Magistratura mutaxassisligiga kirish sinovlari uchun maxsus fanlardan



Yüklə 209,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix06.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#108796
  1   2   3   4   5   6
21) 5A410301 - O‘SIMLIKLAR HIMOYASI (USULLARI BO‘YICHA)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
 
5A410301 - O‘SIMLIKLAR HIMOYASI (USULLARI BO‘YICHA) 
 
 
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGIGA 
KIRISH SINOVLARI UCHUN 
MAXSUS FANLARDAN 
 
DASTUR VA BAHOLASH MEZONI 
 
 
 
 
 
Samarqand-2021
 


Annotatsiya: 
Dastur 
5A410301 

O‘simliklar himoyasi (usullari bo‘yicha), 
mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5410300 – O‘simliklar himoyasi va karantini 
ta’lim yo‘nalishining 2017 yilda tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar 
asosida tuzildi. 
TUZUVCHILAR:
 
Xashimov F.X.
-
SamDU, Agrokimyo va o‘simliklarni 
himoya 
qilish 
kafedrasi 
mudiri,
qishloq 
xo‘jaligi fanlari doktori
professor 
Umurzoqov E.
SamDU, Agrokimyo va o‘simliklarni 
himoya qilish kafedrasi professori,
qishloq xo‘jaligi fanlari doktori. 
Axmedov S.I
-
SamDU, Agrokimyo va o‘simliklarni 
himoya 
qilish 
kafedrasi 
katta 
o‘qituvchisi 
Dastur Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining 2021 
yil 28 iyundagi № 14 sonli kengash yig‘ilishida, Universitet kengashining 2021 yil
30 iyundagi 11-son yig‘ilishida muhokama etilgan va tavsiya etilgan.


KIRISH 
5410300 – O‘simliklar himoyasi va karantini bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – 
qishloq xo‘jaligi ekinlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish uchun 
birinchi navbatda zararli organizmlarning tur tarkibini to‘g‘ri aniqlash, ularning 
biologiyasi va ekologik faktorlarga talablari, rivojlanishi, tarqalishi, bir 
mavsumdan ikkinchisigacha qanday saqlanishi haqidagi va boshqa ma’lumotlarga 
ega bo‘lish va shular asosida qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilishning samarali 
usullarini bilish va ularni to‘g‘ri muddatlarda qo‘llash lozim bo‘ladi. Buning uchun 
shu sohaga tegishli fanlarni, jumladan yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni chuqur 
o‘zlashtirgan, ekinlarda uchraydigan zararkunanda va kasalliklarning tur tarkibi va 
karantin zararli organizmlarni to‘g‘ri aniqlay oladigan, samarali kurash choralarini 
aniq biladigan va ularni o‘z vaqtida qo‘llashni tashkil qila oladigan malakali 
mutaxassislar tayѐrlash ta’lim tizimining negizi hisoblanadi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - qishloq xo‘jalik 
ekinlariga zarar yetkazuvchi zararkunanda va kasalliklarning miqdori, zararli 
turlari, zarar yetkazishi, biologik, ekologik xususiyatlarini, o‘simliklarni 
zararkunanda va kasalliklariga aniq tashhis qo‘yish, ularni hisobga olish usullarini 
o‘rganish va zararli organizmlarni kelib chiqish sabablarini aniqlash, 
qo‘zg‘atuvchilarni turlar tarkibini aniqlashdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy 
ko‘nikmalar, o‘simliklar ximoyasi va entomologik jaraѐnlarga uslubiy ѐndashuv 
xamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Bunda, ilg‘or 
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarni oshirish va ko‘nikma 
xosil qilishdan iboratdir.
5A410301 - O‘simliklar himoyasi (usullari bo‘yicha) mutaxassisligiga 
kiruvchilar uchun 5410300 – O‘simliklar himoyasi va karantini ta’lim 
yo‘nalishining magistratura mutaxassisliklariga kiruvchi talabalar uchun ta’lim 
yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 5 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Qishloq xo‘jalik 
entomologiyasi”, “Qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi”, “O‘simliklarni zararkunanda 
organizmlardan uyg‘unlashgan himoya qilish”, “Karantin zararkunandalari va 
kasalliklari”, “O‘simliklar immuniteti” savollar bazasi shakllantirilgan.
Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil 
keltirilgan. 

Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə