erkinligi zamirida shahsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va
insonparvarlik kabi
katta ijtimoiy-siyosiy,
huquqiy
va axloqiy
tushunchalar yotadi. Hozirgi vaqtda vijdon erkinligi demokratiyaning
ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Biz bu o'rinda vijdon erkinligini
fuqarolaming din erkinligi nuqtai nazaridan izohlashni maqsad qilib
qo‘yganmiz. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi barcha
davlatlaming ijtimoiy hayotida muhim va shu bilan birga murakkab
masalalaridan biri bo‘lib kelgan.
Bu masalada xalqaro m e’yorlar masalasi haqida gap borganida
o ’qituvchi BMTning Ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va
shartnomalarda, dunyoviy davlatlaming Konstitutsiya va qonunlarida
vijdon erkinligi masalasi o ‘z ifodasini topganligiga talabalar e’tiborini
qaratishi lozim. 1948 yil 10 dekabarda qabul qilingan «Inson huquqlari
umumiy deklaratsiyasi»ga muvofiq har bir inson erkin fikrlash, vijdon va
din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o ‘z dini va e’tiqodini o ‘zgartirish
erkinligini, diniy ibodatlarni bajarishda va diniy marosimlarda yakka
tartibda va odamlar bilan birgalikda qatnashish erkinligini o ‘z ichiga
oladi.
«Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g“risidagi xalqaro pakt» ning 18-
moddasida esa,, «Din yoki e’tiqodga sig‘inish erki qonunda belgilab
qo‘yilgan va jamoat havfsizligini saqlash, tartib, sihat-salomatlik va
axloq-odobni saqlash uchun, ayni vaqtda boshqa shahslaming asosiy
huquqlari
va
erkinliklarini
saqlash
uchun
zarur
boMgan
cheklashlargagina nozil bo'ladi», - deb ta’kidlangan.
Din va vijdon erkinligi to"g‘risida xalqaro hujjatlardagi yana bir
muhim masala - turli dunyoqarash va e’tiqodda bo'lgan kishilar
o‘rtasidagi, davlat, din, diniy tashkilotlar bilan davlat o'rtasidagi
munosabatlaming amalda huquqiy ta’minlanishini ham nazarda tutadi.
Shu o‘rinda, bu masalaning milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillarida,
Yurtboshimizning qator asarlarida o ‘z yechimini topganligiga talabalar
e’tiborini qaratish muxim ahamiyat kasb etadi.
2. 0 ‘zbekistonda vijdon erkinligining konstitutsion kafolatlanishi
Vijdon erkinligining kafolatlari ko‘p qirralidir. Bu, avvalo,
dinlaming va diniy tashkilotlaming davlatdan ajratilganligi; barcha
12
fuqarolar uchun ulaming dinga e ’tiqod qilish yoki qilmasligidan qat’i
nazar maorif va madaniyat maskanlari eshiklarining ochiqligi;
maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi; dindorlaming
diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo ‘lgan sharoitlaming yaratib
berilganligi va boshqalardan iborat.
Mamlakatimiz fuqarolarining Vijdon erkinligi huquqini ta’minlash
va kafolatlashga xizmat qiluvchi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar»
to‘g ‘risidagi
0 ‘zbekiston
Respublikasining
qonuni
birinchi
bor
mustaqilligimiz e’lon qilinishidan ikki yarim oy ilgari 1991-yil 14
iyunda qabul qilingan. Shu o‘rinda ushbu qonunning MDH mamlakatlari
ichida birinchi bo‘lib 0 ‘zbekistonda qabul qilinganligiga ham alohida
talabalar e ’tiborini qaratish lozim.
1991-1999-yillarda mamlakatimizda din niqobi ostida sodir etilgan
jinoyatlar ko‘paya boshladi, natijada vaziyat keskinlashdi. Ayrim
kimsalarning o ‘z siyosiy manfaatlarini amalga oshirish uchun dindan va
diniy tashkilotlardan foydalanishga urinishlari kuchaya boshladi.
Bunday sharoitda dinning va diniy tashkilotlaming jamiyatdagi
o ‘mini yana bir karra aniqlab olish ehtiyoji tug‘ildi. Mamlakatimizda
aholining m a’naviyatini rivojlantirishga xizmat qilayotgan, vijdon
erkinligi va e’tiqodini amalga oshirishda muhim o ‘rin egallagan «Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g ‘risida» gi Qonunni takomillashtirgan
holda yangi tahrirda qabul qilish zamrligini hayot taqozo etmoqda edi.
Shu maqsadda 1994-yilda bu qonunga m a’lum o ‘zgarishlar kiritildi.
Shundan so‘ng mazkur qonunni qayta tayyorlash jaryonida Qonundagi
ko‘p normalar mazmunan boyitildi, ulaming b a’zi birlari taqiqlovchi
xususiyatga ega bo‘ldi. Chunki ayni paytda tashqaridan davlatimiz
hududiga kirib kela boshlagan turli norasmiy diniy-siyosiy ekstremistik
oqimlar, partiya, yo‘nalish va mazhablar faoliyatini to‘xtatishga ehtiyoj
sezilgan edi. Shu bois bu Qonun 1998 yilning 1 mayida Oliy Majlisning
Xl-sessiyasida yangi tahrirda qabul qilindi.
Yangi tahrirdagi bu qonun avvalgisidan har bir moddasining
aniqligi va lo‘nda yozilganligi bilan farq qiladi. Ilgari 30 moddadan
iborat bo‘lgan mazkur qonun ihchamlashtirilib 23 moddaga keltirildi.
Mazkur qonunda, avvalo, har bir fuqaroga mustaqil ravishda,
biron-bir tarzda majburlashsiz o'zining dinga munosabatini belgilash,
dushmanlik va adovat uyg‘otish, ulaming diniy yoki dahriylik e ’tiqodi
13
munosabati bilan bog‘liq xis-tuyg‘ularini haqorat qilish mumkin
emasligi
belgilab
qo‘yilgan.
Shuningdek,,
muqaddas
qadamjo
hisoblangan diniy inshootlar - masjid, madrasa, maqbaralami oyoqosti
qilish qonunga muvofiq jazolanishi, hech kimning o ‘zining diniy
e ’tiqodiga ko'ra, qonunda belgilangan majburiyatlarini bajarishdan
bo‘yin tovlashi mumkin emasligi belgilab qo‘yildi.
Qonunning 5-moddasi «Dinlaming va diniy tashkilotlaming
davlatdan ajratilishi» deb yuritiladi. Bu qanday m a’noni anglatadi? Bu
degani - mamlakatimizda dinlar va diniy tashkilotlar davlat ishiga
aralashmaydi, ayni paytda esa, davlat diniy tashkilotlaming va
dindorlaming qonunlarga zid bo'lmagan faoliyatiga aralashmaydi,
jamiyatda davlat o ‘z vazifasini va din ham o ‘z vazifasini bajarishi lozim.
Davlat dindor fuqarolarning diniy e ’tiqod va haq-huquqlarini
qanchalik hurmat qilsa, dindorlar ham davlat qonunlarini va siyosatini
shunchalik hurmat-ehtirom qilishlari shart. Diniy tashkilotlar davlatdan
ajratilgan bo ‘lsa-da, ular jamiyatdan ajratilmagan. Binobarin, dindorlar
va diniy tashkilotlar jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida qatnashish
huquqiga egadirlar.
Shu o'rinda talabalaming diniy tashkilot nima ekanligi, uning
maqomlari qandayligini bilib olishlari ham foydadan holi emas. Diniy
tashkilot - diniy ehtiyojlami birgalikda qondirish yoki qondirishga
ko‘maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlami ado etish
asosida ish ko‘radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o ‘z-o‘zini boshqaruvchi
uyushma. U ayni vaqtda fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi
tuzilmalardan biri sanaladi. Diniy tashkilotlaming eng muhim belgisi
ulaming o ‘z-o‘zini boshqarishidir, ya’ni ular m a’muriy jihatdan davlat
idoralaridan ajratilgan.
Diniy tashkilotlar o ‘z Nizomlariga asosan mustaqil ish olib
boradilar.
Yangi taxrirdagi qonunga binoan diniy tashkilot 0 ‘zbekiston
Respublikasining 18 yoshga to'lgan va respublika hududida doimiy
yashayotgan 100 kishidan kam bo'lmagan fiiqarolar tashabbusi bilan
tuzilishi mumkin. Tuzilgan uyushma va tashkilotlar Respublika Adliya
vazirligi tomonidan, joylarda tegishli viloyat, tuman, shahar, qishloq
hududida bo ‘lgan adliya boshqarmalari tomonidan ro'yhatga olinadi.
14
Dostları ilə paylaş: |