiyojlarini doim qondirilishi ta’minlaydigan darajaga erishish va uni saqlab turish;
— o‘z rahbariyatida muljallangan sifatga erishilmoqda va u berilgan darajada saqlanib turganligi haqida ishonchni ta’minlash;
— iste’molchida muljallangan mahsulot sifati va taqdim etilayotgan xizmat sifatiga erishilganlik yoki erishilishi lozimligi haqidagi ishonchni ta’minlash.
Ishonchni ta’minlash agar kontraktda nazarda tutilgan bo‘lsa, isbotlarni taqdim etish haqida o‘zaro kelishilgan talablar bo‘lishi mumkin. O‘zRMST mahsulot va xizmatlarning majburiy xamda ixtiyoriy sertifikatlashtirishni ko‘zda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan sertifikatlashtirilishi shart mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, olib chiqib ketiladigan va olib kiriladigan mahsulotlar majburiy sertifikatlashtiriladi. Bu ro‘yxatga me’yoriy hujjatlarida fuqarolar xayoti, sog‘liq xavfsizligini ta’minlovchi, atrof-muxitni muxrfaza qilish, o‘zaro almashinuvchanlik va uygunlashtirish talablari belgilangan mahsulotlar xamda fuqarolar xavfsizligi va sog‘ligini ta’minlovchi vositalar kiritiladi.
Mahsulot, sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchi, iste’molchi yoki etkazib beruvchining tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Sertifikatsion sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan mahsulotga (mazkur mahsulot ishlab chiqarilishi attestatsiyalanganligi xaqida guvoxnomaga ega bo‘lsa) sertifikat beriladi va mahsulotga muvofiqlik belgisi qo‘yiladi. Sertifikatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish ikki bosqichdan iborat:
— sertifikatlashtiriladigan mahsulotni etishtirish hamda ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish va tatbiq etish;
— me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash sifatida mahsulot sertifikatlashtirilishini tashksh etish va o‘tkazish.
Birinchi bosqichda so‘z sertifikatlashtirilaligan mahsulotni ishlab chiqarish, ikkinchi bosqichda esa mahsulot me’yoriy xujjat yoki talablarning boshqa turiga muvofiqligini tasdiqlashni tashkil qilish va baholash haqida yuritiladi.



Yüklə 47,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə