Madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#159595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 24

Jismoniy rivojlanish
– 
bu sog’lomlashtiruvchi jarayon bo’lib, inson 
organizmining vazifalari va shakllari o’zgarishining asta-sekin qaror topishidir. 
Rivojlanishning o’sib borishida uchta fazani ajratish mumkin:
-
rivojlanish darajasining ko’tarilishi,
-
nisbatan barqarorligi 
-
inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi.
Eng jo’shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga to’g’ri keladi 
hamda maktabda ta'lim olishning barcha davrlari mobaynida davom etadi. 
Jismoniy rivojlanish ob'ektiv biologik qonunlarga bo’ysunadi. Bu 
qonunlardan eng muhimi muhit va organizm rivojlanishining birligi qonunidir. 
O’quvchi bolalarning dam olishini tashkillashtirishi, mustaqil ishlar va mehnatni, 
o’qish sharoitini hisobga olishi kerak. Bularning hammasi bolalarning jismoniy 
rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadigan omillardir. 
Jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish iste'dodli bolalarni tanlab 
olishga imkoniyat yaratadi. Chunki iste'dod nasldan-naslga o’tadi. Shuning uchun 
yuqori sport natijalariga har qanday o’quvchi ham erisha olmaydi. Biroq har bir 
shug’ullanuvchi maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotlarga muntazam, vijdonan 
ishtirok etish sharoitida o’zining jismonan yaxshi rivojlanishini ta'minlashi mumkin, 
biroq organizm himoyasi va mehnatda munosib muvaffaqiyatlarga erishish uchun 
sharoitlar yaratish zarur. Bunday rivojlanishga erishish uchun “Jismoniy tarbiya” 
nomini olgan maxsus yo’naltirilgan va tashkillashtirilgan faoliyatdan foydalaniladi. 
Jismoniy tarbiya
- bu insonni irodaviy, ahloqiy, funksional, morfologik 
takomillashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, uning maqsadi 
o’quvchilarni mehnatda va Vatan himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchun 
ko’nikma, malaka va maxsus bilimlar bilan qurollantirishdir.


Jismoniy tarbiyaga tegishli o’ziga xos vazifalardan kelib chiqib, uning 
jismoniy ta'lim berish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash kabi ikki tomonini qarab 
chiqish mumkin. 
Jismoniy tarbiya - mazmuniga kura keng ma’nodagi “tarbiya” deb 
nomlanadigan umumiy pedagogik tushuncha tarkibiga kiradi va tarbiya jarayonidagi 
tarbiyaviy, bilim (ta’lim) berish, vazifalarini mutaxassis pedagogning yo’naltiruvchi 
xizmati asosida ta’lim taomillariga muvofiq yoki o’zini-o’zi tarbiyalash tartibida 
amalga oshiriladi. 
Jismoniy tarbiya - inson organizmini morfologiyasi va xizmati jihatidan 
takomillashtirish, uning hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy hayotiy - zaruriy 
harakat malakalari, ko’nikmalari, ular bilan bog’liq bo’lgan nazariy bilim va amaliy 
malakalarni shakllantirish hamda harakat sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan 
ko’p yillik pedagogik jarayondir. 
Bu ta’rifda jismoniy tarbiyani inson tarbiyasining mustaqil turi sifatidagi 
o’ziga xosligi ta’kidlangan. Jismoniy tarbiyaga oid bunday o’ziga xoslikning 
tarkibida ikki ma’nodagi «jismoniy bilim» berish va «jismoniy sifatlarni 
rivojlantirish» tushunchalari yotadi. 
Tarbiyaning boshqa hillaridan farqli xususiyati shundaki jismoniy tarbiya 
jarayonida harakat malakalari yoki ko’nikmalari shakllantiriladi va ular orqali inson 
jismining harakat sifatlari tarbiyalanadi. 
Jismoniy tarbiyaning ikki xususiy tomoni yoki qismi mavjud bo’lib ular - 
harakat (harakat faoliyati)ga o’rgatish va jismoniy (harakat) sifatlarni tarbiyalash 
deb farqlanadi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə